Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.3K subscribers
33.9K photos
6.73K videos
78 files
13.7K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
⚡️ Ayni kunlarda Qozog'istonning Muxtor Auezov nomidagi qozoq milliy drama teatri jamoasi O'zbekistonda gastrol safarida bo'lib turibdi.

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida qozoq milliy drama teatri jamoasini kutib olib, teatrning ijodiy ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

2026-yilda faoliyatiga 100 yil to‘ladigan Muxtor Auezov nomidagi qozoq milliy drama teatri o‘z tarixi davomida ulkan bosqichlarni bosib o‘tgan bo'lib, Qozog'istonning milliy san’at timsoliga aylangan.

❗️ Ma'lumot o'rnida, Muxtor Auezov nomidagi qozoq milliy drama teatri jamoasi O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda 8-sentyabrga qadar gastrol safarida bo'ladilar.

Muxtor Auezov nomidagi qozoq milliy drama teatri tomonidan gastrol safari davomida quyidagi spektakllar namoyish etilishi rejalashtirilgan:

2-sentyabr kuni soat 19.00da O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida "Kozi Kerpesh – Bayan sulu" spektakli hamda "O‘zbekiston va Qozog‘iston teatr san’atining birlashuvi" ko'rgazmasi;

3-sentyabr kuni soat 19.00da "Zaklyatiye Korkuta" spektakli;

4-sentyabr kuni soat 19.00da "Svadba Kirmanbaya" komediyasi;

6-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida "Qiz Jіbek" musiqali dramasi;

7-sentyabr kuni "S lyubimimi ne rasstavaytes!.." dramasi;

8-sentyabr "Vo imya lyubvi" dramasi namoyish etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish barcha sohada boʻlgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham targ'ib etilib, bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun, 4-sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida “Sohani raqamlashtirishdagi ishlar holati” yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda,

madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ijrosi;

“Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularning rag‘batlantirilishi maqsadida ishlab chiqilgan streetart.uz platformasining yuritilishi;

“Tizim tashkilotlar pasporti” va "Moddiy texnik bazasi" axborot tizimlari joriy etish haqida;

O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini jahonga targ‘ib etish maqsadida askiya va qiziqchilik san’atiga oid veb-saytining yuritilishi;

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va festival dasturi haqida axborot berib borish maqsadida veb-sayti ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligi;

Madaniyat va san’at sohasida 11 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglament loyihalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda O‘zbekiston davlat drama teatriga rahbar tayinlandi.

4-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirokida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston davlat drama teatrida yig‘ilish o'tkazilib, madaniyat vazirining tegishli buyrug'i bilan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimiga tayinlangan Abror Porsayev hamda O‘zbekiston davlat drama teatri direktori lavozimiga tayinlangan Otabek Djurayevlar tashkilot jamoasiga tanishtirildi.

Avazxon Tadjixanov yangi lavozimga tayinlanganlarning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

Ma'lumot o'rnida, tayinlovga qadar Abror Porsayev Madaniyat vazirligi Ta'lim sohasini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi hamda Otabek Djurayev Madaniyat vazirligi Kinematografiyani rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, vazirning birinchi o’rinbosari O‘zbekiston davlat drama teatr binosida olib borilayotgan rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ 5-sentyabr kuni soat 19.30 da Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining 95-ijodiy mavsumi ochilishi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Toshkent osmoni ostidagi musiqa feyeriyasi” deb nomlangan Open air oqshomiga taklif etamiz!

Ushbu Gala-konsertda teatrimizning eng go’zal ovoz sohiblari va xorijlik yulduzlar yog'dusi sizni kutmoqda!

Gala-konsert mehmonlari: Hulkar Sobirova, Yelena Maksimova, Baluan Berkenov, Inara Kozlovskaya, Filip Banjak, Vyacheslav Vasilyev hamda teatr bosh dirijyori, maestro Vyacheslav Chernuxo-Volich rahbarligidagi teatr simfonik orkestri.
Musiqa va raqs sehriga to'la unutilmas oqshomda sizni kutamiz!

🎫 Chiptalarni iticket.uz sayti orqali va teatr chiptaxonasidan xarid qilish mumkin.
📞 Teatr chiptaxonasi: +998712321948

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM