Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.9K subscribers
32.3K photos
6.39K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_tomoshalari_haftaligi
#Surxondaryo

"Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida ham qator spektakllar namoyish etilmoqda.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_qadriyatlar_oyligi

💬 O‘zbek do‘ppilari namunalari

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Madaniyat vazirlari doimiy kengashining 2022-yilning 5-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan 39-majlisida Turkmanistonning Anau shahri 2024-yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

26–27-mart kunlari Ashxobod shahrida “Anau – 2024-yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti” tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi hamda Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasining “Buxoro mavjlari” ansambli ishtiroki rejalashtirilgan.

Ochilish marosimi dasturi tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, Turkmaniston va turkiy davlatlar ijodiy guruhlarining qo‘shma konserti, “Qadimiy Anau madaniyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyani o‘z ichiga oladi.

Tadbirlarda TURKSOY, Turkiy Davlatlar Tashkiloti, Turkiy madaniyat va meros fondi, Xalqaro turkiy akademiya rahbariyati va Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirliklari rahbariyati ishtirok etmoqda.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_tomoshalari_haftaligi
#Nukus

🎭 27-mart ― Xalqaro teatr kuni oldidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida "Time innovation art" ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan Nukus shahrida yangi "Muza" nomli xususiy teatr o‘z faoliyatini boshladi.

"Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida tashkil etilgan yangi teatrning ochilish marosimi va teatrning "Qiymayman" nomli ilk spektaklining premyerasi bo'lib o'tdi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xalqaro_festival

🎼 25-mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Navro‘z sadolari” milliy cholg`ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari X Xalqaro festivalining ochilish marosimi hamda OAV uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

❗️ Eslatib o'tamiz, festivalda Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari hamda mahalliy jamoalardan iborat 20 dan oshiq ansambl va orkestrlar ishtirok etishmoqda. 27-mart kuni g’oliblarni taqdirlash va yakuniy gala-konsert bo’lib o’tadi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi. Davlat rahbari viloyatdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini keskin o‘sishi uchun transport sohasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligiga bayram kunlari avia va temir yo‘l reyslari sonini 2 barobar oshirish, Namangan yoki Farg‘onaga uchish grafigini qayta ko‘rib chiqib, vodiyga har kuni bo‘ladigan avia reyslarni ko‘paytirish topshirildi.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan bog‘lovchi temir yo‘l reyslari, “Namangan-Pop-Chodak” yo‘nalishida har kuni ekspress yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat e'lon!!!

Hurmatli yurtdoshlar 29-mart kuni soat 11:00 da Navoiy viloyati Karmana tumani madaniyat markazi binosida "O‘zbek milliy maqom san’ati markazi" Toshkent viloyati hududiy bo‘limining konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Barchangizni ushbu konsert dasturiga taklif etamiz!

❗️ Eslatma: Konsert dasturiga kirish bepul tartibda amalga oshiriladi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madaniyat_karvoni

🇺🇿Madaniyat karvoni” yurtimizning eng chekka hududlari tomon yo'lga chiqishi haqida xabar berilgan edi.

🎙 “Madaniyat karvoni” Qo'ng'irotda bo'lib, xalqimiz ardog'idagi taniqli san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlarini namoyish etishdi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬“Hayrat” filmi Rossiyada o‘tkazilgan kinofestivalda taqdirlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan “Hayrat” filmi Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan “Просто хорошее кино” kinofestivalida taqdirlandi. Mukofotni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev qabul qilib oldi.

Ushbu fantastik kinokartinada bir ssenaristning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.

📆Kinovafestival 30-martga qadar davom etadi.


💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram |
🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_tomoshalari_haftaligi
#Qashqadaryo

🎭 Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida "Teatr tomoshalari haftaligi" yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

"Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida Turkiyalik rejissor Kubilay Erdilikara tomonidan sahnalashtirilgan "Tentakning yozmalari" spektakli namoyish etilib, spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-mart kuni Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchiligining asoschisi Botir Zokirov xotira kechasini o‘tkazish masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Unda Prezident Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri Nodirbek Sayfullayev, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov hamda tuzilgan ishchi guruh ishtirok etib, tadbirni yuqori darajada oʻtkazish va tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM