MARKAZ XABARLARI
14.4K subscribers
21.6K photos
4.53K videos
22 files
10.7K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Jizzax_viloyati

Ёш ватанпарварлар — Ватан ардоғидаги фидойилар

♻️♻️ Жиззах вилоятида ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларни касб-ҳунар ва тадбиркорлик соҳаларида ўқитиш учун шарт-шароитлар яратиб бериш мақсадида маҳаллаларда "Ёшлар дафтари"га киритилган ишсиз ёшлар иштирокида "Ёш ватанпарварлар йиғини" лойиҳаси амалга оширилмоқда.

🔰🔰 Бугун ҳам ушбу лойиҳа асосида Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи вилоят Кенгаши ҳамда Республика Маънавият ва маърифат маркази Жиззах вилоят бўлими билан ҳамкорликда "Каттага — ҳурматда, кичикка — иззатда, миллий урф-одатларимизга ҳурматда бўлиш" мавзуида давра суҳбати ташкил этилди.

Унда "Маърифат" тарғиботчилар жамияти аъзоси Ш.Туратов томонидан мавзу юзасидан қизиқарли маъруза қилинди, фаол иштирокчиларга китоблар тақдим этилди.

🎸🎤 Шундан сўнг, "Маърифат" тарғиботчилар жамиятининг ёш аъзоси Л.Нарзуллаев ижросида Она Ватанни мадҳ этувчи қўшиқлар ижро этилди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
“Stalin Rossiyasining yagona shoiri” – zamonasiga sig‘magan Osip Mandelshtam fojiasi
Stalin Pasternakka “Agar men shoir bo‘lganimda va do‘stim boshiga shunday ish tushganida unga yordam berish uchun hatto devorga ham osilib chiqardim”, deydi...

O‘z:
https://oyina.uz/uz/article/580
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Toshkent_viloyati


Тадбирдан кўзланган мақсад — ёшларда мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларга дахлдорлик туйғусини уйғотиш, ташаббускор ва иқтидорли ёшларни аниқлаш, уларнинг иқтидорини намоён этиши учун кенг имкониятлар яратиш, илм-фанга қизиқишини ошириш; ёшлар ўртасида ижод, маданият ва санъат, спортни ривожлантириш ва уюшмаган ёшларнинг жамиятда муносиб ўрин топишида кўмаклашиш. Шу мақсадда санъат йўналиши бўйича кўрик-танлов, спорт мусобақалари, "Заковат" интеллектуал ўйини уюштирилди...


Батафсил: https://telegra.ph/Bekobod-sha%D2%B3ri-1-sektor-%D2%B3ududi-%D0%8Ezbekiston-ma%D2%B3allasida-YOshlar-festivali-b%D1%9Elib-%D1%9Etdi-02-20


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Toshkent_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi



Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug‘ alloma ajdodlarimiz nomlari bilan bog‘liq muzeylarga tashrif buyurish hamda yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuygularini kuchaytirish maqsadida Yangiyo‘l tumanidagi 48- umumiy o‘rta ta'lim maktabining IMMB targ‘ibotchisi Gulbahor Ismoilova tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari bilan birgalikda Toshkent shahridagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Galaba bog‘i, Shon-sharaf muzeyi, Toshkent teleminorasi va Magic city nufuzli obidalarga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar yurt tinchligi uchun kurashgan insonlar va tariximiz haqida qiziqarli va kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Sayohat o‘quvchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Buxoro_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


Har bir inson kitoblar orqali uning ma’naviy xazinasidan, cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanib, o‘zining, o‘zgalarning hayotini mazmunan boyitishi mumkin. Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonga tanitadi, ezgulikka yetaklaydi...

Batafsil: https://telegra.ph/Kitobsiz-xonadon-jaholatga-oxshaydi-02-21


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Qashqadaryo_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


EKSPRESS KUTUBXONA — MUTOLAAGA IMKONIYAT

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Axborot kutubxona markazi hamda O‘zLiDeP tuman kengashi hamkorligida Prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘ygan ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekspress kutubxona” tashkil etildi.

👨‍👨‍👧‍👧Unda "Ma’naviy homiy" loyihasiga kiritilgan tumandagi "Oqdaryo" MFY hudud aholisi, o‘quvchi yoshlar, turli soha vakillari keng jalb qilindi.

📗Tuman Axborot kutubxonasi tomonidan fuqarolar, yoshlar a’zolikka qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda o‘zlari qiziqqan kitoblarini vaqtinchalik mutolaa qilish uchun tegishli tartibda taqdim etildi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Kun_hikmati


Xalq farovonligi yo‘lida har turli usullarni axtarmoq va iloji boricha Vatanga zarar yetkazadigan illatlarga barham bermoq kerak.

Ivan KRILOV


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Surxondaryo_viloyati

#Inson_qadri_har_narsadan_aziz


Inson hayoti — bebaho ne’mat

Аngor tumanida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi “Zoʼrlik ishlatishdan jabr koʼrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʼz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi doirasida birinchi sektor binosida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʼlinmasi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, Din ishlari boʼyicha qoʼmita va tuman IIB XPB XKMB hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida targʼibotchilar tomonidan “Inson hayoti — bebaho ne’mat“, "Oilada zoʼravonlikka oʼrin yoʼq” mavzularida suhbat boʼlib oʼtdi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Buxoro_viloyati


«Бир нуроний-ўн нафар ёшга мураббий» тамойили асосида фуқаролар йиғиниларида мамлакатнинг ижтимоий-сиёсий фаолиятига ўз ҳиссасини қўшиб келаётган, обрў-эътиборли ҳар бир нуронийлар, катта ҳаётий тажрибага эга бўлган фаол кексалар ва фахрийларнинг ҳамда маҳаллаларда истиқомат қилаётган 10 нафардан тарбияси оғир, маънавий кўмакка муҳтож, уюшмаган, ишсиз ёшлар бириктирилган...

Батафсил: https://bit.ly/3LOLW8x


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ommaviy_axborot_vositalarida

#Toshkent_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


Айни пайтдаги ёшлар етакчилари фаолияти: БУГУН ва ЭРТАГА...


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Bugungi_kun_mavzusi

#Fasliy_shodliklar

BAHORNI SOG‘INIB...

Jamalak sochimga tol bargak taqib,
Jismimga oʻt yoqib, chaqmoqdek chaqib.
Husni jamolingga suqlanib boqib,
Bahoroyim, chiqay yoʻlingga peshvoz.

Yalpiz qoʻshigʻiga qulogʻim tutib,
Zilol suv raqsidan oʻzni unitib.
Sheʼriyat bogʻidan guldasta tutib,
Bahoroyim, chiqay yoʻlingga peshvoz.

Seni shunday goʻzal yaratmish olloh,
Men seni sogʻindim — qalbimda titroq!..
Muslimaga baxt yoʻq bungan ortiqroq,
Bahoroyim, chiqay yoʻlingga peshvoz!!

Muslimaxon RO‘ZIYEVA,
Uchkoʻprik tumanidagi 16-maktabning IMMMB targʻibotchisi


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Bugungi_kun_mavzusi


Shomanay rayonı "Aybúyir" mákan puqaralar jıyınında aymaqtaǵı puqaralar qatnasında Qaraqalpaqstan Respublikası Xalıqtıń salamat turmıs tárizin qollap-quwatlaw hám fizikalıq aktivligin asırıw orayı hám "Shomanay nurı" gazetası qánigeleri tárepinen "Stresske qarsı gúresiw kúni"ne baǵıshlap ushırasıw ótkerildi.

Ushırasıwda tiykarınan kúndelikli turmısımızda sport penen shuǵıllanıwdıń hám awqatlanıwdıń ahmiyeti haqqında XSTTQQ hám FAA orayı QR bólimi baslıǵı A.Abatova, Rayonlıq bólim shıpakeri S.Demegenova, Shomanay nurı gazetası bas redaktorı M.Baydullaeva hám Aybúyir MPJ baslıǵı G.Tóreniyazovlar keń túrde túsinikler berip ótti.
Ushırasıw dawamında puqaralar menen ashıq sáwbetlesiw ótkerilip, puqaralar qızıqtırǵan sorawlarına juwaplar aldı.


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Buxoro_viloyati


Янги ташаббус: "Зиё бурчаги" — сартарошхоналарда!

Сартарош усталарга "Зиё бурчаги"ни ташкил этишда Республика Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси ва туман Ахборот кутубхона маркази томонидан сараланган 152 номдаги сара ўзбек адабиётлари тавсия этилди ва китоблар рўйхати барча сартарошларга тарқатилди...

Батафсил: https://telegra.ph/Kitobhon-mizhoz-loji%D2%B3asi-asosida-ehng-namunali-Ziyo-burchagini-tashkil-ehtgan-usta-sartaroshlar-tantanali-ta%D2%9Bdirlandi-02-22


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz