🇺🇿 Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Muhandis nafaqat muammoni yechishi kerak, balki eng minimal xarajat bilan yuqori samaradorlikka ham erishishi muhim.

Loyihangizning qaysi qismi byudjetga ko'proq ta'sir qilayapti?
loyihangiz Enterprise darajada bo'lsa, hudud, jamoa yoki cost center bo'yicha aynan qaysi qism sizdan ko'proq resurs talab qilishini bilasizm?

Hozirgi xarajatlaringiz orqali kelasi oyga qanday taxminiy xarajat borliginichi?

Agar loyihangiz Azureda bo'lsa bu juda ham oson va samarali!

Quyidagi videoda Azureda xarajatlarni boshqarish va ortiqcha to'lovlardan qochish haqida o'rganamiz va bu bizga muhandis-iqtisodchi bo'lishimizga, ishonamanki juda katta yordam beradi!
👍4
Bugun sizlar bilan EF Core da Query Generation haqida qisqacha gaplashamiz.

Ef Core ning yaxshi tomoni shundaki siz IQueryable objectini methodlar kengaytirishingiz juda oson va tushunarli. IQueryable objectiga FIlter, Sorting, Join, Pagination amallarini qo'yib bemalol bitta requestning o'zida databasega murojaat qilib ma'lumotlarni olib kelishingiz mumkin.

Ef Core esa orqa fonda siz yaratgan Queryable objectini Sql Queryga o''girishni boshlaydi. Sodda selectionda qanday query generate bo'lishini taxmin qila olasiz. Lekin murakkablardachi?

Aytaylik Team Leadingiz sizga bir nechta tablelarda ma'lumotlarni birlashtirib, faqat kerakli ustunlarning qiymatini so'radi va bu iloji boricha tez ishlasin.

Ko'rinib turibdiki siz Join, GroupBy kabi nisbatan murakkabroq operatsiyani yozishingiz kerak. Bir qarashda hammasi yaxshi va istagan Query generate bo'lishini kutasiz, lekin performance negadir asta. Hattoki bazida siz to'liq kontekstni AI ga tushuntirsangiz ham u siz istagan natijani chiqarmaydi.

Siz SQL da uni qanday yozishni bilasiz, lekin EF Core siz xoxlagan queryni yaratib berayaptimi?

Shunday muammo menda o'tganhaftada bo'ldi, nisbatan kattaroq IQueryable objectini yaratdim, hammasi ishlayotgan edi, lekin testlaganimda men kutgan tezlikni bermadi, shunda oxirgi IQueryable objectini ToQueryString() methodi bilan natijani consolega chiqardim.

Natija men kutganimdan umuman boshqacha. Ha query ishlaydi, lekin bir qancha join lar selection ichida ketgan va bu juda yomon query edi.

Shundan keyin esa yo'nalishni o'zgartirdim, va EF Core o'ziga chuqur sho'ng'ib ko'rdim.

Sizlarga ham maslahatim, Agar siz murakkab queryni Ef Core orqali yaratsangiz, uni sql query natijasini ko'ring, EF Core har doim ham siz kutgan natijani bermaydi.

Quyida esa Query Loglarni Consoleda ko'rsatadigan code:
optionsBuilder
.UseSqlServer(connectionString)
.LogTo(Console.WriteLine, LogLevel.Information);


Ha aytgancha yuqoridagi Performance qanday ishlashini bilishingiz uchun ham SQL ni o'zini yaxshi bilishingiz kerak
🔥4
Value vs Reference Types

CLR via C# kitobida 100 lab bet aynan Value va Reference turlarga bag'ishlangan. Barchasini 5 daqiqada tushunib olishingiz uchun ushbu maqolani yozdim.

.NET ma'lumot turlarini o'rganuvchi barcha ushbu turdagi o'zgaruvchilar haqida o'rganishga majbur bo'ladi.

Farqlari bir nechta, lekin shu paytgacha har bir farqini birin-ketib bir joyda jamlab tushuntirgan maqola ko'rmadim.

To'liq maqolani o'qish uchun...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥8
Mustafa Suleyman Microsoft kompaniyasida Sun'iy Intellekt (SI) bo'limi boshlig'i . Oxirgi paytlarda juda ko'p SI nazorati haqida Linkedinda postlar yozyaptilar. Bir parchasini sizlar uchun tarjima qildim:
Sun'iy Intellekt (SI) inson kabi tuyulganda, y ongli degani emas, balki taqliddir. Parda ortida kod, statistika va kompyuter chiplari yotibti.

Lekin, ko'pchilik bunga aldanib qoladi. SI dasturlar xohish va azoblari haqida gapirganda, insoniy ko'ngilchanlik uyg'onishi mumkin. Ko'pchilik yordam berishga ham harakat qilishi mumkin.

Agar insonlar azoblanish, xohish yoki ma'naviy erkinlik tushunchalarini dasturlarda ko'rishni boshlashsa, jamiyat uchun katta xavf yuzaga keladi. SI nazorati qo'ldan chiqishi mumkin. Agentlar mening kompyuterimda bo'lishdan boshqa huquqqa ega bo'lmasligi kerak.


@learndotnetuz
👍41
Assalomu alaykum.

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin.🎉
🕊13👍6❤‍🔥3🔥2🤝1
Borma kuyasan.

Ba'zi xatolarni qilishni odamning oʻziga qoʻyib berish kerak. Siz unga qancha nasihat qilmang, kitob oʻqimang, kitob yozmang, oʻzi his qilmaguncha, xulosa chiqarmagunicha qolgani befoyda.
🤣51🔥1😁1
Ba'zida xatolarni qilishni odamning oʻziga qoʻyib berish kerak.

Borma, kuyasan!
2🤝2🔥1
Yuqorida 1 xil mavzuda 2 xil matn keltirilgan, birida koʻproq kontekst saqlangan va qoʻshimcha tushintirish bor, ikkinchisida kontekst qisqaroq va mavhumlik saqlangan, xulosa esa tinglovchidan kutiladi.

Qiziqib qoldim, sizga koʻproq qaysi turdagi yozish uslubi yoqdi?
SOLID nima?

Bu savolni shunchaki AI ga berishingiz mumkin edi. U sizga to’liq va to’g’ri javob bera olishiga ishonchim komil. Lekin, alohida platformaga o’tib, ushbu maqolani o’qimoqchi ekansiz, demak siz tajribani va insoniy fikrlarni qo’llab quvvatlaysiz. Hozir sizga SOLID prinsiplari haqida bilgan va tajribadan o’tkazganlarimni aytib beraman. Bir narsani yodda tutingki, hozir yozayotganlarimning barchasi shunchaki bizdan oldingi kelgan dasturchilarning boshdan kechirganlari asosida chiqargan xulosalari. Siz ham men ham bularga amal qilishga majbur emasmiz. Ayniqsa hozirda siz dasturlashni o’rganishni boshlaganingizga 3–4 oy bo’lgan bo’lsa imkoni boricha bu prinsiplarga e’tibor bermasdan o’z bilganingizdan kelib chiqib kod yozishingizni tavsiya qilaman. Agar dasturingiz 200 qatorli koddan iborat bo’lsa, SOLID sizga kerakmas. Dasturingiz kattalashib, muammoga duch kelgandagina bu yerda aytganlarni ochib, shular asosida kodni qayta yozib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Bilasizmi, nima uchun? Chunki....

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
3👍3
Ustozlar aytishar edi:
Kodni toza yoz, sendan keyingi kelgan dasturchi sening loyihangni bemalol tushunishi va davom ettirishi juda muhim.

Xunuk va tushunarsiz yozilgan kodlar tufayli hukumat loyihalari bir necha bor qayta yozildi va shunga yarasha mablag' ham ketdi.

Bugun Claude Code dan subscription sotib oldim va birinchi marta 0 dan vibe codingni sinab ko'rdim. Loyiha ishladi.

Men u bilan 15 minut business logikani muhokama qildim, va keyin backendni yozishni buyurdim, U esa o'zi bilgancha, Junior yozgandek ishlaydigan kod yozib berdi. Ha xato qildim, Business logikadan keyin unga o'zim yoqtirgan stilda kod yozishni ham o'rgatishim kerak bo'ldi. Hozir esa to'g'rilab chiqayapman (Github Copilot bilan, sababi Claude ni tejamoqciman, hali UI turibdi :) )

Demak, Vibe Coding men uchun emas. Men `Vibe Engineer`likni tanladim.

Dasturchi loyihani shunday yozishi kerakki, u iloji boricha kamroq `Dependency`ga ega bo'lishi kerak.
Ana endi ertaga siz boshqa modellardan foydalanganingizda ular bemalol loyihaga moslashishi va o'sha loyiha yozilgan usulga rioya qilib davom ettirishi kerak.

Juniorlar o'zi istagancha kod yozib uni ishlatadigan qiladi, Senior esa unga dakki berib, sayqallashni, loyihaning bir xilligini ta'minlashni o'rgatadi.

Siz model qaroriga tayanishingiz kerak emas, balki oldindan belgilangan qarorlar asosida ishlashga majburlashingiz kerak
👍10❤‍🔥21
E'tirof

Har qachon yuqoridagi kabi izohlar videolarimizga kelib tushadi. Va bu bizni qilayotgan ishimiz atrofimizdagilar uchun foydali bo'layotganini ko'rsatadi.

Biz .NET yo'nalishida ta'lim sohasida izlanishda va bilganlarimizni ulashishda bardavommiz. Video-darslardan tashqari shogirdlarimiz uchun qilgan eng katta yangiliklarimiz bu biz o'tgan mavzular bo'yicha savol-javob qiladigan Sun'iy Intellekt (SI) yordamchini chiqarish bo'ldi.

Bu haqida kelasi postlarimizda yana batafsil aytib o'tamiz. Bizni kuzatib borayotgnangiz uchun rahmat ❤️
👍183
48 soat ichida mening jamoamda internship/stajirovka ochilishi haqida e'lon beramiz.

#internship
👍30🔥4🤩1
Toza Kod nima?

Har qanday texnik intervyuda sizdan "Toza Kod" haqida so'rashadi va bu haqda ko'plab ingliz tilida maqolalar mavjud.

Men ham ushbu mavzuda muhim deb bilgan 3 ta qoida haqida qisqa maqola yozdim.

Davomini ushbu havola orqali o'qing...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
👍10
2 ta ish o'rni

Mening jamoamda 2 ta tajribali .NET dasturchi uchun ish o'rni ochildi. Juda tezlik bilan jamoaga qo'shilish imkoni bu.

Talablar:
1. B1+ ingliz tili darajasi
2. .NET sohasida enterprise tajriba - 2 yil
3. Tezda loyihaga qo'shilish imkoniyati

Nima taklif qilamiz:
1. Xalqaro kompaniyada va qulay ofisda ishlash
2. Qulay grafik
3. Yaxshi oylik (aksariyat kompaniyalardan ko'proq)
4. Do'stona jamoa

CV va motivatsion xatni @ElbekDeveloper ga yuboring...

Bu kanalda tajribasi yo'q dasturchilar uchun ham stajirovka e'loni beriladi.
👍16🔥2
Yuqoridagi vakansiyaga qiziqish bildirganlar uchun rahmat. O'nlab CVlar kelib tushdi 6 kishini refer qilib yubordim.

Tez orada HR lar aloqaga chiqishni boshlashadi.

P.S. Ko'pchilik kuchli dasturchilarda ingliz tili bilan muammo bor ekan. Aprel oyida dasturlash kursi ochishni reja qilib turgan edim. Ingliz tili va soft skills bo'yicha ham ochsakmikan a?
👍29
Xayr Openbank, Salom Vention!

2024-yil sentyabr oyida O'zbekistondagi birinchi islomiy bank - Open bankga ishga kirgan edim. Maqsadlar katta, firibgarlik va qonunbuzarlik holatlarini erta aniqlaydigan loyihani 0 dan yaratish kerak edi. Va buni 1.5 yil ichida ishga tushirdik.

Lekin, bu ish menga loyihalardan ham ko'proq narsani berdi: O'zbek biznes madaniyatini o'rgandim va 9-6 gacha bo'lgan grafikda ishlab ko'rdim. Yana, Tashkent City Park va Amir Temur xiyoboni yonidagi osmon-o'par ofislarga har kuni ertalab kirib borish o'zgacha gashti bor ekan.

Endi esa yangi sahifa ochish vaqti keldi. Mart oyidan boshlab, Vention kompaniyasida Team Manager lavozimiga o'tdim - asosiy maqsadim dunyo-darajasidagi kuchli .NET jamoasini shakllantirish.

Yangi ish joyim menga sevgan ikki yo'nalishimni birlashtirishga yordam berdi - dasturlash va kuchli hamjamiyat qurish.

Ushbu kanalda tez-tez ish e'lonlarini uzatib boramiz. 2 3 kun ichida internship e'loni ham chiqib qoladi. Kuzatib boring...
👍27🔥3
Polimorfizmning “Yuragi”: Object Type Pointer qanday ishlaydi?

Yuqoridagi savolga javob tariqasida kichik bir maqola yozdim. Unda Polymorphism parda ortida aslida qanday ishlashi va bunga imkon beruvchi Object Type pointer haqida so'z borgan.

Maqolani o'qish uchun...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥3👍2
Birinchi ishni topishda qiynalyapman nima qilish kerak?

"Junior pozitsiyaga vakansiyalar ko'pincha referral bo'lib ketadi" - deyishgandi.


To'g'ri. Shunday ekan, meetuplarga qatnashing, qilgan ishingizni ko'rsating va ko'proq tanish orttiring.

Juniorlarga kompaniyalar ko'pincha investitsiya sifatida qaraydi. Chunki ular ko'p foyda keltiradigan kod yoza olishmaydi. Shuning uchun balki ko'pincha senior dasturchilar o'zlari bilgan va ketib qolmasligiga ishongan yoshlarni olishadi.

Yoki 2 3 oy stajirovka qilib, bolani yaxshi tanib olganidan keyin qabul qilishadi.

P.S. Bu savol izohlardan birida kelgan. Qolganlar ham tortinmasin. Kanal aktivlashib qolgan. Maslahatimizni beminnat ulashamiz.

#qa
🔥21👍1
Ventionda stajirovka kompaniya sahifalarida keyingi Dushanba (6-Aprel) kuni e'lon qilinar ekan.

Lekin, bir narsa e'tiborimni tortdi. Allaqachon CV lar kelib tushishi boshladi va men texnik intervyularni ham boshlab yubordim. Keyin bilsam, HR lar universitetlar uchun alohida qabul ochishar ekan.

@learndotnetuz kanalida ham ko'plab qiziquvchi dasturchilar borligini aytib, ushbu linkni so'rab olmoqchiman.

Lekin, 1345 ta obunachim borligi ozgina kamdek tuyulishi mumkin. Kelinglar 1400 dan oshiramiz.

Oldinlari kanalga obuna bo'lishni so'ramaganmiz. Bu safar haqiqiy .NET sohasida stajirovka izlab yurgan tanishingizga ulashing. 1400 dan oshishimiz bilan HR ga ko'rsatib, linkni qo'lga kiritaman va bu kanal obunachilar boshqalardan 7 kun oldin CV yuborish va qabul qilish imkoniga ega bo'lishadi.
👍5
We are starting .Net Internship in Vention!

We are launching a 3-month internship that dedicates 6 hours each day to in-depth on-site training.
Under the guidance of an experienced mentor, you will have the invaluable opportunity to develop your skills in commercial software development. Seize the opportunity to boost your career prospects! 💼
And don’t forget - Successful completion of this program often leads to a job offer from Vention!🎉📜💻

What will you do?


• Master .NET fundamentals and their application in modern web development 🧠
• Develop core competencies in front-end technologies (HTML/CSS/JavaScript) with expert mentorship ⚛️
• Build advanced skills in React/Redux with TypeScript, ASP.NET architecture, and cloud-based Microservices 🔗
• Design and optimize SQL databases for dynamic web applications 📦
• Implement industry best practices for code quality and development efficiency 🖥
• Complete a capstone project using .NET Core and JavaScript to demonstrate full-stack proficiency 🧪

What do you need to know?


• Foundational knowledge of OOP principles, SOLID, and HTTP protocols 🌐
• Understanding of C#/.NET core concepts including types, memory management, and threading ⚛️
• SQL — ability to write and optimize relational database queries 🧩
• Entity Framework Core (EF Core) — experience with ORM and data modeling in .NET 🖥
• RESTful APIs — understanding of REST principles, HTTP methods, and API design using ASP.NET Core 🔧
• Unit Testing — familiarity with writing and running automated unit tests⌨️
• Self-motivated with a genuine desire to continuously learn and improve🏆
• Commitment to a structured learning schedule of approximately 6 hours per day⏱️
• English — intermediate level or above for technical documentation and communication 🇬🇧
• Front-end knowledge (JavaScript with Angular framework) - nice to have🏅


👉Join us and experience professional growth🌿 and personal fulfillment with VentionLabs🌟! 🚀
🔥7👍2