MARKAZ XABARLARI
17.1K subscribers
20.5K photos
3.97K videos
19 files
9.7K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Andijon_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

30-iyun  - “
Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida Yoshlar oyligi” doirasida
Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Targ'ibotchilarning keyingi manzili tuman Madaniyat markazi bo'ldi.

🔹Dastlab targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmalar ma'naviy-marifiy tadbirga ulanib ketdi.

🔹Shundan so'ng "Mehr-sahovat loyihasi" doirasida xonadonlarga tashrif uyushtirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati  darajasidagi muhim masala bo'lib kelgan.

Xususan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanida ham xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida o‘tkazildi.

Bugungi tadbir chinakam qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi, sababi ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlar hamda tuman AKM xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar barchani raqsga chorladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
Farg‘ona viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayllari, ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur oylik doirasida poytaxtdan kelgan bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari, taniqli san'atkorlar, ijodkorlar Marg‘ilon temiryo'l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐
@manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

"YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI NAMANGANDA DAVOM ETADI

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun  - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot  loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar,  san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari Namagan shahriga yetib kelishdi.

Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma'naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkaziladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun m'anaviy tadbirlar To‘raqo‘rg‘on tumanida ham boshlandi. Toshkentdan kelgan ziyolilar dastlab tuman obodonlashtirish bo‘limi xotin-qizlari bilan uchrashdilar.
Dildan suhbat nihoyatda samimiy kechdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Dilshod Rajabovning dilbar she’rlari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhammedova, Farida Umarovalarning hazilga yo‘g‘rilgan dialoglari, maqom ijrochisi Ozoda Yorovaning xalq yo‘lidagi terma ashulalari soha xodimlari kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

So‘ngra mehmonlar 9-musiqa va san’at maktabidagi tadbirga tashrif buyurdilar. Tuman hokimining o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman ma’naviyat bo‘limi rahbari M. Begmatovalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirdilar.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

🔰Shu kunlarda viloyatimiz boʼylab "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. Bir guruh «Maʼrifat» targʼibotchilari, ziyolilar, olimlar va sanʼatkorlar Fargʻona viloyatiga tashrif buyurishdi.

🔹Targʼibotchilarning ilk tadbiri viloyat markazidagi Ahmad Farg‘oniy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi. Shu yerda "Kitob karvoni" loyihasi o'tkazildi. Loyiha doirasida 2500 dan ziyod kitoblar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga tarqatildi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Rahimboy Jumaviyozov yoshlar kamolotida kitobning o'rni katta ekanini ta'kidladi. 

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan Qo'rg'ontepa tumanida ham ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Targ'ibotchilar "Mehr va saxovat" loyihasi doirasida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oila farzandlari holidan xabar olishdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, taniqli shoira Farog'at Xudoyqulova hamda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktor o'rinbosari Munira Qahhorova yoshlarga esdalik sovg'alarini topshirar ekan, ularga bildirilayotgan ishonch xususida so'z yuritishdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan tadbirlar ezgu amallarga ulandi. Poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, san’atkorlar va ijodkorlar Marg‘ilon shahridagi bemorlar, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar oldi. Ular bilan samimiy muloqotda bo‘lib, Qurbon hayiti va Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

Ipak yo‘li mahallasida yashovchi Gulshoda Ismoilova biroz kasallikdan ozor chekdi. Shunday bo‘lsada u qanoat bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mehmonlarning tashrifi uni behad mamnun etdi. Shu kuni uy ta’limini olayotgan Robiya Ahmadaliyeva, Zulxumor Aliyeva kabi yoshlarning uyiga borildi, ular bayram bilan qutlandi.

@manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilgan  mazkur tadbirda olimlar, san’atkorlar va yoshlar ishtirok etdi.

🌐 @manaviy_markaz