Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.2K subscribers
35.1K photos
6.9K videos
79 files
14.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrogʻi

🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

OTA MAKON

Toshlarin tavof qil, tuprog‘ini o‘p,
Gardin ko‘zga surtib tug‘rosini o‘p,
Har sahar yukinib bayrog‘ini o‘p,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir.

Boshing qo‘yib topin ostonasiga,
Zog‘ yo‘lata ko‘rma Ark-qal’asiga,
Hamisha tayyor tur himoyasiga,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir.

Sayhuni, Jayhuni javohir, la’lli,
Tog‘lari tamalli, bog‘lari bolli,
Taqdirimiz shu el bilandir bog‘li,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir.

Arkoni davlatin yo‘li bir bo‘lsin,
Yurgan yo‘llarida nafs asir bo‘lsin,
Taxt-toj, saltanati mudom sir bo‘lsin,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir.

Ko‘ki ko‘lankasiz – oftobli, oyli,
Fuqarosin ko‘ngli Himoloy bo‘yli,
Serfarzand, serdavlat, xayrli qo‘lli,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir.

Azaldan ardoqli, or-nomusli el,
To‘qson to‘qqiz bovli, biy, bo‘lisli el,
Sabr-qanoatli, qut, qomusli el,
Bu Ota Makondir,
Bu Ona Yurtdir,

Bu qadim Turondir – jon ichra jondir.

To‘ra Sulaymon,
O‘zbekiston xalq shoiri

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tez kunda… Maxsus film namoyishi…

🇺🇿 🇶🇦 O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivoji haqida

Qatar amirligi 1991-yil 30-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan arab davlatlaridan biridir. Biroq ikki mamlakat o‘rtasidagi faol va samarali muloqotlar asosan 2018-yildan boshlangan.

Filmda shu va boshqa faktlar haqida suhbatlashamiz… Bizni kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr

🎭 Yurtimizdagi teatrlarning 18-noyabr, dushanba kungi repertuari bilan tanishing

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/27741

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrog‘i

🇺🇿 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sana munosabati bilan Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan qo‘shiq va videoklipni e'tiboringizga havola etadi.

Jonajon Vatanimiz bayrog‘i hamisha yuksaklarda hilpirayversin!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ICRICH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Moskva shahrida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning namoyishi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, 19-noyabr kuni soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov, opera xonandasi Shirin Mamatova, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ishtirok etadi.

Konsertga kirish uchun chiptalarni quyidagi saytdan olish mumkin: www.kremlinpalace.org

⭐️ Barchani unutilmas konsert dasturiga taklif etamiz!



📣 Внимание, внимание!

⚡️ В Москве пройдет концертная программа с участием артистов узбекского искусства «Вечер звёзд Узбекистана»

Министерство культуры Республики Узбекистан проведет «Дней культуры Узбекистана» в Российской Федерации.

В связи с этим, 19 ноября в 19:00 в Государственном Кремлевском Дворце в Москве запланирована концертная программа с участием узбекских артистов «Вечер звёзд Узбекистана», в которой выступят Герой Узбекистана, народная артистка РУз Муножат Юлчиева, народные артисты РУз Озодбек Назарбеков, Фаррух Закиров, Рамиз Усманов, Гулсанам Мамазоитова, Айгул Нодирова, заслуженные артисты РУз Озода Нурсаидова и Илёс Арабов, а также исполнитель Ширин Маматова, Государственный симфонический оркестр Узбекистана под руководством народного артиста Узбекистана Камолиддина Уринбоева и государственный ансамбль танца «Бахор» имени Мукаррамы Тургунбоевой.

Билеты на концерт можно приобрести на сайте: www.kremlinpalace.org.

⭐️ Приглашаем всех на эту концертную программу!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni damda poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan tantanali adabiy-badiiy xotira kechasiga tayyorgarlik jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Prezidentning 2024-yil 16-iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-258-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 19-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan tantanali adabiy-badiiy xotira kechasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli poytaxt mehmonlari va poytaxtliklar! Siz azizlarni 19-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo'lib o'tadigan ushbu tadbirga taklif etamiz! Kirish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrogʻi

🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni damda Ashxobodning Maqom markazi saroyida Turkmanistonda "O'zbekiston madaniyati kunlari"ning
ochilish marosimi hamda o‘zbek san’at ustalari ishtirokidagi gala-konsert tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Turkmanistonda bo'lib o'tayotgan "O'zbekiston madaniyati kunlari" tadbirlariga O‘zbekiston madaniyat vazirning birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov boshchilik qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 18-20-noyabr kunlari Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida:

"Turkmanistonda O'zbekiston madaniyati kunlari"ning ochilish marosimi hamda o‘zbek san’at ustalari ishtirokidagi gala-konsert;

Ashxobodda O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlari doirasida amaliy san’at ko‘rgazmasi;

O‘zbekiston va Turkmaniston yozuvchi va shoirlarining “Maxtumquli Firog‘iy va uning jahon adabiyoti
rivojiga qo‘shgan hissasi”
mavzusida ijodiy uchrashuv;

Ashxoboddagi “Toshkent” bog‘ida konsert dasturi, milliy liboslar namoyishi, amaliy san’at ko‘rgazmasi madaniy
tadbirlari;

Turkmaniston hamda O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokidagi gala-konsert tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️ Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik san'atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Har ikki ijrochi o‘zbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Ma'lumot o'rnida, “Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo'lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalq_ijodiyoti_karvoni

⚡️ Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasiga start berilgan edi.

Unga ko'ra, Samarqand viloyatining tumanlarida konsert-tomosha dasturlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq havaskorlik unvoniga ega bo‘lgan folklor-etnografik jamoalar hamda ashula va raqs ansambllarining milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz targ‘ibotlariga qaratilgan qiziqarli musiqiy dasturlar tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Samarqandning Paxtachi tumani aholisi uchun Surxondaryo hamda Farg’ona viloyatining folklor-etnografik jamoalari, ashula va raqs ansambllari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

Ma'lumot o'rnida, Samarqand viloyatining barcha tumanlarida “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasi noyabr-dekabr oylari davomida bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM