MARKAZ XABARLARI
16.3K subscribers
20.6K photos
4.05K videos
19 files
9.83K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Jarayon

#Inson_qadri_har_narsadan_aziz

#Toshkent_shahri


Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda harbiy qismlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 7 nafar beka ishtirok etdi. Toʻrtta shartdan iborat tanlovda qatnashchilarning chiqishlari hayʼat aʼzolari tomonidan sinchkovlik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda baholab borildi.
Gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Birinchi oʻrin serjant Akmal Imomovning ayoli Dilrabo Tilovovaga nasib etdi hamda Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Tanlov murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtkazildi. Ayniqsa, bekalarning oʻz oila aʼzolari bilan sahna koʻrinishlarida ishtirok etishi tanlovga yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati


"Тараққиёт стратегияси" билимдонлари аниқланди

Ёшлар ўртасида ҳуқуқий саводхонликни янада ошириш, жамиятда амалга оширилаётган ислоҳотлар билан ҳамнафас бўлишини таъминлаш мақсадида Республика Маънавият ва маърифат маркази, вилоят прокуратураси, "Юксалиш" умуммиллий ҳаракати, Ёшлар ишлари агентлиги, вилоят адлия бошқармаси ҳамда ҳамкор ташкилотлар ташаббуси билан ОТМ талабалари ўртасида "Тараққиёт стратегияси билимдони" кўрик-танлови ташкил қилинди. Танлов иштирокчилари 1-шартда мавзу доирасида тест саволларини синовдан ўтказишган бўлса, 2-шартда "Тараққиёт стратегияси" доирасида оғзаки савол-жавоб шаклида ўз фикрларини билдиришди.
Танлов якунида ғолибларга ташкилотчилар томонидан қимматбаҳо совғалар ва ташаккурномалар топширилди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Inson_qadri_har_narsadan_aziz


Марғилон шаҳрида ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб этиш, уларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, истеъдодли йигит-қизларни излаб топиш ва уларни қўллаб-қувватлаш, маданият, санъат, спорт, ахборот технологиялари, китоб ўқишга бўлган қизиқишларини ошириш мақсадида шаҳардаги 4 та сектор раҳбарлари ташаббуси билан “Ватанимиз равнақи йўлида ёшлар бирлашайлик!” шиори остида Ёшлар форуми ўтказилди...

Батафсил: https://telegra.ph/Vatanimiz-ravna%D2%9Bi-j%D1%9Elida-yoshlar-birlashajlik-02-19


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Kun_hikmati


Sivilizatsiya so‘zining tom ma’nosi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki o‘z xohishlarini ixtiyoriy va yaxshi o‘ylagan holda tiyishdan iboratdir.

Mahatma GANDI



Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Buxoro_viloyati


... tabiatni asrash, yashil maydonlarni ko‘paytirish faqat ayrim tashkilotlar emas, balki hammaning yumushiga aylanishi zarur. Jumladan, maktab jamoasi ham o‘z imkoniyatlari doirasida ana shu ezgu ishga hissa qo‘shishga qodir va bu borada muayyan ishlarni albatta amalga oshiradi...

Batafsil: https://telegra.ph/Yaxshidan-bog%CA%BB-qolar-02-19


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Xorazm_viloyati


MA’NAVIYAT TARG‘IBOTCHILARI — MAKTABLARDA

Bogʻot tumanidagi 4-, 44-, 14-, 5-, 19-, 33-, 48-umumta'lim maktablarida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bog'ot tumani bo'limi bosh mutaxasisi Otajonova Umida, tuman "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Bekchonova Marhabo , tuman xotin-qizlar oʻrtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha targʻibot guruhi rahbari G. Boltaeva va maktabda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar kengashi raislari tomonidan "Oila — muqaddas dargoh" mavzuida davra suhbati ko'rinishidagi ma’naviy-ma’rifiy targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
Mavzu yuzasidan o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuvlar samimy va do‘stona ruhda o‘tkazildi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Jizzax_viloyati

Ёш ватанпарварлар — Ватан ардоғидаги фидойилар

♻️♻️ Жиззах вилоятида ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларни касб-ҳунар ва тадбиркорлик соҳаларида ўқитиш учун шарт-шароитлар яратиб бериш мақсадида маҳаллаларда "Ёшлар дафтари"га киритилган ишсиз ёшлар иштирокида "Ёш ватанпарварлар йиғини" лойиҳаси амалга оширилмоқда.

🔰🔰 Бугун ҳам ушбу лойиҳа асосида Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи вилоят Кенгаши ҳамда Республика Маънавият ва маърифат маркази Жиззах вилоят бўлими билан ҳамкорликда "Каттага — ҳурматда, кичикка — иззатда, миллий урф-одатларимизга ҳурматда бўлиш" мавзуида давра суҳбати ташкил этилди.

Унда "Маърифат" тарғиботчилар жамияти аъзоси Ш.Туратов томонидан мавзу юзасидан қизиқарли маъруза қилинди, фаол иштирокчиларга китоблар тақдим этилди.

🎸🎤 Шундан сўнг, "Маърифат" тарғиботчилар жамиятининг ёш аъзоси Л.Нарзуллаев ижросида Она Ватанни мадҳ этувчи қўшиқлар ижро этилди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
“Stalin Rossiyasining yagona shoiri” – zamonasiga sig‘magan Osip Mandelshtam fojiasi
Stalin Pasternakka “Agar men shoir bo‘lganimda va do‘stim boshiga shunday ish tushganida unga yordam berish uchun hatto devorga ham osilib chiqardim”, deydi...

O‘z:
https://oyina.uz/uz/article/580
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Toshkent_viloyati


Тадбирдан кўзланган мақсад — ёшларда мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларга дахлдорлик туйғусини уйғотиш, ташаббускор ва иқтидорли ёшларни аниқлаш, уларнинг иқтидорини намоён этиши учун кенг имкониятлар яратиш, илм-фанга қизиқишини ошириш; ёшлар ўртасида ижод, маданият ва санъат, спортни ривожлантириш ва уюшмаган ёшларнинг жамиятда муносиб ўрин топишида кўмаклашиш. Шу мақсадда санъат йўналиши бўйича кўрик-танлов, спорт мусобақалари, "Заковат" интеллектуал ўйини уюштирилди...


Батафсил: https://telegra.ph/Bekobod-sha%D2%B3ri-1-sektor-%D2%B3ududi-%D0%8Ezbekiston-ma%D2%B3allasida-YOshlar-festivali-b%D1%9Elib-%D1%9Etdi-02-20


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Toshkent_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi



Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug‘ alloma ajdodlarimiz nomlari bilan bog‘liq muzeylarga tashrif buyurish hamda yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuygularini kuchaytirish maqsadida Yangiyo‘l tumanidagi 48- umumiy o‘rta ta'lim maktabining IMMB targ‘ibotchisi Gulbahor Ismoilova tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari bilan birgalikda Toshkent shahridagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Galaba bog‘i, Shon-sharaf muzeyi, Toshkent teleminorasi va Magic city nufuzli obidalarga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar yurt tinchligi uchun kurashgan insonlar va tariximiz haqida qiziqarli va kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Sayohat o‘quvchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Buxoro_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


Har bir inson kitoblar orqali uning ma’naviy xazinasidan, cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanib, o‘zining, o‘zgalarning hayotini mazmunan boyitishi mumkin. Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonga tanitadi, ezgulikka yetaklaydi...

Batafsil: https://telegra.ph/Kitobsiz-xonadon-jaholatga-oxshaydi-02-21


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Qashqadaryo_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


EKSPRESS KUTUBXONA — MUTOLAAGA IMKONIYAT

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Axborot kutubxona markazi hamda O‘zLiDeP tuman kengashi hamkorligida Prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘ygan ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekspress kutubxona” tashkil etildi.

👨‍👨‍👧‍👧Unda "Ma’naviy homiy" loyihasiga kiritilgan tumandagi "Oqdaryo" MFY hudud aholisi, o‘quvchi yoshlar, turli soha vakillari keng jalb qilindi.

📗Tuman Axborot kutubxonasi tomonidan fuqarolar, yoshlar a’zolikka qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda o‘zlari qiziqqan kitoblarini vaqtinchalik mutolaa qilish uchun tegishli tartibda taqdim etildi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Kun_hikmati


Xalq farovonligi yo‘lida har turli usullarni axtarmoq va iloji boricha Vatanga zarar yetkazadigan illatlarga barham bermoq kerak.

Ivan KRILOV


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz