MARKAZ XABARLARI
16.8K subscribers
20.5K photos
3.99K videos
19 files
9.73K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
Маҳалладаги ишсиз аҳолини даромадли қилиш мақсадида 1 мингта маҳаллага хизмат кўрсатувчи 300 та микромарказ
ташкил этиш дастури бошланган.

Давлатимиз раҳбари 1 апрелга қадар ҳар бир вилоятда камида 5 тадан микромарказни ишга тушириш зарурлигини таъкидлади.

Жорий йилда Ғиждувон, Булоқбоши, Зангиота, Фарғона туманлари, Қўқон, Марғилон, Урганч шаҳарларида камида 20 тадан шундай марказларни ташкил қилиш топширилди.

Умуман, 2023 йилда яна 1 миллион аҳолини камбағалликдан чиқариш вазифаси қўйилди.

Йиғилиш якунида ҳудудлар ва соҳа учун масъул мутасаддиларнинг ахбороти тингланди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Kun_hikmati

- Iroda bobida suvdan oʼrnak olishlaringizni istayman.
- Suvning irodasi qanday boʼladi?
- Suvning yoʼlini chapdan toʼssalar, oʼngdan oqadi, oʼngdan toʼssalar, chapdan oqadi, koʼndalangiga toʼssalar esa koʼkka yuksaladi, lekin olgʼa borish istagidan hech qachon kechmaydi!

✍🏻 Suqrot

🌐
@manaviy_markaz
#Jarayon
#Qashqadaryo

Omad kuchlilarga kulib boqadi, kuchlilar esa ko‘p kitob o‘qiydi

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” viktorinasi g‘oliblari o‘rtasida alohida tanlov o‘tkazildi. Unda Qarshi tumanidagi 6-maktab o‘qituvchisi Oybek Qurbonov 2-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

E’tiborlisi, tarix muallimi shundan beri yana ko‘p marta g‘olib chiqib, eng sara kitoblarni qo‘lga kiritdi. Bugun o‘sha kitoblar o‘z egasiga topshirildi.

Oybek Qurbonovning aytishicha, viktorina sababli “Zakovat” intellektual o‘yinlariga ham qiziqishi ortib, bilimdonlar guruhining doimiy a’zosiga aylangan. “Viktorinada qatnashib, avval nomini eshitmagan kitoblar haqida ham bilib olyapman”, deydi u.

Darhaqiqat, o‘qish-o‘rganishga intilish tahsinga loyiq. Donishmandlar aytganidek, bilim insonni baxtli va ulug‘vor qiladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Fargʻona


Marg‘ilon shahridagi 2-Tibbiyot texnikumida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va halqqa yoʼllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targʼib qilish, hamda yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni oshirish maqsadida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

⚡️ Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi rahbari Mayramxon Yuldasheva va tehnikum direktorining o‘rinbosari Doniyor Holmatovlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida inson maqsadga erishish va jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun albatta ma'naviyatli, ma'rifatli bo‘lishi zarurligi borasida so‘z yuritildi.

🌐 @manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Surxondaryo

MARD ASKAR – YOSHLARGA NAMUNA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Sherobod tuman hokimligi hamkorligida Sherobod tumani “Uchyog‘och” mahallasi Poshxurt qishlog‘ida joylashgan harbiy qismda “Mard askar – yoshlarga namuna” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

❇️ Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, harbiy qism rahbariyati hamda o‘z xizmat burchini ado etayotgan askarlar ishtirok etdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Jarayon
#Taqdimot

Farg‘ona viloyatining So'x tumanida joylashgan harbiy qismda Farg‘ona viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi homiyligida So'xlik olimlar O'runboy So'fiyev va Rahmatjon Arslonzodaning So'x tarixi haqida "So'x-qadimiy va so'lim maskan" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bunda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamda tuman bo‘linmasi hodimlari, ma'naviyatchilar, tarix o'qituvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.

Ushbu kitobda bu jannatmonand go'shaning o'tmishi, uning hozirgi kuni, mehmonnavoz xalqi va nurli kelajagi haqida hikoya qilinadi.

Ilova qilingan rasmlar So'xning o'tmishi, ziyoratgohlari va boshqa diqqatga sazovor joylari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi.

Kitob So'xga qadam ranjida qilgan sayyohlar hamda o'z yurtining o'tmishi va hozirgi kuni bilan qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

🌐 @manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Namangan

MAHALLALAR KUTUBXONASI BOYITILDI

Prezident murojaatnomasi ijrosini Namangan viloyatida bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 71 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 40 donadan jami 2240 dona kitoblarni O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan yetkazib berildi.

Kitoblar taqdimotida “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi, senator I.Najmiddinov, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i А.Аlaxodjaev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Аppaqov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi А.Mukarramov, tuman hokimi А.Najmiddinov va tumandagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Appaqov tomonidan tuman hokimiga “O‘zbekiston qahramonlari” kitobi hamda “Maʼnaviyat” lug‘ati kitobi taqdim etildi.

🌐 @manaviy_markaz
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтган видеоселектор йиғилишида камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш ҳамда кичик бизнесни ривожлантиришга қўшимча шароитлар яратиш чора-тадбирлари белгилаб олинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter