🇺🇿 Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Azure Pricing Calculator

Azureda xizmatlardan foydalanishdan oldin, ularning narxini hisoblashni bilasizmi? Yoki butun boshli arxitekturangiz sizga kuniga, oyiga qanchaga tushishi yoki servis resurslarini oshirish narxi, ularni saqlash va boshqa foydalanuvchilarga yuborishni bilasizmi?

Bugun sizlar bilan Azureda hisob-kitob qilishni o'rganib olamiz.
1👍1
Hamma AI deb bong urayotganda, shu kitobni oʻqib chiqishni boshladim va bugun nihoyat yakunladim.

Oldin koʻp loyihalarda qatnashganman. Tizimni arxitekturasini qurayotganda ahamiyat bermagan, ustozlar qoʻllagan bazi patternlarni qoʻllab ketar edim. Bir nechta sababini bilar edim xolos.

Shu kitobni oʻqishim bilan barcha qatnashgan loyihalarimdagi best practiselarni birma-bir eslay boshladim.

Bilmagan holda baʼzida toʻgʻri qaror qabul qilgan vaziyatlarimiz ham koʻp boʻlgan ekan.

Sizlarga ham maslahat beraman.
🔥65👍5
CLR nima?

Bu turkum maqolalar CLR via C# kitobidan o’rgangan foydali ma’lumotlar haqida bo’ladi. Sizga bu kitobni tavsiya qilmasliklari mumkin. Eskirganligi va undanda yaxshiroq kitoblar borligini aytishadi, muallifning ushbu firkini eshiting va o’zingiz xulosa qiling:

1999-yil, oktyabr oyida Microsoftdan bir guruh insonlar menga Microsoft .NET Framework, CLR va C# dasturlash tillarini taqdim qilishdi. Birinchi ko’rishda, bu meni hayratga soldi va dasturlarni yaratish usulimda jiddiy o’zgarish bo’lishi o’sha zahoti his qildim. Jamoa uchun yo’l-yo’riq ko’rsatish (consulting)ga taklif qilishdi, darhol rozi bo’ldim


Maqolaning davomini oqish...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥4
Channel name was changed to «🇺🇿 Learn .NET»
Channel photo updated
Bizni kuzatib kelayotganlar diqqatiga!
Endilikda kanalimizni yangi logotip va dizayn asosida kuzatib borishingiz mumkin. Bundan tashqari learn.net.uz sayitimizni ham yangiladik. Bu haqda alohida post yozamiz.

Bu yerda men (Elbek Normurodov) va Nodirxon Abdumurotov o'z tajribamiz va bilimimizdan kelib chiqgan holda videodarslar, maqolalar va maslahatlar bilan ulashib boramiz.

Bizning maslahatlarimiz post yozilgan vaqtdagi tajribamizdan kelib chiqgani uchun, vaqt o'tishi bilan aktualligini yoqotishi mumkin. Bundan tashqari maqolalar yozishda faqat insoniy ko'nikmamizdan foydalanamiz. HECH QACHON sun'iy intellekt biz uchun maqola yozishiga yoki insoniy usulda bildirgani fikrimizni sayqallashiga yo'q qoymamiz.

Ba'zi kuzatuvchilarimiz kanal birinchi ochilgandan buyon bizni kuzatishadi. Va mana 6 yildirki bilganimizni ulashishdan tinmaymiz. Agar kanalimiz sizga foydali bo'layotgan bo'lsa, biz haqimizda C# va .NET texnologiyalariga qiziqib yurgan tanishlaringizga ayting.

🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥94👍2
System.Object — Ota Class Haqida!

Olimlar dunyo yagona hujayradan kelib chiqqan deb yillar davomida izlanib kelar ekan, professional .NET dasturchilari barcha ma’lumot turlari System.Object`dan ildiz otganini bilishadilar. Bu maqolada ‘ibtidoiy dasturlashga’ qaytamiz.

2020-yilda junior dasturchi sifatida ishga kirish intervyusida aynan shu obyekt haqida so’rashgan, bilganlarimni aytganman, oradan 5–6 yil o’tib, mavzuni faqat yuzaki gapirganimga amin bo’ldim. Va ushbu savol sizga berilganda to’liq javob bera olishingiz uchun ushbu maqolani yozyapman.

Davomini o'qish...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
👍10
Maqolalarni o'qiyotganlar bormi? Yana bir nechtasi kutib turibti.

P.S. Aytib o'tish kerakki, bularning barchasini sun'iy intellektdan foydalanmagan holda, o'z tajribamdan kelib chiqib yozyapman.
👍291🔥1
Muhandis nafaqat muammoni yechishi kerak, balki eng minimal xarajat bilan yuqori samaradorlikka ham erishishi muhim.

Loyihangizning qaysi qismi byudjetga ko'proq ta'sir qilayapti?
loyihangiz Enterprise darajada bo'lsa, hudud, jamoa yoki cost center bo'yicha aynan qaysi qism sizdan ko'proq resurs talab qilishini bilasizm?

Hozirgi xarajatlaringiz orqali kelasi oyga qanday taxminiy xarajat borliginichi?

Agar loyihangiz Azureda bo'lsa bu juda ham oson va samarali!

Quyidagi videoda Azureda xarajatlarni boshqarish va ortiqcha to'lovlardan qochish haqida o'rganamiz va bu bizga muhandis-iqtisodchi bo'lishimizga, ishonamanki juda katta yordam beradi!
👍4
Bugun sizlar bilan EF Core da Query Generation haqida qisqacha gaplashamiz.

Ef Core ning yaxshi tomoni shundaki siz IQueryable objectini methodlar kengaytirishingiz juda oson va tushunarli. IQueryable objectiga FIlter, Sorting, Join, Pagination amallarini qo'yib bemalol bitta requestning o'zida databasega murojaat qilib ma'lumotlarni olib kelishingiz mumkin.

Ef Core esa orqa fonda siz yaratgan Queryable objectini Sql Queryga o''girishni boshlaydi. Sodda selectionda qanday query generate bo'lishini taxmin qila olasiz. Lekin murakkablardachi?

Aytaylik Team Leadingiz sizga bir nechta tablelarda ma'lumotlarni birlashtirib, faqat kerakli ustunlarning qiymatini so'radi va bu iloji boricha tez ishlasin.

Ko'rinib turibdiki siz Join, GroupBy kabi nisbatan murakkabroq operatsiyani yozishingiz kerak. Bir qarashda hammasi yaxshi va istagan Query generate bo'lishini kutasiz, lekin performance negadir asta. Hattoki bazida siz to'liq kontekstni AI ga tushuntirsangiz ham u siz istagan natijani chiqarmaydi.

Siz SQL da uni qanday yozishni bilasiz, lekin EF Core siz xoxlagan queryni yaratib berayaptimi?

Shunday muammo menda o'tganhaftada bo'ldi, nisbatan kattaroq IQueryable objectini yaratdim, hammasi ishlayotgan edi, lekin testlaganimda men kutgan tezlikni bermadi, shunda oxirgi IQueryable objectini ToQueryString() methodi bilan natijani consolega chiqardim.

Natija men kutganimdan umuman boshqacha. Ha query ishlaydi, lekin bir qancha join lar selection ichida ketgan va bu juda yomon query edi.

Shundan keyin esa yo'nalishni o'zgartirdim, va EF Core o'ziga chuqur sho'ng'ib ko'rdim.

Sizlarga ham maslahatim, Agar siz murakkab queryni Ef Core orqali yaratsangiz, uni sql query natijasini ko'ring, EF Core har doim ham siz kutgan natijani bermaydi.

Quyida esa Query Loglarni Consoleda ko'rsatadigan code:
optionsBuilder
.UseSqlServer(connectionString)
.LogTo(Console.WriteLine, LogLevel.Information);


Ha aytgancha yuqoridagi Performance qanday ishlashini bilishingiz uchun ham SQL ni o'zini yaxshi bilishingiz kerak
🔥4
Value vs Reference Types

CLR via C# kitobida 100 lab bet aynan Value va Reference turlarga bag'ishlangan. Barchasini 5 daqiqada tushunib olishingiz uchun ushbu maqolani yozdim.

.NET ma'lumot turlarini o'rganuvchi barcha ushbu turdagi o'zgaruvchilar haqida o'rganishga majbur bo'ladi.

Farqlari bir nechta, lekin shu paytgacha har bir farqini birin-ketib bir joyda jamlab tushuntirgan maqola ko'rmadim.

To'liq maqolani o'qish uchun...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥8
Mustafa Suleyman Microsoft kompaniyasida Sun'iy Intellekt (SI) bo'limi boshlig'i . Oxirgi paytlarda juda ko'p SI nazorati haqida Linkedinda postlar yozyaptilar. Bir parchasini sizlar uchun tarjima qildim:
Sun'iy Intellekt (SI) inson kabi tuyulganda, y ongli degani emas, balki taqliddir. Parda ortida kod, statistika va kompyuter chiplari yotibti.

Lekin, ko'pchilik bunga aldanib qoladi. SI dasturlar xohish va azoblari haqida gapirganda, insoniy ko'ngilchanlik uyg'onishi mumkin. Ko'pchilik yordam berishga ham harakat qilishi mumkin.

Agar insonlar azoblanish, xohish yoki ma'naviy erkinlik tushunchalarini dasturlarda ko'rishni boshlashsa, jamiyat uchun katta xavf yuzaga keladi. SI nazorati qo'ldan chiqishi mumkin. Agentlar mening kompyuterimda bo'lishdan boshqa huquqqa ega bo'lmasligi kerak.


@learndotnetuz
👍41
Assalomu alaykum.

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin.🎉
🕊13👍6❤‍🔥3🔥2🤝1
Borma kuyasan.

Ba'zi xatolarni qilishni odamning oʻziga qoʻyib berish kerak. Siz unga qancha nasihat qilmang, kitob oʻqimang, kitob yozmang, oʻzi his qilmaguncha, xulosa chiqarmagunicha qolgani befoyda.
🤣51🔥1😁1
Ba'zida xatolarni qilishni odamning oʻziga qoʻyib berish kerak.

Borma, kuyasan!
2🤝2🔥1
Yuqorida 1 xil mavzuda 2 xil matn keltirilgan, birida koʻproq kontekst saqlangan va qoʻshimcha tushintirish bor, ikkinchisida kontekst qisqaroq va mavhumlik saqlangan, xulosa esa tinglovchidan kutiladi.

Qiziqib qoldim, sizga koʻproq qaysi turdagi yozish uslubi yoqdi?
SOLID nima?

Bu savolni shunchaki AI ga berishingiz mumkin edi. U sizga to’liq va to’g’ri javob bera olishiga ishonchim komil. Lekin, alohida platformaga o’tib, ushbu maqolani o’qimoqchi ekansiz, demak siz tajribani va insoniy fikrlarni qo’llab quvvatlaysiz. Hozir sizga SOLID prinsiplari haqida bilgan va tajribadan o’tkazganlarimni aytib beraman. Bir narsani yodda tutingki, hozir yozayotganlarimning barchasi shunchaki bizdan oldingi kelgan dasturchilarning boshdan kechirganlari asosida chiqargan xulosalari. Siz ham men ham bularga amal qilishga majbur emasmiz. Ayniqsa hozirda siz dasturlashni o’rganishni boshlaganingizga 3–4 oy bo’lgan bo’lsa imkoni boricha bu prinsiplarga e’tibor bermasdan o’z bilganingizdan kelib chiqib kod yozishingizni tavsiya qilaman. Agar dasturingiz 200 qatorli koddan iborat bo’lsa, SOLID sizga kerakmas. Dasturingiz kattalashib, muammoga duch kelgandagina bu yerda aytganlarni ochib, shular asosida kodni qayta yozib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Bilasizmi, nima uchun? Chunki....

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
3👍3
Ustozlar aytishar edi:
Kodni toza yoz, sendan keyingi kelgan dasturchi sening loyihangni bemalol tushunishi va davom ettirishi juda muhim.

Xunuk va tushunarsiz yozilgan kodlar tufayli hukumat loyihalari bir necha bor qayta yozildi va shunga yarasha mablag' ham ketdi.

Bugun Claude Code dan subscription sotib oldim va birinchi marta 0 dan vibe codingni sinab ko'rdim. Loyiha ishladi.

Men u bilan 15 minut business logikani muhokama qildim, va keyin backendni yozishni buyurdim, U esa o'zi bilgancha, Junior yozgandek ishlaydigan kod yozib berdi. Ha xato qildim, Business logikadan keyin unga o'zim yoqtirgan stilda kod yozishni ham o'rgatishim kerak bo'ldi. Hozir esa to'g'rilab chiqayapman (Github Copilot bilan, sababi Claude ni tejamoqciman, hali UI turibdi :) )

Demak, Vibe Coding men uchun emas. Men `Vibe Engineer`likni tanladim.

Dasturchi loyihani shunday yozishi kerakki, u iloji boricha kamroq `Dependency`ga ega bo'lishi kerak.
Ana endi ertaga siz boshqa modellardan foydalanganingizda ular bemalol loyihaga moslashishi va o'sha loyiha yozilgan usulga rioya qilib davom ettirishi kerak.

Juniorlar o'zi istagancha kod yozib uni ishlatadigan qiladi, Senior esa unga dakki berib, sayqallashni, loyihaning bir xilligini ta'minlashni o'rgatadi.

Siz model qaroriga tayanishingiz kerak emas, balki oldindan belgilangan qarorlar asosida ishlashga majburlashingiz kerak
👍10❤‍🔥21
E'tirof

Har qachon yuqoridagi kabi izohlar videolarimizga kelib tushadi. Va bu bizni qilayotgan ishimiz atrofimizdagilar uchun foydali bo'layotganini ko'rsatadi.

Biz .NET yo'nalishida ta'lim sohasida izlanishda va bilganlarimizni ulashishda bardavommiz. Video-darslardan tashqari shogirdlarimiz uchun qilgan eng katta yangiliklarimiz bu biz o'tgan mavzular bo'yicha savol-javob qiladigan Sun'iy Intellekt (SI) yordamchini chiqarish bo'ldi.

Bu haqida kelasi postlarimizda yana batafsil aytib o'tamiz. Bizni kuzatib borayotgnangiz uchun rahmat ❤️
👍183
48 soat ichida mening jamoamda internship/stajirovka ochilishi haqida e'lon beramiz.

#internship
👍30🔥4🤩1
Toza Kod nima?

Har qanday texnik intervyuda sizdan "Toza Kod" haqida so'rashadi va bu haqda ko'plab ingliz tilida maqolalar mavjud.

Men ham ushbu mavzuda muhim deb bilgan 3 ta qoida haqida qisqa maqola yozdim.

Davomini ushbu havola orqali o'qing...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
👍10