Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.4K subscribers
31.9K photos
6.28K videos
78 files
12.8K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
#Xizmat_safari
#Samarqand

⚡️Ayni kunlarda madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov Samarqand viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Kuni kecha xizmat safari davomida Jomboy tumanidagi 16-son madaniyat markazi, 10 va 19-son bolalar musiqa va san'at maktablari hamda Ixtisoslashtirilgan maktab yotoqxonasida bo'lib kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ta'mirtalab obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari holatini o'rgandi.

Ushbu muassasalarda aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, qurilish ta'mirlash ishlari uchun mablag' ajratish, zaruriy jihozlar va musiqa va cholg'u anjomlari bilan ta'minlash masalalari hal etilib, ulardan samarali foydalanish bo'yicha bir qator mas'ullarga topshiriq, ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Yusufjon Usmonovning Samarqand viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_haftaligi

⚡️ Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xon atlas” haftaligida Madaniyat vazirligi xodimlari faol ishtirok etishmoqda

🌷 Haftalikni o‘tkazishdan maqsad:

O‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish;

barcha toifadagi xotin-qizlar, uy bekalari, o‘quvchi-talaba qizlar, yosh kelinlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish;

milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo‘lgan, shuningdek, milliy meros darajasidagi liboslarni keng targ‘ib qilish;

yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini, umume’tirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantirish;

o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritilganini targ‘ib etish;

dizayn san’ati va milliy sanoat hamda sohada yosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, bugungi kunda liboslar targ‘iboti, savdosi bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi yutuq va kamchilik va muammolarni muhokama qilish.

🌷“Xon atlas” haftaligida siz ham ishtirok eting!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Farg‘ona viloyati hokmligi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 2 ta yo‘nalishda:

“Askiyachilik san’ati” yo‘nalishida jamoaviy;

“Qiziqchilik san’ati” yo‘nalishida yakka tartibdagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlovda professional va havaskor askiyachi, qiziqchi, so‘z ustalari, yakka ijrochilar hamda jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov yuzasidan hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 20-sentyabr kuniga qadar davom etadi.

G‘oliblar Madaniyat vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📞 Batafsil ma’lumot uchun telefon:+998903013451; +998905335995

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Buxoro

⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib, sohaga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me’yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ijro intizomi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Buxoro viloyat bo‘limi, Buxoro shahar madaniyat bo‘limi, Gʻijduvon tumanidagi davlat-xususiy sheriklik asosidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Olot va Qorako‘l tumanlaridagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari ko‘zdan kechirildi.

2024-yilning 1-noyabriga qadar har bir tuman-shaharlarda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan bittadan namunali madaniyat markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma'lumot o'rnida, namunali madaniyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha tuman-shaharlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, shundan, 2 ta Vobkent tumanidagi 27-son hamda Qorovulbozor tumanidagi 45-son madaniyat markazlari namunali madaniyat markazi sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Qorako‘l tumani 21-son madaniyat markazini namunali madaniyat markazi sifatida tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlari madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Hamza Eliyev tomonidan ta’mirlash ishlari ko'zdan kechirilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida Murodjon Majidov Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shaxriyorov va tuman hokimi Sherzod Ashurov bilan birgalikda Gʻijduvon tumani madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishdagi muammolarni o‘rgandi, davlat-xususiy sheriklik bitimi shartlari asosida belgilangan vazifalarni o‘z muddatida bajarish bo‘yicha tadbikorga vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, Olot tumanidagi ta’mirlanayotgan madaniyat markazini tuman madaniyat bo‘limi balansiga o‘tkazish hamda uning faoliyatini tashkil etish bo'yicha hudud aholisi tomonidan bildirilgan takliflar o'rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ Madaniyat vazirligi, O'zbek milliy maqom san'ati markazi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Farg‘ona viloyati hokmligi bilan hamkorlikda “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov joriy yilning 17-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Marg'ilon shahar maqom teatrida bo‘lib o‘tadi.

Taqdirlash marosimi 18-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyat teatr va konsert saroyida o'tkazilad.

Tanlov bir bosqichdan iborat bo‘lib unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. 

Ko‘rik-tanlovda professional va havaskor, yakka ijrochilar hamda ansambllar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etuvchi nomzodlar  Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov ijod namunalaridan hamda Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llaridan asar ijro etishlari lozim.

G‘oliblar Madaniyat vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar joriy yilning 15-sentyabr kuniga qadar quyidagi havoladagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Havola

📞 Batafsil ma’lumot uchun telefon:+998909572826; +998998592511

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM