🇺🇿 Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Kecha o'tirib Azure AI Foundry dan foydalanib ko'rdim.

Maqsad RAG - Retrieval-Augmented Generation usulida ma'lumot qaytarish edi.
No-coding qilib o'zimga agent yasadim.

1. Azure BlobStorage ga pdf faylini yukladim.
2. Azure AI Search yordamida pdf dagi ma'lumotni indekslab chiqdim (embedding vector)
3. Azure AI Foundry da Agent yaratdim va LLM sifatida GPT-4.1 modelini ishladim.
4. Agentning Knowledge data siga boyagi AI searchdagi indeksni ko'rsatib yubordim.

Natijani Playground qismida test qilib ko'rdim.

Natija kutganimdek chiqdi.

Nimalar qilmadim?
1. Modelni Fine-Tune yoki Train qilmadim.
- Yani modelning o'zi men ishlatgan malumot haqida umuman bilmaydi.

Unda qanday qilib to'g'ri javob beradi?
Quyidagicha:
User savol kiritadi

Azure AI Search (vector + semantic search)

Kerakli hujjatlar (context)

LLM (GPT-4.1)

Javob

AI searchdan qaytgan malumotni LLM shunchaki chiroyli va aniq qilib tushuntirib beradi xolos.

Lekin bu servislar anchaga qimmatga tushadi to'g'risi.
Startuplar yoki malumotini Azure bilan bo'lishishni xoxlamaydigan loyihalar bunday yechimni o'zlari qilishi kerak bo'ladi.

Albatta bu haqida ham Azure darslik chiqaraman.
Keyin esa ushbu imkoniyatlarni o'zimiz yaratishni o'rganamiz.

Tekshirib ko'rishingiz uchun vaqtinchalik servis ni deploy qildim(UI ga ahamiyat bermaysizlar):
1. URL - https://idea-prep-demo-fzcfa6ftfufqaqfw.canadacentral-01.azurewebsites.net/
2. RAG uchun ishlatilingan PDF: https://github.com/Azure-Samples/cognitive-services-sample-data-files/blob/master/openai/contoso_benefits_document_example.pdf
🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5
🇺🇿 Learn .NET
Video message
Aziz aka Mirzayev yondirayapti zalni😅
👍3🔥2
Bugungi Uzgeeksdagi meetupdan taasurotlarim.

1. Aziz aka Mirzayev Beadsni tushuntirib berdi. Hozir menimcha hammada bir xil muammo. AI bilan ishlaganda token tugab qolishi va har bir sessiyada AI ga oldingi sessiyani bir boshidan tushuntirish kerakliligi. Beads shu muammoni hal qilar ekan. Yani siz loyihani beadsga integratsiya qilasiz, Agents.md ga kerakli qonun qoidalarni yozasiz, beads esa oʻzida toʻliq kontekstni eslab qoladi, boshqa sessiyada ishlaganingizda ham oldingi oʻzgarishlar haqida toʻliq malumot mavjud boʻladi. Qisqasi oʻzgarishlarni oʻzini logida ushlab boradi. Bu juda uzun mavzu oʻrganib chiqish juda muhim.

2. Muhammadqodir Mahmudov aka esa Vibe codingni tushuntirdilar, menga eng yoqqan narsa bu development cycle va Claude Code ning Agent Teamsi boʻldi.

3. AI boʻlgan ishonchim ortib borayotganida Ramziddin Mahmudov bro chiqdida AI bilan ishlashning kamchiliklari haqida gapirib berdi. Architecture, System Design va Testingning ahamiyati hozirda yana ham kengayganini faktlar asosida tushuntirib berdilar.

4. Mabrur Khayitboyev akaning maruzasiga kech qoldim va mavzulari haqida nimadir deya olmayman.

Vibe Engineering - atamasini ham eshitdim va bu yoqdi. Vibe codingdan ancha chiroyliroq va manoliroq ekan
👍7
AI agentlar uchun Git

Avtomobil kompaniyalari qo'l mehnatini, konveyerga o'zgartirgani kabi, biz ham dastur yaratish jarayonini AI agentlar asosiy kodni yozadigan davrga chiqarishimiz kerak. Agentlar davri uchun yangi konveyer yaratish vaqti keldi.

Entire bu ish uchun asos solindi. Bu keyingi darajadagi dasturchilar platformasi - bu yerda agentlar va insonlar birga ishlay olishadi, hamkorlik qilib, natija ko'rsatishadi. Qaysi AI agentdan foydalanmang platforma ochiq, tarmoqli va mustaqil bo'ladi.

Sobiq Github rahbari Thomas Dohmke ushbu kompaniyaga asos soldi: entire.io/vision
Qiziq savol berib qoldi Lexi

"Har bir CPU yadrosidagi har bir oqim (thread) DoSomething() funksiyasi bajarilishni boshlashidan oldin myFlag o‘zgaruvchisini doim true holatida ko‘rishiga kafolat bormi?"


Nima deb o'ylaysiz?

#murakkab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fullstack
Open Position: Full‑Stack Web Software Engineer Trainee

AMC Bridge Campus is opening applications for Full‑Stack Web Trainee in Tashkent.

This role is for students and graduates who want to start a developer career through professional training with further growth to Junior level.

Training format:
• Educational project with a real‑world engineering approach
• Mentorship and practical tasks
• Flexible schedule, including the possibility of part‑time work during the training period
• Opportunity for staged payment and further professional growth based on progress

We’re looking for:
• Strong knowledge of C# or JavaScript
• Understanding of OOP
• Experience with web projects and/or Three.js is a plus
• English level: Intermediate or higher
• Motivation to learn and grow

• CV must be in English
• Location: Tashkent

Click the link to apply!
👍2
🇺🇿 Learn .NET
#fullstack Open Position: Full‑Stack Web Software Engineer Trainee AMC Bridge Campus is opening applications for Full‑Stack Web Trainee in Tashkent. This role is for students and graduates who want to start a developer career through professional training…
Training dasturi yana ochilibdi topshirib tashlash kerak.
+ Junior(Kamida 1 yil tajriba), Middle va Senior dasturchilariga ham vakansiya bor, menga resume tashlasalaringiz referal qilaman.
3
🚀 Internship Opportunities at Global Move

🏢 About Us
Global Move is a software & AI studio building modern digital products and automation solutions.

👨🏻‍💻 Who We’re Looking For
Proactive students or junior developers (Backend / Frontend / Full-stack) who are eager to learn fast, test ideas, and build real products.
We value curiosity, responsibility, communication, teamwork, and an engineering mindset.

📆 Internship Details
• Duration: 2 months
• Format: Part-time (minimum 20 hours per week)
• Internship is free (unpaid)
• After 2 months: based on performance, we may offer a job opportunity

💻 What You’ll Do
• Support ongoing product development
• Build features (Backend or Frontend) and fix bugs
• Work with modern tools and AI workflows
• Participate in code reviews and testing

🤖 AI Focus
We’re looking for interns interested in latest tech & AI, especially building practical agentic workflows — tool/API integrations, RAG-based assistants, and automation — with strong engineering fundamentals

👨🏻‍🏫 Mentorship & Guidance
Each intern will have a mentor for guidance, feedback, and growth.

📩 How to Apply
https://forms.gle/Zihv5iqmjJoA5g378

‼️ Deadline: February 16, 2026
Eng yaxshi Azure hududini tanlash.

Ushbu darsda Azure hududini (region) tanlaymiz. Bu dars nisbatan ancha qiziqarli. Mos geogarik hududni tanlash bu nafaqat tezlikka balki loyinagizni barqarorligiga ham tasir qiladi.

Darsni oʻtkazib yubormang
👍4
Ramazon muborak boʻlsin!
🔥14👍4🕊322
Fikringiz?

Hozirda shogirdlarimiz AI agentimiz bilan gaplashib bilimlarini o'stirib kelishyapti. Ular haqida esa siz bilmaysiz.

Nimalar o'rganganlarini namoyish qiladigan va ular yozgan kod va o'rganganlarini xulosasini beradigan sayt qilsakchi?
👍7🔥2
Yana bir yangilik

Mart oyida kanalimizda rebrending qilmoqchimiz. Kanalimizda endilikda ikkalamiz ham (Elbek va Nodirxon) aktiv ravishda darslar va maqolalarni chop etishni reja qilganmiz.

Meni xayolimdagi nomlar:
Elbek va Nodrixon .NET Darslari
.NET O'rgan
Learn .NET
MVPlardan .NET Darslari

Va aktiv ravishda learn.net.uz saytini ham ishga tushirishni boshlaymiz.

Savollar va takliflarga ochiqmiz.
🔥13😁2
📘 CLR via C# endi o‘zbek tilida!

Bu juda katta yangilik. Endi .NET va CLR’ni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun eng muhim manbalardan biri o‘zbek tilida mavjud.

Tarjima muallifi Rahmatullayev Muhammadjon aka — bu ish orqali butun o‘zbek dasturchilar jamoasiga katta hissa qo‘shdi.

Bu shunchaki tarjima emas, balki bilimni ona tilimizda ulashish orqali kelajakdagi kuchli .NET mutaxassislariga yo‘l ochishdir. 👏

Manba: https://clr.net.uz
🔥14❤‍🔥51👍1🥰1
‼️ Diqqat!

Siz yaxshi Linkedin va Github profiliga ega bo'lishingiz, yuqori darajagadagi scammerlarga qiziq tuyulishi mumkin.

Siz rozi bo'lgan bo'lardingizmi?
😁8👍2🔥1
Azure Pricing Calculator

Azureda xizmatlardan foydalanishdan oldin, ularning narxini hisoblashni bilasizmi? Yoki butun boshli arxitekturangiz sizga kuniga, oyiga qanchaga tushishi yoki servis resurslarini oshirish narxi, ularni saqlash va boshqa foydalanuvchilarga yuborishni bilasizmi?

Bugun sizlar bilan Azureda hisob-kitob qilishni o'rganib olamiz.
1👍1
Hamma AI deb bong urayotganda, shu kitobni oʻqib chiqishni boshladim va bugun nihoyat yakunladim.

Oldin koʻp loyihalarda qatnashganman. Tizimni arxitekturasini qurayotganda ahamiyat bermagan, ustozlar qoʻllagan bazi patternlarni qoʻllab ketar edim. Bir nechta sababini bilar edim xolos.

Shu kitobni oʻqishim bilan barcha qatnashgan loyihalarimdagi best practiselarni birma-bir eslay boshladim.

Bilmagan holda baʼzida toʻgʻri qaror qabul qilgan vaziyatlarimiz ham koʻp boʻlgan ekan.

Sizlarga ham maslahat beraman.
🔥65👍5
CLR nima?

Bu turkum maqolalar CLR via C# kitobidan o’rgangan foydali ma’lumotlar haqida bo’ladi. Sizga bu kitobni tavsiya qilmasliklari mumkin. Eskirganligi va undanda yaxshiroq kitoblar borligini aytishadi, muallifning ushbu firkini eshiting va o’zingiz xulosa qiling:

1999-yil, oktyabr oyida Microsoftdan bir guruh insonlar menga Microsoft .NET Framework, CLR va C# dasturlash tillarini taqdim qilishdi. Birinchi ko’rishda, bu meni hayratga soldi va dasturlarni yaratish usulimda jiddiy o’zgarish bo’lishi o’sha zahoti his qildim. Jamoa uchun yo’l-yo’riq ko’rsatish (consulting)ga taklif qilishdi, darhol rozi bo’ldim


Maqolaning davomini oqish...

#maqola
🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥4
Channel name was changed to «🇺🇿 Learn .NET»
Channel photo updated
Bizni kuzatib kelayotganlar diqqatiga!
Endilikda kanalimizni yangi logotip va dizayn asosida kuzatib borishingiz mumkin. Bundan tashqari learn.net.uz sayitimizni ham yangiladik. Bu haqda alohida post yozamiz.

Bu yerda men (Elbek Normurodov) va Nodirxon Abdumurotov o'z tajribamiz va bilimimizdan kelib chiqgan holda videodarslar, maqolalar va maslahatlar bilan ulashib boramiz.

Bizning maslahatlarimiz post yozilgan vaqtdagi tajribamizdan kelib chiqgani uchun, vaqt o'tishi bilan aktualligini yoqotishi mumkin. Bundan tashqari maqolalar yozishda faqat insoniy ko'nikmamizdan foydalanamiz. HECH QACHON sun'iy intellekt biz uchun maqola yozishiga yoki insoniy usulda bildirgani fikrimizni sayqallashiga yo'q qoymamiz.

Ba'zi kuzatuvchilarimiz kanal birinchi ochilgandan buyon bizni kuzatishadi. Va mana 6 yildirki bilganimizni ulashishdan tinmaymiz. Agar kanalimiz sizga foydali bo'layotgan bo'lsa, biz haqimizda C# va .NET texnologiyalariga qiziqib yurgan tanishlaringizga ayting.

🌐 learn.net.uz
💬 @learndotnetuz
🔥94👍2