🇺🇿 Learn .NET
1.38K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
537 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Yana kursmi?

Ha, kurs ochishimizga bir nechta sabablar bor.

📱 .NET bozori yaxshilandi.
Sohada kuzatishlarim natijasida ko'plab kompaniyalar qayta "stajirovka" ochishayotganini va yangi dasturchilarga talab oshganini ko'rdim. BRB tech, Exadel, Vention va ko'plab boshqa kompaniyalarda yaxshi imkoniyatlar ochilayotgani bunga misol.

👨🏻‍🏫 Ustoz-shogird an'anasi
Hozirda O'zbekistonda 2 ta aktiv MVP bor - kuchimizni birlashtirib, .NET ga qiziqayotgan yoshlarni tezroq natija qilishlariga yordam berish. Bu bizga yangi daholarni kashf qilishga yordam beradi.

📉 Kurslarning tanqisligi
Kuzatishlarimiz natijasida .NET sohasida dars beruvchi kurslar va malakali ustozlar topish qiyin bo'lib qoldi. O'quv markazlari chiqimlarini qoplay olishmayapti, kuchli ustozlar esa tez orada yaxshi ishga joylashib dars berishga vaqt ajrata olishmay qolyapti.

Sohada yetakchi mutaxassislar sifatida, mana shu sabablarga ko'ra bu kursni taqdim qilyapmiz.

p.s. Bu imkoniyatni yaqin tanishlarga ham jo'natib qoyish yodingizdan chiqmasin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Bugundan 0 dan Juniorgacha kursimizni boshlaymiz. Guruhda 1 kishiga joy bor. Sifatli va natijaga ishlaydigan kurs izlab yurgan tanishingizga yuborib qoying.
#vakansiya

AMC Bridge kompaniyasida .NET / C# Developer vakansiyasi ochildi.
Maʼlumot uchun AMC Bridge xalqaro, muhandislik dasturlari ishlab chiquvchi katta kompaniya.

Agar sizga qiziqarli bo‘lsa, vakansiya tafsilotlarini mana bu yerda ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Istasangiz sizni oʻzim referal qilib berishim mumkin.

Imkoniyatdan foydalanib qolish zarur.

Ha aytgancha agar sizda eng kamida 2-3 yil tajriba boʻlsa shu sohada, nur ustiga aʼlo nur.

Me: @Nodir_khan
🔥5👍2
Microsoft Community Conf 2025 qatnashayotganlar diqqatiga!

Agar menga oʻsha muhit atmosferasini beradigan yoki kreativ yondoshilgan rasm vodeo boʻlsa tashlasangiz, shu yerda ulashaman. Esdalik sifatida qoladi.

Me: @Nodirkhan
👍6
Konferensiya boshlangan ekan.
Taasurotlaringizni ulashmoqchi boʻlib fikrlaringizni yozsangiz ham shu yerda ulashaman.

Aytgancha surat @zxz_023 tomonidan olindi
👍5🔥1
@thee_sukhrob dan bugungi kundan suratlar
👍2
OpenAI
🤯21
0 dan boshlovchi guruhimiz 2-hafta o'qishni boshlashdi. Ingliz tili darajasi pastroq bo'lgan guruh a'zolari uchun qo'shimcha ingliz tili darslari ham qoydik. Kurs narxini o'zgartimadik.

Juniordan boshlovchi guruhda ham 10 lab qiziquvchilar bo'ldi va ular bilan alohida interyu qilib qabul qilishni reja qilganman. Barcha qiziquvchilarga yozib chiqdim. Endi intervyu sanalarini belgilash uchun qayta aloqaga chiqaman dushanba kunidan boshlab.

Agar ikkala guruhdan ham qolib ketgan bo'lsangiz, @ElbekDeveloper ga aloqaga chiqishingiz mumkin.
👍5
Junior to Middle darslarimiz Shanba kunidan boshlanadi. Guruhda 7 kishi yi'gildi. 3 kishi uchun joy bor.

Yangi 0 dan boshlovchi guruhga qiziquvchilarga ertadan qayta aloqaga chiqishni boshlayman.

P.S. Kanalda ta'limiy kontentni ko'paytirish rejasini tuzyapmiz. Undan oldin bir tanishib olsak - agar darslarimizdan foyda olgan bo'lsangiz, darajangiz qanday, qayerda o'qiyapsiz, aytib o'tsangiz. Biz kuzatuvchilarimiz bilan yaqin aloqa o'rnatishga juda qiziqamiz.
🔥3👍2
Qarzimiz bor 🪙

Rasmda ko'rib turgan inson Tim Berners-Lee. 1989-yil 12-Mart kuni uzoqdagi server va kompyuteri orasida aloqani yo'lga qoyadi. Bu aloqa HTTP kliyenti asosida amalga oshiriladi. Ha, bu inson hammamizga ma'lum HTTP protokoli yaratuvchi.

Eng qiziq tomoni, agar u bu ixtironi patentlab "soqqani bosganida", dunyo butunlay boshqacha bo'lar edi.

Wikipediada batafsil o'qishni tavsiya qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
O'tgan haftadagi ishim BackgroundJobs bilan bog'liq edi.
Bunda asosiy mantiq , databasedan foydalanuvchilardan kelgan so'rovlarni
yaratilgan muddatiga qarab olib kelish kerak edi. Har bir so'rovga javob berish vaqti 24 soatdan oshmasligi kerak. Agar so'rov yaratilganiga 20 soatdan oshsa, shu so'rovga biriktirilgan adminga Ogohlantirish haqida xabar yuborishi, agar 24 soatdan oshsa Kechiikish xabarini berish kerak edi.

Bu narsa biznesda SLA Management - Service Level Agreement (Xizmat darajasi kelishuvi) asosida xizmatning qanchalik yaxshi bajarilayotganini nazorat qilish, o‘lchash va boshqarish jarayoni ekan.
SLA yaxshi yo'lga qo'yilgan tizimlarda xizmatlar 99.9% ga yaxshi ishlaydi, sababi uning statusi doimiy ko'rinib turadi va ogohlantirish keladi.

Ana endi masalaning texnik tomoniga o'tsak.
BackgroundJobs haqida eshitganimda, bir servis yozish va shu service aytaylik har 5 minutga databasega borib, filterlash orqali kerakli ma'lumotni olib kelishni o'ylayotgan edim. Lekin mendan oldingi ishlarni ko'rsam umuman servislarni Schedule qilmagan ekan. Aksincha ular modelning o'zini schedule qilar ekan. Yangi so'rov yaratilganda uning ogohlantirish va kechikish vaqtlari oldindan rejalashtiriladi. Agar so'rovni hech kim yopmasa, xabarlar yetkazilinadi, yopilsa esa boyagi rejalashtirilgan modellar o'chib ketadi. Juda zo'r yechim. Xuddi ishlash mexanizmi Message Broker ga o'xshaydi, yani Queue mexanizmiga.

Muammo esa Hangfire va Redis orqali hal qilingan.
Oldin faqat Asp.Net Core ning native servislaridan va Coraveldan foydalanganim uchun, bu yo'l men uchun o'zgacha fikrlashni o'rgatdi.
Hangfire bilan ham BackgroundJobs va Queue menejmentni zo'r yo'lga qo'ysa bo'lar ekan.

Shunaqa gaplar
👍96🔥2
Nima deysizlar birgalikda Azureni o'rganamizmi?
👍37🔥12🤝31
📢 Vacancy: Software Engineer (.NET/Blazor + Azure)

We are looking for a candidate who is confident and well-versed in The Standard .NET/Blazor and Azure stack.
Experience is not the main requirement — what matters most is that you truly know the standard, can think clearly, and can confidently pass a technical interview.

Requirements:
• Strong understanding of the standard .NET/Blazor + Azure stack
• Ability to communicate in English
• Motivation and confidence in your skills
• Ability to work fully remote (no on-site work required)

If you know The Standard and believe in your abilities, you are already a strong candidate.

📢 Vakansiya: Software Engineer (.NET/Blazor + Azure)
Biz standart .NET/Blazor va Azure stackini yaxshi biladigan, o‘ziga ishongan nomzodni izlaymiz. Tajriba eng asosiy talab emas — muhimi, siz standardni chuqur bilishingiz, aniq fikrlashingiz va texnik suhbatdan ishonchli o‘tishingiz.

Talablar:
• Standart .NET/Blazor + Azure stackini kuchli bilish
• Ingliz tilida muloqot qila olish
• Motivatsiya va o‘z kuchiga ishonch
• To‘liq masofadan turib ishlash imkoniyati (ofisga kelish shart emas)

Agar siz The Standard’ni bilsangiz va o‘zingizga ishonsangiz — siz allaqachon kuchli nomzodsiz.

Contact: @zafar_urakov
👍41
Talant bor narsa, undan qanday foydalanish esa alohida mavzu


Siz qanchalik talantli bo'lmang, qattiq mehnat qilib, intizom bilan o'qishga/ishlashga odatlanmas ekansiz, ko'zlagan marrangizga erisha olmaysiz. Doim harakatda va ilmga chanqoq bo'ling
1🔥14👍72👨‍💻1
Forwarded from Tarteeb
Tarteeb Efirda

Bugun loyihamiz Zo'r TV ga chiqishi boshlandi.

Sayt orqali ko'rmoqchi bo'lganlar uchun: https://kinom.uz/channels/2/Zor-TV-HD

@tarteebuz
🔥63👍3
C# va .NET bilimlarini sinab ko'rmoqchi bo'lganlar bo'lsa, reaksiya qoldiring 🔥va komentariyalarni o'qing 💬

Sizlar uchun foydali bo'ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43