Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.3K photos
6.38K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
#Chilla_isteʻdodlar_mavsumi

⚡️ Kuni kecha Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massividagi (Ekoshahardagi) yangi amfiteatrda “Chilla – iste’dodlar mavsumi” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar – Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo‘qonov, Shohida Zokirova va Nodir Xolboyev ijrosida kuy-qo‘shiqlar minglab farg‘onaliklarni va viloyatimiz mehmonlarini o‘zida jamlagan gala-konsertga katta madaniyat va san’at bayrami shukuhini berdi.

Bunday konsert dasturlari davom etadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Surxondaryo

⚡️Kuni kecha Madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarini o'rganayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Xizmat safarining navbatdagi kunlarida Yusufjon Usmonov Surxondaryoning Termiz, Jarqo'rg'on va Qumqo'rg'on tumanlarini o'rgandi.

Vazir o'rinbosari dastlab Termiz tumanidagi 4-sonli “Do'stlik” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish bo'yicha tadbirkor bilan uchrashib, loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, Jarqo'rgon tuman 23-son maxsus madaniyat markazida davlat-xususiy sheriklik asosida olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari hamda Qumqo'rg'on tuman 71-son "Mustaqillik",  75-sonli “Istiqlol” madaniyat markazlari faoliyati, musiqa cholg'u asboblari bilan ta'minlanganligi va binolar holatini o'rgandi.

O'rganish yakunlari bo'yicha Yusufjon Usmonov rahbarligida yig'ilish o'tkazilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xalqimizning boy tarixiy merosi va iqtisodiy yutuqlari qardosh Qirg‘izistondan kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Andijon

⚡️ Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Andijon viloyatidagi madaniyat muassasalarini o'rganayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Xizmat safari davomidagi o'rganish yakunlari bo'yicha Avazxon Tadjixanov rahbarligida yig'ilish o'tkazilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Ma'lumot uchun, viloyatda madaniyat va san'at sohasi yo'nalishida 123 ta madaniyat muassasalari faoliyat ko'rsatadi, shundan, 3 ta teatr, 1 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, 1 ta musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 29 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 71 ta madaniyat markazlari, 1 ta O'zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo'limi, 1 ta namunali “Maqom” ansambli, 1 ta “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, 1 ta viloyat Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning 14 ta shahar va tuman filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Madaniyat markazlarida esa jami 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Namunali bolalar jamoasi” havaskorlik jamoalari hamda folklor-etnografik, ashula va raqs ansambllari faoliyat ko‘rsatadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbek milliy maqom san’ati markazi direktori Avazbek Shomurodov xizmat safari bilan Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida bo'ldi.

Markaz direktori xizmat safari davomida O'zbek milliy maqom san’ati markazining hududiy bo‘limlari tomonidan maqom san’atini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ijodiy va amaliy ishlar holatini tanqidiy o'rgandi.

Avazbek Shomurodov hududlarga tashrifi davomida, o‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har bir hududda yigʻilish oʻtkazib, Maqom markazi hududiy bo‘limlarining xonanda va sozandalari bilan uchrashdi.

Shuningdek, har bir xodim bilan birma-bir suhbat olib borib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, kadrlar masalasi, prezident qarorlari asosida tashkil qilinayotgan mahalliy gastrol safarlarining tashkil etilayotganligi, o‘rganilgan va o‘rganish uchun rejaga qo‘yilgan asarlar to‘g‘risida badiiy rahbarlarning hisobotlarini tingladi.

Har bir o'rganish yakunida yig'ilish o'tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM