Madaniy meros agentligi
2.02K subscribers
5.96K photos
590 videos
2 files
2.02K links
Download Telegram
Samarqandda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bag‘ishlangan muzeylar tashkil etiladi

Yaqin oylarda Samarqandda bir nechta xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ayni paytda ushbu anjumanlarga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Samarqand shahrida XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid obidalar ko‘p. Alisher Navoiy hamda Shohruh ko‘chalaridagi shunday tarixiy binolarda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bag‘ishlangan muzeylar tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu rejalarni ma'qullab, muzeylarni mazmunan boyitish, hamkor mamlakatlar bilan yaqin munosabatlarni namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

24-avgust kuni “Rost24” saytida e’lon qilingan “Tarixiy sharmandalik hikoyasi: “Sodiq Safoyev vaʼdangizni qachon bajarasiz?” nomli maqola yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Maqola: “Fayzullo Xo‘jaevning hovlisidan bugun tijorat maqsadida foydalanilayotgani, uning avlodi bundan norozi ekanligi haqida avvalgi maqolada yozilgan edi. Navbatdagi materialda u kimga murojaat etgani va nega Fayzulla Xo‘jaev nomi olib tashlangani, shuningdek, qanday asosga ko‘ra jadidlar merosi tadbirkorlarga o‘tgani xususida to‘xtalib o‘tilgan”, – degan xatboshi bilan boshlanadi.

Shu o‘rinda berilgan ma’lumotga oydinlik kiritish lozim, Temur Xo‘jaev Fayzullo Xo‘jaevning AQShdagi jiyani, ya’ni Usmon Xo‘jayevning o‘g‘li.

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ А знаете ли вы, что Государственный Музей искусств Узбекистана – один из первых художественных музеев Средней Азии ?!

🗓 Открытие музея состоялось в 1918 году.

🏛 В Музее собрано более чем 100 000 бесценных образцов живописи, скульптуры, произведения народного декоративно-прикладного искусства, а также нумизматическая, археологическая коллекции.

@uzbculture
Samarqand shahrida yaqinda ochilgan "Ipak yo‘li" majmuasining Kongress-xoll binosiga “Quyosh” nomli kinetik haykal o‘rnatildi.

San'at asari muallifi taniqli britaniyalik haykaltarosh Yunus Safardiyor bo‘lib, ushbu ijod maxsulini 2 yil mobaynida yaratgan.

Kelajakda Yunus Safardiyor ijodiga mansub "Hayqiriq" nomli kinetik haykal Urganch shahridagi O‘zbekiston Zamonaviy sanʼat muzeyiga o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

26-avgust kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisi doirasida ko‘rib chiqiladigan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 64¹-modda bilan to‘ldirilib, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya'ni moddiy madaniy meros obyektlariga yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan tahqirlash yoki shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish ma'muriy huquqbuzarlik sifatida qayd etilib, javobgarlik belgilanmoqda.

Rus tilida
"Milliy merosga mening hissam!" aksiyasi doirasida aholi tomonidan jami 90 ga yaqin ashyolar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 27-maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-261 son qarori 7-bandida aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasini o‘tkazish belgilangan edi.

Shuningdek, aksiya doirasida fuqarolarda bo‘lgan madaniy boyliklarni beg‘araz maqsadda topshirish ishlari O‘zbekiston zamonaviy san'at muzeyida ham tashkillashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 1-iyulidan shu kunga qadar jami 63 ta asar qabul qilib olingan.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chirchiq shahar tarixi muzeyida XVIII asrga tegishli muxr saqlanmoqda. Ushbu eksponat misdan yasalgan bo‘lib, Niyozbek ovulidan topilgan.

O’tmishda muxrning sopol, mis, po’lat, bronza, kumush, oltindan qilingan turlari ham mavjud bo’lgan. Har bir hukmdor yoki podsho farmonlarini tasdiqlash uchun o'z muxriga ega bo’lgan.

Chirchiq shahridagi muzeyda saqlanayotgan eksponatda "la ilaha illallahu, Muhammadun rosululloh" kalimasi va uchinchi hamda to‘rtinchi xalqadagi yozuvlarda Oyat ul kursi ifodalangan.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Milliy merosga mening xissam!" aksiyasi doirasida qiziqarli tadbir o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 27 maydagi “Muzeylarda xizmatlar soxasini rivojlantirish to'g'risida”gi PQ- 261 son qarori 7- bandida aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag’batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Milliy merosga mening xissam!" deb nomlangan umumxalq aksiyasini o’tkazish belgilangan edi.

Mazkur qarorga asosan belgilangan sanadan boshlab aksiya tashkil etildi va doimiy ravishda o’tkazish asosiy vazifalardan qilib belgilandi. Aksiya doirasida bugun O'zbekiston davlat san'at muzeyiga Gulnora Djumagarining "Kimanodagi onam" deb nomlangan rangtasvir asari hamda ijodiga bag'ishlangan katalogi taqdim etildi. Rangtasvir asari hamda katalogi muzey fondiga qabul qilib olindi.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Mobile_Rakurs
"Buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi hamda ajdodlar kuni" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda

https://t.iss.one/Fargona_trk

https://t.iss.one/Mobile_Rakurs
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда ва давлат арбоби Жалолиддин Мангуберди
ҳайкалининг тантанали очилиш маросимида иштирок этади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии торжественного открытия памятника великому полководцу и государственному деятелю Джалолиддину Мангуберды в городе Ургенче.

Facebook|Instagram|Twitter
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qabul davom etmoqda!

2022/2023-oʻquv yilida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Ta'kidlash kerakki, universitetga ingliz tili bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi. Hujjatlar 2022-yilning 10-sentabriga qadar qabul qilinadi.

Tel: +998 93 348 33 80, +998 90 224 14 42 (24/7)

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube