Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.4K subscribers
31.8K photos
6.25K videos
78 files
12.8K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
⚡️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish barcha sohada boʻlgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham targ'ib etilib, bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun, 4-sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida “Sohani raqamlashtirishdagi ishlar holati” yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda,

madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ijrosi;

“Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularning rag‘batlantirilishi maqsadida ishlab chiqilgan streetart.uz platformasining yuritilishi;

“Tizim tashkilotlar pasporti” va "Moddiy texnik bazasi" axborot tizimlari joriy etish haqida;

O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini jahonga targ‘ib etish maqsadida askiya va qiziqchilik san’atiga oid veb-saytining yuritilishi;

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va festival dasturi haqida axborot berib borish maqsadida veb-sayti ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligi;

Madaniyat va san’at sohasida 11 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglament loyihalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda O‘zbekiston davlat drama teatriga rahbar tayinlandi.

4-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirokida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston davlat drama teatrida yig‘ilish o'tkazilib, madaniyat vazirining tegishli buyrug'i bilan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimiga tayinlangan Abror Porsayev hamda O‘zbekiston davlat drama teatri direktori lavozimiga tayinlangan Otabek Djurayevlar tashkilot jamoasiga tanishtirildi.

Avazxon Tadjixanov yangi lavozimga tayinlanganlarning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

Ma'lumot o'rnida, tayinlovga qadar Abror Porsayev Madaniyat vazirligi Ta'lim sohasini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi hamda Otabek Djurayev Madaniyat vazirligi Kinematografiyani rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, vazirning birinchi o’rinbosari O‘zbekiston davlat drama teatr binosida olib borilayotgan rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ 5-sentyabr kuni soat 19.30 da Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining 95-ijodiy mavsumi ochilishi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Toshkent osmoni ostidagi musiqa feyeriyasi” deb nomlangan Open air oqshomiga taklif etamiz!

Ushbu Gala-konsertda teatrimizning eng go’zal ovoz sohiblari va xorijlik yulduzlar yog'dusi sizni kutmoqda!

Gala-konsert mehmonlari: Hulkar Sobirova, Yelena Maksimova, Baluan Berkenov, Inara Kozlovskaya, Filip Banjak, Vyacheslav Vasilyev hamda teatr bosh dirijyori, maestro Vyacheslav Chernuxo-Volich rahbarligidagi teatr simfonik orkestri.
Musiqa va raqs sehriga to'la unutilmas oqshomda sizni kutamiz!

🎫 Chiptalarni iticket.uz sayti orqali va teatr chiptaxonasidan xarid qilish mumkin.
📞 Teatr chiptaxonasi: +998712321948

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Live

▶️ 26-30-avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan AOKAda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov ishtirokida brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali brifingni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

🔴 Jonli efir

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasining "Dostiq" ("Do‘stlik") ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofotni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomidan ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko'ra,

"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan - Omurbayev Nur Santashevich - T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijori;

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan - Duyshenbek uulu Zakirbek - Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi taqdirlandi.
_______________________

🇰🇬 Qirg'iz Respublikasi Prezidentining "Qirg‘iz Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko'ra,

"Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov;

"Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “An’anaviy maqom ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Farangiz Mahmudova taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilimlar_kuni

🔔 Kuni kecha yurtimizning barcha hududlaridagi ta'lim muassasalarida 2024-2025-o'quv yili uchun ilk o‘quv kuni munosabati bilan “Bilimlar kuni” o'tkazildi. Jumladan Madaniyat vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida ham o‘quv mashg'ulotlari boshlandi.

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Madaniyat vazirligi tizimida jami 367 ta ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 325 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 29 ta ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktabi va maktab-internatlari, 2 ta kollej, 5 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 4 ta filiali hamda 2 ta malaka oshirish markazlari mavjud. Mazkur ta’lim muassasalarda 105 ming 703 nafar o‘quvchi-talabalarga 18 ming 683 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.

Madaniyat vazirligi jamoasi Yangi O‘zbekistonning ilmga chanqoq yoshlarini yangi 2024-2025-o'quv yilinining boshlanganligi bilan tabriklab, maktab hayotidan zavq olib, har bir kuningizni mazmunli va samarali o‘tkazishingizni, kelajakda yuksak marralarga erishishingizni tilaydi!

Boshlangan yangi o‘quv yili muvaffaqiyatli kechsin!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Toshkent shahar teatrlarining 6-sentyabr, juma kungi repertuari:

O‘zbek milliy Akademik drama teatri
Nomi: “Adolat fasli”
Vaqti: 18.00

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatri
Nomi: “Humo” balet
Vaqti: 18.00

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri
Nomi: “Yoshlik sog‘inchi”
Vaqti: 18.00

O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Nomi: “Schastlivchik”
Vaqti: 18.30

O‘zbekiston Davlat satira teatri
Nomi: “Soqov xotin”
Vaqti: 16.00

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat teatrlarining 6-sentyabr, juma kungi repertuari:

Qoraqalpoq Davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Qorako‘z”
Vaqti: 17.00

Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Dugonalar”
Vaqti: 15.00

Andijon viloyati yoshlar teatri
Nomi: “Kunduzsiz kechalar”
Vaqti: 11.00

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Qaysar yulduzcha”
Vaqti: 09.00

Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Ovsar” yoxud Nayman ona faryodi”
Vaqti: 15.00

Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “To‘ylar muborak”
Vaqti: 17.00

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: “Qaynona”
Vaqti: 17.00

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Shumtaka g‘ozcha”
Vaqti: 11.00

Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “Kulolning orzusi”
Vaqti: 10.00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Bexato otilgan o‘q”
Vaqti: 14.00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Uvaysiy” maqom
Vaqti: 11.00

Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Hasanboyning sarguzashtlari”
Vaqti: 16.00

Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Zumrad va Qimmat”
Vaqti: 10.00 - 11.00

Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Tazarru”
Vaqti: 17.00

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Ko‘ngil ishq istaydi” musiqali komediya
Vaqti: 17.00

Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Maxtumquli“
Vaqti: 16.00

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri
Nomi: “Sehrli oltin qush”
Vaqti: 11.00 - 14.00

Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Oq qush qo’shig'i”
Vaqti: 18.00

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim etildi!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida "Siyosiy-ma’rifat soati"da boxabar bo'ling.

Mazkur o‘quvni ilm.argos.uz platformasi hamda youtubdagi https://www.youtube.com/watch?v=V2nWVdnBAOQ sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangi ish kuningiz samarali o‘tsin!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM