πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
β€’ 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
β€’ Professional .NET va C# darslar
β€’ https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
PostgreSQL da CTE ko'pchilik biladi, lekin kam ishlatadi.

CTE (Common Table Expression) β€” bu WITH kalit so'zi bilan yoziladigan vaqtinchalik nom berilgan so'rov. Oddiy qilib aytganda: katta so'rovni kichik, o'qilishi qulay bo'laklarga ajratish imkonini beradi.

Subquery bilan yozilgan klassik holat:

SELECT *
FROM users
WHERE id IN (
SELECT user_id
FROM orders
WHERE total > 1000000
);


Xuddi shu narsa CTE bilan:

WITH big_spenders AS (
SELECT user_id
FROM orders
WHERE total > 1000000
)
SELECT *
FROM users
WHERE id IN (SELECT user_id FROM big_spenders);


Natija bir xil. Lekin ikkinchisini 6 oy o'tib ochganda nima qilayotganingizni tushunasiz.
...
Katta so'rovlarni subquery bilan to'ldirish o'rniga CTE bilan yozsangiz kodni o'zingiz ham, hamkasbingiz ham rahmat aytadi.

Muallif: Jorabek Yusupov
Manba: Linkedin
πŸ‘8πŸ”₯7
Qabul

Bu oy oxirida 5 oy oldin olgan o'quvchilarimiz bitirishadi va soft skill & stajirovka oyiga o'tishadi. Yangi guruh uchun qabulni ham boshlab yubormoqchimiz.

Qisqacha roadmap:
1. C# va .NET asoslari
2. Chuqurlashtirilgan CLR
3. SQL & EF Core
4. ASP.NET Core & DDD
5. Soft skills & IT for English

Kursimiz 6 oy davom etadi. Bu vaqt davomida har kuni kamida 6 soat dars qilishingiz talab qilinadi. Kuchli talab, zamonaviy o'quv rejasi va 2 ta kuchli MVP mentor sabab shogirdlarimiz doim o'z yo'llarini topib keta olganlar.

Narxi: 1 250 000 so'm/oyiga
Jadval: 1.5 soatdan haftada 3. Qo'shimcha 1 kun imtihon!
Format: Zoom orqali online

Guruhda 12 ta shogird olinadi. Allaqachon band qilib qoyganlar bor. Shuning uchun @ElbekDeveloper ga o'zingiz haqingizda, nima uchun bizni kursga qiziqayotganingiz haqida va telefon raqamingizni yozib qoldiring.

Telefonda qisqa gaplashib, guruhga yozib qoyaman.
πŸ‘18⚑3
O'zbekistonda dasturchilik jamoamizni kengaytirayotgan insonni kutib oling!

Elbek Normurodovni Vention O'zbekistonda Jamoa Menejeri sifatida kutib olishdan mamnunmiz.

HR, bank va ta'lim sohasida .NET dasturlarini tuzish tajribasi bilan, Elbek Ventionga o'zi sevgan ishni birlashtirish uchun keldi - loyihalar tuzish va insonlarga o'sishga yordam berish

Uni ajratib turuvchi jihati - bu uning mahalliy texnik hamjamiyat bilan yaqinligi.

Bu yerda jamoa shakllantirish O'zbekistondagi talantli dasturchilarga xalqaro imkoniyatlarni ochishga sabab bo'ladi, bu ikki tomon uchun ham manfaatlidir


Kuchli jamoalar ochiqlik asosida quriladi.
Uning jamoasida muzokaralarga yaxshi qaraladi, g'oyalar sinaladi va turli qarashlar ish jarayonining bir qismidir.

Agar shunday jamoada ishlamoqchi bo'lsangiz, hoziroq yangi ochilgan stajirovkaga ariza topshiring.
πŸ”₯11πŸ‘4❀2
Bir narsa aniq bo'ldiki biz mahalliy bozorda yosh dasturchilarni qo'llab quvvatlash sohasida eng faol kompaniya ekanmiz. IT Park O'zbekiston bilan bo'lgan oxirgi uchrashuvda shunday xulosaga kelindi.

"O'tgan 2 yil davomida, 100 dan ortiq yosh dasturchilarni tayyorladik va yarmidan ko'pini ishga oldik" - deb yozayapti Sergey Skiba, Vention rahbariyat a'zosi.

Hozirda mana shunday internshiplar (stajirovkalar) yana ochildi. Asosiy e'tibor .NET texnologiyalarida.

Mening boshchiligimda .NET stajirovkasiga yozilish uchun: https://join.ventionteams.com/job-openings/internship-net-tashkent

#internship
πŸ”₯5πŸ‘2❀1
Juniorlarning o'rnini sun'iy intellekt egallab bo'ldi!

Ushbu suhbatni barcha IT sohasida ishlayotgan va o'rganayotganlar ko'rishini tavsiya qilaman.

To'g'ri middle yoki senior dasturchi juniorga tushuntirish o'rniga AI ga aytsa, ishni bajara olyapti. Lekin, junior ham middle yoki seniorning maslahati yoki yo'l yo'riqisiz katta dasturlar tuzish imkoni paydo bo'ldi.

Shuning uchun tushkunlikka tushish o'rniga tanganing ikkinchi tarafi borligini ham o'ylab ko'ring va videoni ko'rib chiqing.

Videoni ko'rish uchun bu yerga bosing...
πŸ‘9
Hozirgi paytda dasturlashni noldan o'rganmoqchi bo'layotganlarga qanday fikr bildirasiz? 25 yoshdan kattalar uchun.

Al ning o'sib borayotgani ish o'rnini kamaytirib tajribasizlarni chetlatib yuboradimi?


Yo'q. AI bu bir vosita. Barcha qurilish mahsulotlari tayyor tursa ham ustaga uy qurdirganingiz kabi doim dasturchiga talab bo'ladi. Uy qurishda ham siz g'isht quyuvchi ustani ishlatmaysiz. Faqat tayyor g'ishtdan uy qura oladigan ustani olasiz.

Xuddi shunday ba'zi dasturlash yo'nalishlari AI fonida o'chib ketadi. Yangi yo'nalishlar ko'payadi.

#qa
πŸ‘6❀1
"Hech kim oson bo'ladi deb vada bermagan" bazida interviewdan yiqilish yoki birinchi ishni topish biroz qiyindek tuyilishi mumkin lekin bu tushkunlikka tushib to'xtab qolish uchun emas balki maqsadga oz qolganligining signali bo'lishi mumkin va shu bosqichdan kuchli motivatsiya bilan o'tish professional dasturchilar qatoriga kirish uchun birinchi qadamdir.

Videoni ko'rib shu fikr yanada to'g'ridek tuyula boshladi. Bu holat ko'pchilikda yuz bergan to'xtamaganlargina maqsadga erishishgan bo'lsa kerak


Dasturlashga kirib kelishim haqidagi video ostida shunday izoh qoldirgan ekanlar
πŸ‘12⚑3πŸ”₯2
Hozir universitetda 2-kursman. 1 oy oldin "ABC" kompanyaga internship ga fullstack development (c#/react) bo'yicha kirgandim. 1 haftadan keyin desktop development ga o'tqazib yuborishdi. Hozir autodesk ga c# da plugin yozishni o'rganyapman. Internship ni tugatsam ishga olib qolishlari aniq. Lekin 1ta narsadan xavotirdaman, agar shu desktop bo'yicha ketsam keyinchalik boshqa joydan ish topishga qiynalamanmi? Shunga o'ylanib turibman, desktop o'rganaversammi deb. Shunga qanaqa maslahat bera olasiz.


"ABC" chet elni kompaniyasi. Karyeraringiz endi boshlanayotgan ekan, ishni qilaverish kerak.

Ayniqsa, xalqaro kompaniyalarda kirib tajriba orttirganingiz keyinchalik sizga katta imkoniyatlarni ochadi.

Ha aytgancha, haqiqiy injiner dasturchi til yoki texnologiya bilan cheklanib qolmaydi. Siz haqiqiy injiner bo'lishingiz uchun qaysi bo'lishidan qat'iy nazar til bilan karyerangizni boshlab olib, ish davomida qo'shimcha loyihalar qilib bilim va tajribangizni oshirib boraverishingiz kerak.

P.S. Kompaniyalarni nomini yashirgan holda sizlar uchun foydali bazi savol-javoblarni ulashib boraman

#qa
@learndotnetuz
πŸ‘17
Meni yoshim 32 da dasturlashga qiziqaman ammo Shu vaqtgacha imkon topib urganolmadim, endi urganib Shu sohada ketishimga kech emasmi , uzim matematikman, data analitika sohasiga qiziqyapman , ustoz nima maslahat berasiz?


Bunday savollar kelib turadi. Hayot tajribasi katta akalarga o'zlari tengdoshlari tomonidan berilgan javoblarni to'g'riroq deb bilaman. Marhamat:

Elbek bizga ustozlik qilishni boshlaganiga 4 oydan oshdi, yoshim 31 da , boshlaganimdan zarracha afsuslanganim yo'q, xozirda ish va oiladan tashqari yangi ko'nikmalarni egallash yoshlik davrlarimizga nisbatan anchayin qiyin va agar hozir boshlamasam bu qiyinchilik yillar o'tgan sari ko'payib borardi, kamaymasdi

Qiziqish qatiy bo'lsa va faqat natijadan emas jarayondan ham zavq oladigan bo'lsangiz yani o'rganishni o'zi sizga yoqadigan bo'lsa bugunoq boshlash kerak, lekin faqat natija uchun bo'ladigan bo'lsa bu yo'lda non topib yeyishgacha bormasdan tashlab qo'yishingiz mumkin ekan


Yana, bir bizda o'qiyotgan akamizdan javob:

Yaxwi gaplar buldi yuqorida.meni yowim 32 da IT ga aloqasi bulmagan sohada ishlayman. IT ga qiziqaman va ayni vaqtda urganyapman. Shu bilan birga ingiliz tilini ham birga. O'rganuvchilarga maslahatim astoydil o'rgansangiz qila olasiz, bahona qilayapsizmi, o'zingizni aldaysiz menga ham vaqtida: "Qiyin soha nima qilasan? O'zingni sohang yaxshi!", - deb yo'limga chiqqanlar bo'ldi e'tibor bermadim. Allohga shukr kuchli bilimli insonlarga bizga ITdan dars bermoqda va biz ham shular qatori ilm olayapmiz.

Yosh muhim emas muhimi astoyidil o'rganing. Ishdagi qiyinchiliklar ham sizga rohatga aylanadi.


#qa
πŸ‘11❀2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘6πŸ”₯4
Inha Universitetida ish yarmarkasidamiz Vention nomidan.

Agar bu yerda oΚ»qiyotganlar boΚ»lsa krlib suhbat qurishingiz mumkin.

Hozirda turli yoΚ»nalishlarda stajirovka imkoniyatlari ochiq
πŸ‘12❀‍πŸ”₯3
.NET loyihalari parda ortida qanday ishlashi qiziqmi?

Ushbu maqolani o'qishni tavsiya qilaman.
⚑5❀2πŸ‘1πŸ”₯1
Qabul davom etmoqda...

Xabaringiz bor hozirda Aprel oyi oxirida boshlash uchun yangi guruh qabul qilganmiz. 3 kishiga joy qoldi. Agar dasturlashni 2 ta MVP bilan birga o'rganishni xohlagan tanishlaringiz bo'lsa yoki o'zingiz soha ekspertlaridan o'rganmoqchi bo'lsangiz @ElbekDeveloper ga telefon raqamingizni yozib qoldiring.

Kurs haqida batafsil bu yerdan o'qishingiz mumkin.
πŸ‘5
Ish Imkoni

πŸ’Ό Lavozim: Dasturlash/Robotexnika Bo'yicha Ustoz
πŸ’° Oylik: 300$ - 1000$
πŸ“ Joy: Xususiy Maktab - Buxoroda
πŸ•˜ Muddat: 3 oylik yozgi lagerda. Tomonlar kelisha olishsa maktabda o'qituvchi lavozimida qolish mumkin.

CV va motivatsion xatni @TarteebSupport ga qoldiringiz mumkin. Diqqat, maktab yangi ochilgani uchun tajribasi bor mutaxassislarni ko'rib chiqyapmiz.

#job

@learndotnetuz
πŸ‘5πŸ”₯2
Men tog'risini aytsam hozir universitetda ham hech narsa o'rganmayapman. Shunga 1 yillik akademik ta'til olib xalqaro kompaniyalarda ishlab ko'rsammi degandim!


Universitetda biror narsa o'rgana olmayotganingiz uchun ayb sizda. Kutubxonangizga kiring - C# tilini yaratgan odamlarning kitoblari turibti. Aslida universitetda darsdan tashqari qilgan ishlaringiz, sizni yaxshi natijaga etadi.

#qa
@learndotnetuz
πŸ”₯16πŸ‘3
Agar kimdir Claude Code bilan qanday samarali ishlashni o'rganmoqchi bo'lsa, quyidagi linkka kiring:
https://claude.com/resources/courses

Agents va Skills bilan ishlash ham zo'r tushuntirilgan.

Oldinlari Kodni dokumentatsiya qilishni ko'pchilik yomon ko'rar edi.
Endi kod yozish stilingizni skills yoki agentsga bog'lasangiz, AI siz xohlagan kodni yozib beradi + Token ham ancha tejaladi.

Bu kursning yaxshi tomoni shundaki u ham tekin, ham o'rgangan bilimingizni boshqa AIga ham qo'llasangiz bo'ladi.
Misol Copilot, Codex va hokazo
πŸ‘8πŸ”₯2🀝2