Salomov.uz
583 subscribers
164 photos
14 videos
6 files
493 links
Maqsud Salomov blogiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: @SV_Murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Mass-media fondi
January 31, 2020
January 31, 2020
January 31, 2020
January 31, 2020
January 31, 2020
February 1, 2020
February 1, 2020
February 1, 2020
February 1, 2020
​​2020-yil, 2-fevral – oʻziga xos kun. Bunday kun oxirgi marta 909 yil avval sodir boʻlgan

Qanaqasiga?

Palindrom kun
degan tushuncha bor. Bunda raqamlarda ifodalangan sananing yozilishi boshdan oxiriga qarab ham, oxiridan boshiga qarab ham bir xil oʻqiladi. Masalan, bugungi sana: 02.02.2020.

Bunday
kunlar koʻp-ku, nega 2020-yil, 2-fevral maxsus ekan?

Ha, palindrom kunlar koʻp. Masalan, 2021-yil, 12-fevral ham palindrom kun: 12.02.2021. Lekin bir nozik jihat bor: dunyo davlatlarida sananing yozilishi farq qiladi.

Masalan, Oʻzbekistonda birinchi kun, keyin oy va keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 12.02.2021.

AQSHda esa teskari: birinchi oy, keyin kun va undan keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 02.12.2021.

Koʻrib turganingizdek, baʼzi mamlakatlarda palindrom hisoblangan kun boshqa mamlakatda palindrom boʻlmay qolyapti.

2020-yil, 2-fevral esa, yuqoridagi har ikkala usulda yozilganda ham, palindrom kun boʻlib qolaveradi: 02.02.2020. Shu sababli, bugun tarixdagi kam uchraydigan universal palindrom kundir.

Bundan oldingi universal palindrom kun qachon boʻlgan?

Bundan oldingisi, yuqorida aytib oʻtganimizdek, bundan 909 yil oldin – 1111-yil, 11-noyabrda boʻlgan: 11.11.1111.

Bundan keyingi universal palindrom kun qachon boʻladi?

Bugundan keyingi universal palindrom kun yana 101 yildan keyin – 2121-yil, 12-dekabrda (12.12.2121) boʻladi.

Lekin undan keyingi universal palindrom kun 2121-yildan keyin yana 909 yildan oʻtgach – 3030-yilda keladi (03.03.3030).

Kanalga ulanish👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
February 2, 2020
​​Anchadan beri yozmay yurgan bir hikoyam bor edi. Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligi yaqinlashgani ushbu hikoyani yana yodimga soldi. Bu safar oqqa koʻchirdim.

Hikoya real voqeaga asoslangan boʻlib, unda shaxsan ishtirok etgan bola tilidan yozilgan.

“Navoiyning yongan roboti”
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
February 2, 2020
​​Kecha Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi taʼsis etilgani, lekin shartlariga koʻra uni faqat “universal soldatlar” olishi mumkindek tuyulishi haqida yozgan edim.

Bugun shu post yuzasidan institutning matbuot kotibi aloqaga chiqdi. Kotib ushbu stipendiyaga ega boʻlish uchun talabadan stipendiya haqidagi yangilikda sanalgan shartlarning barchasiga bir vaqtda mos boʻlish soʻralmasligi, shunchaki, bu shartlarning har biri stipendiya nomzodiga maʼlum ball berishi haqida aytdi. Batafsil maʼlumot uchun stipendiya Nizomini ham yubordi.

Nizomga koʻra, stipendiyaga nomzodlar quyidagi mezonlar boʻyicha keltirilgan ballar bilan baholanadi:

1. Fanlarni oʻzlashtirish – 20-25 ball.
2. IELTS va boshqa sertifikatlar – 10-20 ball.
3. Fakultet dekani tavsiyasi – 15 ball.
4. Ilmiy anjumanlar, olimpiada – 10-20 ball.
5. Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tadbirlarida ishtiroki – 10.
6. Koʻrik-tanlov va sport – 5-10 ball.

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan talabalar davlat tomonidan beriladigan stipendiyadan tashqari 5 oy davomida oyiga 500 ming soʻm qoʻshimcha ragʻbat bilan taʼminlanadi.

Institut matbuot kotibiga tezkor reaksiya va batafsil maʼlumot uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Va taʼkidlash joizki, institutning stipendiya joriy qilganligi tahsinga sazovor.

Shu oʻrinda, Oʻzbekistonda taʼlim, tadqiqot, ilm-fanga boʻlgan ragʻbat boshqa sohalardan ajratilishi, ixtisoslashtirilishining samarasi ularni boshqa sohalar bilan aralash holda ragʻbatlantirgandan ancha yuqori boʻlishini yana bir bor taʼkidlash lozim.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
February 2, 2020
February 2, 2020
February 2, 2020
February 3, 2020
February 3, 2020
February 4, 2020
​​Koronavirus: Yevropa mamlakatlaridagi xitoyliklar yuz niqoblarini xarid qilib, Xitoyga yuborishyapti. Yevropa aholisining yuz niqoblari xaridi ham keskin oshgan. Ayrim Yevropa shaharlarida niqoblar tugab ham qolgan.

Masalan, xitoylik tanishlarimizdan biri bir oyga yaqin Norvegiyada yashagan. Hozir Sloveniyada, yaqinda kelgan. Sloveniyaga kelishdan oldin Norvegiya dorixonalaridan niqob sotib olib, Xitoydagi oila aʼzolariga yubormoqchi boʻlibdi. Lekin Norvegiyadagi yirik va port shaharlaridan niqob topa olmabdi. Izlab-izlab, oxiri Norvegiyaning shimolidagi kichikroq bir shaharchadan zoʻrgʻa topib, sotib olibdi va uyiga yuboribdi.

Oʻtgan hafta Xitoyda yuz niqoblariga boʻlgan bir kunlik talab 200 million donani tashkil etayotgani haqida xabar berilgandi. Hozirda bu koʻrsatkich yana-da oshgan.

Shuningdek, yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining aksiyalari narxi yaxshigina oshgan. Quyidagi suratda yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyasi – Kawamotoning aksiyalari narxidagi oʻsishni koʻrishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
February 4, 2020
February 4, 2020
February 4, 2020