Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32K photos
6.29K videos
78 files
12.9K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
#Hudud_xabarlari
#Hisobot_konsert

⚡️ Namanganning Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohot bog'ida viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san'at maktablarining 2023-2024-o'quv yili yakuni bo'yicha hisobot konserti bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, 455 nafar o'quvchilar 2023-2024-o'quv yilini tamomladi.

Ma'lumot uchun, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 22 ta bolalar musiqa va san’at maktablari bo'lib, maktablarda 14 ta yo'nalish bo'yicha 4 631 nafar bolalarga 735 nafar oliy ma'lumotli ustozlar tomonidan zamonaviy talablar asosida dars mashg'ulotlari o'tildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Aziz yurtdoshlar, qarshi oling: “Madaniyat karvoni” bu gal Surxondaryoda konsert beradi!

🇺🇿 🎼 O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston davlat filarmoniyasi taqdim etadi!

7-iyun kuni soat 19:30da Sariosiyo tumanining Sangardak turizm qishlog'ida;

8-iyun kuni soat 19:30da Termiz shahri markazidagi San'at saroyi old maydonida qiziqarli “Madaniyat karvoni" konsert dasturi bo'lib o'tadi.

🎶 Siz yoqtirgan san'atkorlar va ko'ngillardan joy olgan qo'shiqlar mujassam bo'lgan zavqli konsert oqshomiga marhamat, aziz muxlislar.

❗️ Eslatma: mazkur konsert dasturlari mutlaqo bepul namoyish etiladi!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hudud_xabarlari

📍 Farg'ona viloyati

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Farg'ona shahar 4-bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchi va o'quvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy tibbiyot markazi Farg'ona viloyat filiali davlat muassasasida saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun konsert dasturini namoyish etib, bolajonlarni xushnud etishdi.

📍Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san'at maktablari tomonidan hisobot gala-konserti bo'lib o'tdi.

📍Namangan viloyati

Yangiqo'rg'on tumani 77-son "Navo" madaniyat markazida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Bolaligim beg'uborligim" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

📍 Toshkent shahri

Yakkasaroy tuman Madaniyat bo'limi tomonidan “Moviy gumbazlar” maydonida ko'cha san'ati va musiqasi festivali bo'lib o'tdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 4-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Qirg'iziston Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o'rinbosari Temurlan Ajimaliyev o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy hamkorlikning joriy holati, kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida joriy yilning iyul oyi davomida Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Qirg'iz Respublikasi madaniyati kunlari"ni o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

💙 Ma'lumot uchun, O'zbekistondagi Qirg'iziston madaniyati kunlari doirasida Qirg'iziston kinosi kunlari, moddiy va nomoddiy madaniy meros elementlarining badiiy ko'rgazmalari, dizaynerlarning moda namoyishi, ikki davlat ziyolilari vakillarining uchrashuvlari hamda san'at ustalarining gala-konsertlari o'tkazilishi belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Madaniyat vazirligi rahbariyati hamda Qirg'iziston delegatsiyasi o'rtasida muzokaralar olib borilib, O'zbekiston madaniyat sohasidagi yetakchi texnik muassasalar va ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazishi rejalashtirilgan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maqomchallenge2024

🎶 Ayni kunlarda 27-30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan "II Xalqaro maqom san’ati anjumani"ga bag'ishlangan #maqomchallenge2024 ga start berildi.

❗️ Aziz kuzatuvchilar, #maqomchallenge2024 da faol ishtirok eting, videolarni - bu yerga yuborishingiz mumkin. Eng mukammal ijrolar saralanib kanalda e'lon qilinadi.

✔️ Ma'lumot uchun: joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida “II xalqaro maqom san’ati anjumani” bo'lib o'tadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘tkaziladigan II Xalqaro Maqom san’ati anjumani doirasidagi tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xorijlik talabgorlarni saralash bo‘yicha tashkiliy-ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

☑️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda nufuzli tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan umumiy hisobda 20 ga yaqin davlatdan 30 ga yaqin xorijlik talabgor nomzodlar tashkiliy-ishchi guruh a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va muhokama etildi.

☑️ Soha mutaxassislaridan tarkib topgan ishchi guruh a'zolarining yakuniy xulosasiga ko‘ra, xalqaro tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xorijlik talabgorlardan 8 ta davlatdan bo‘lgan 15 ga yaqin talabgor nomzodlar saralab olindi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM