MARKAZ XABARLARI
16K subscribers
20.6K photos
4.07K videos
19 files
9.87K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Jarayon
#Surxondaryo

Aholiga amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

Denov tumani “Mehr-oqibat” mahallasidagi 80-sonli umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi deputati Nargiza Rahmatullayeva tomonidan aholiga Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda aholi muammolarini o‘rganish maqsadida targ‘ibot tadbiri va uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan maqsadlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berildi.

Yakunda aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

🌐 @manaviy_markaz
#Xorazm_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Yoshlar oyligi doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari poytaxtimizdan Urganch shahriga yetib keldi.

Yoshlar oyligi doirasida Xorazm viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Maʻrifat tur”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Zukko bolajon” “Maʻrifat soati” kabi turli ma’rifiy targ'ibot loyihalari o‘tkazilishi belgilangan.

Yoshlar oyligida faol ishtirok eting!

🌐 @manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

She'r:
Qo'llaringni ber, Mo'ynoq
Muallif va ijrochi: Zulfiya Mo'minova

“Yoshlar oyligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida o'tkazilayotgan ma'rifiy tadbirlardan biri Mo'ynoq tumanida tashkil etildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Ziyolilar_forumi
#Xorazm_viloyati

🔰Xorazm viloyatida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” 
shiori ostidagi tadbirlar davomida “Ziyolilar forumi” seminari o‘tkazildi.

🔹Batafsil:https://telegra.ph/ZIYOLILAR-FORUMI-06-06

🌐
@manaviy_markaz
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

Ziyolilar qatlamining katta qismini yoshlar tashkil etadi - Narzulla Jo'rayev

"Ziyolilar forumi"
doirasida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.

Forumni tarix fanlari doktori, professor Narzulla Jo'rayev ochib berdi. Narzulla Jo'rayev nutqida ziyolilar va ularning oldiga qo'yilgan maqsad, shuningdek yoshlar masalalariga to'xtalib o'tdi.

"Ziyolilar millatning ramzi, jamiyat taraqqiyotining tayanchi. Zero, ziyolilar har bir davlatning shakl-u shamoyilini fenomen sifatida belgilaydi. Bu esa o'z o'rnida bizga yanada mas'uliyat yuklaydi.

Yoshlarining taqdiriga biz mas'ulmiz, o'z o'rnida ziyolilar qatlamining ham katta qismini yoshlar tashkil etadi", deydi professor.

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotira muqaddas – inson qadri aziz
(Oydin Hojiyeva xotirasiga bag‘ishlanadi)

🌐 @manaviy_markaz
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Zukko_bolajon
#Xorazm_viloyati

Xorazm viloyatining Xiva shahridagi 15-maktabgacha ta'lim muassasasida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida "Zukko Bolajon" fotoalbomi taqdimotiga bag‘ishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Dilshod Rajabov ham ishtirok etdi.

"Bugun islohotlar davrida ekanmiz, bu jarayonda bolalarni ma’naviy olamini boyitish, ularda milliy an’analarga qiziqish uyg‘otish uchun sharqona tarbiyaning har bir jihatlariga alohida e’tibor qaratilsh zarur! Zero, yangilanishlarni eng boshidan — bog‘chadan boshlanishi to‘g‘ri deb o‘ylayman" — dedi shoir Dilshod Rajab.

🌐 @manaviy_markaz
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Maʼrifat_tur
#Xorazm_viloyati

🔰30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Xorazm viloyatida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida "Ma'rifat tur" loyihasi o‘tkazildi.

🔹Mazkur loyiha davomida mamlakatimizda aholi, shu jumladan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”iga kiritilgan oilalar vakillari va ularning farzandlarini ma'naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtimizdagi qadimiy obidalar, qadamjolar va diqqatga sazovor joylarga tashrifi amalga oshirish hamda ziyolilar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.

🔹“Ma’rifat tur” loyihasi doirasida Tuproq qal'a tumanida joylashgan "Nilufar" yozgi bolalar dam olish oromgohining 50 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirokida O’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik hisoblanadigan Xiva shahridagi Ichan qal’a muzeyiga sayohat uyushtirildi.

🔹Jarayondan fotolavhalar

🌐 @manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
16:00 03.06.2023

QORAQALPOG'ISTONDA "YOSHLAR OYLIGI" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

#Qoraqalpogʻiston
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Ёшлар ойлиги» доирасидаги маънавий-маърифий тадбирлар
#7june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Shavkat Mirziyoyev Rimga uchib ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/17160

🌐 @manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

"Ma'rifat" targ'ibotchilarining Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi yakunlandi.

Respublikada targ'ibotchilarning ilk manzili Mo'ynoq tumani bo'lganidan xabaringiz bor.

Mo'ynoqda avval "Ma'rifat soati" o'tkazilgan bo'lsa, undan keyin ziyolilar "Future Muynak" markazi, “Orol boʻyi” muzeyi hamda “Oq kema” bolalar lageri bilan tanishib, yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etishdi.

Batafsil reportajda tomosha qiling.

🌐 @manaviy_markaz