Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.2K subscribers
35.4K photos
6.97K videos
79 files
14.3K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Avval xabar berganimizdek, xorijiy nufuzli madaniyat va san’at muassasalari bilan tanishish, tajriba almashish maqsadidagi Madaniyat vazirligi delegatsiyasining Turkiyaga xizmat safari davom etmoqda.

Istanbul shahrida joylashgan “Otaturk Madaniyat markazi” 2021-yil yangi barpo etilgan boʻlib, ushbu markaz Turkiya Respublikasida yagona hisoblanadi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 9 oylik yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar hamda 4-chorak uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar xususida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xodimlaridan: “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet artistlari Fotima va Zuhra Narzullayevalar “Nihol” mukofoti;

“Shodlik” ashula va raqs ansambli xonandasi Alisher Ruzmetov va “Navbahor” ashula va raqs ansambli sozandasi Maʼrufjon Azimov “Shuhrat” medali;

Xor artisti Sabina Hamdamova “Kelajak bunyodkor” medali bilan taqdirlandi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Artist" madaniyat karvonining Termiz shahrida bo'lib o'tgan konsert dasturidan lavhalar.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasting

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi bolalar maqom studiyasiga 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan, maqom san’atiga qiziquvchi yangi ovozlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov an’anaviy xonandalik va sozandalik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda ishtirokchilar 2 tadan asarni jonli ijro etishlari lozim.

Kasting 17-oktabr kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkaziladi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
14-18-oktabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDH mamlakatlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan XVI Xalqaro delfin oʻyinlari ishtirokchilariga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov videomurojaat yoʻllab, omad tiladi va ularni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
"Bir safda"

Toshkent shahar hokimligi hamda Madaniyat bosh boshqarmasi tashabbusi bilan poytaxt mahallalarida istiqomat qilib kelayotgan imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida "Bir safda" nomli poytaxt festivali oʻtkazildi.

Qo‘shiq, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, raqs, aktyorlik mahorati kabi turli yo‘nalishlarda festivalning gala-konserti namoyish etildi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌