MARKAZ XABARLARI
14.6K subscribers
21.4K photos
4.46K videos
21 files
10.5K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Hamdardlik

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jamoasi О'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi,  O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga onasi Xolbibi Saidovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Marhumaning oxirati obod, joylari jannatda boʼlsin.
Yaqinlariga sabr tilaymiz!

🌐
@manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида янги саноат корхоналари фаолияти билан танишди, Хастимом маҳалласи аҳолиси билан дилдан суҳбатлашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jarayon
#Buxoro


Mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishida yoshi ulug‘ insonlarni, nuroniylarning о‘rni beqiyosdir.

Batafsil:
https://telegra.ph/Piru-badavlatlar-uluglangan-yurt-07-24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yo‘ldagi o‘ylar” loyihasi
Nega odamlar orasida agressiv kayfiyat kuchaymoqda?!

🌐 @manaviy_markaz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқот қилди. Туркманистон етакчиси давлатимиз раҳбарини таваллуд куни билан самимий қутлаб, қардош Ўзбекистон халқига тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилади.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқотида Ўзбекистон-Туркманистон амалий ҳамкорлигини янада ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди. Туркманистон Президенти давлатимиз раҳбарини таваллуд куни билан дилдан қутлади.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон билан телефон орқали мулоқотида Ўзбекистон-Тожикистон стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлашнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди.
Тожикистон етакчиси давлатимиз раҳбарини туғилган куни билан самимий табриклади.

#Mirziyoyev #muloqot #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди. Қирғизистон етакчиси давлатимиз раҳбарини таваллуд куни билан самимий табриклаб, Ўзбекистонга тинчлик-осойишталик, равнақ ва барқарор тараққиёт тилакларини изҳор этди.

#Mirziyoyev #muloqot #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев телефон орқали мулоқот қилдилар. Қозоғистон етакчиси давлатимиз раҳбарини таваллуд куни билан самимий табриклаб, мустаҳкам соғлик, фаровонлик ва янги муваффақиятлар, қардош Ўзбекистон халқига тинчлик-осойишталик ва равнақ тилади.

#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг телефон орқали мулоқотида Озарбайжон етакчиси давлатимиз раҳбарини таваллуд куни билан дилдан қутлаб, мустаҳкам соғлик ва катта муваффақиятлар, кўп миллатли Ўзбекистон халқига тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилади.

#Mirziyoyev #muloqot #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Президент Режеп Таййип Эрдоған билан телефон орқали мулоқотида Туркия раҳбари Ўзбекистон етакчисини таваллуд куни билан самимий муборакбод этиб, унга мустаҳкам соғлик, бахт-саодат ва катта муваффақиятлар, халқимизга тинчлик-осойишталик ва равнақ тилади.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Murod Muhammad Doʻst tavsiya qiladi: pichirlab oʻqish sinoati, “Navoiy”dan ustunroq “Qutlugʻ qon” va yuristlar taqriz qilgan “Shum bola”

Yozishni hunar tutgan kishi hech qachon odil kitobxon boʻlolmaydi. Qaysi kitobni oʻqisa, uning qadrini oʻzi pesh bilgan aqida qarichi bilan oʻlchaydi. Turli mayl va istaklaridan bir nafas boʻlsin uzoqlashib ketolmaydi, oʻrinsiz ishlatilgan soʻzga qoqilsa, butunboshli kitobni chekkaga uloqtirishi ham mumkin. Oʻzimdan misol keltirsam, Dostoyevskiyni dastur va umumiy savod-u saviyani oshirish zarurati bois koʻp oʻqiganman, lekin ijodiga koʻngil qoʻya olmaganman. Ha, albatta, dunyoga mashhur ulkan yozuvchi, oʻz millatining koʻrki, gʻururi. Lekin uning shaxsida ham, asarlarida – goh oshkora, goho pinhona – shovinizm seziladi. Shuni tanga singdirishim qiyin. Tolstoyning shaxsida ham, asarlarida ham kenglik, tantilik koʻraman.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1629

🌐 @manaviyat_markaz
KITOB.ppsx
22.9 MB
#KITOB_TAQDIMOT

📗"Bugun kitob o'qigan bola, ertaga televizor ko'rib o'tirgan 10 ta bolani boshqarishi mumkin"
Shavkat Mirziyoyev

#YANGICHA_YONDOSHUV

TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING
👉
https://t.iss.one/targibotmaterial
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликлари Вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан телефон орқали мулоқотида кўп қиррали ҳамкорликни янада ривожлантиришнинг долзарб масалалари кўриб чиқилди. Шайх Мансур Ол Наҳаён давлатимиз раҳбарини таваллуд айёми билан самимий қутлади, Амирликлар Президенти Шайх Муҳаммад Ол Наҳаённинг саломи ва энг эзгу тилакларини етказди.

#Mirziyoyev #muloqot #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Buvijonlar_maktabi
#Fargʻona

O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston tuman boʻlinmasi, tuman Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, tuman Nuroniylar jamgʻarmasi hamkorlikda tumandagi Nuroniylar maskanida “Buvijonlar maʼrifati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad tumanda, shuningdek, har bir mahallada jamoatchilik asosida “Buvijonlar maktabi”ni yaratish, ular yordamida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ajralishlarini oldini olish, oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, milliy qadiryatlarimizni va urf-odatlarimizni yoshlarga etkazish hamda komil inson qilib tarbiyalashdir.

Tadbirda soʻz olganlar tumanda tashkil etilgan, qolaversa mahallalarda tashkil etiladigan “Buvijonlar maktabi” faoliyatini samarali olib borish, hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr bildirdi.

🌐 @manaviy_markaz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqida mintaqalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan bir qator muhim takliflarni bildirdi.

🌐
@manaviy_markaz