🇺🇿 Learn .NET
1.38K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
537 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
🇺🇿 Learn .NET
#internship Kick-start your tech career with AMC Bridge! Are you a student or recent graduate ready to turn your technical knowledge into real-world experience? Join our paid educational program — a unique opportunity to learn from industry professionals…
AMC Bridgeda internship ochilibdi. O'zim ham shu yerda ishlayman. Jamoa juda zo'r. Tajriba olish va ishga kirish uchun juda zo'r imkoniyat. Talaba yoki bitiruvchi bo'lsangiz ham. (Highly recommended)
👍9
🇺🇿 Learn .NET
#internship Kick-start your tech career with AMC Bridge! Are you a student or recent graduate ready to turn your technical knowledge into real-world experience? Join our paid educational program — a unique opportunity to learn from industry professionals…
Ha aytgancha yana ham to'liqroq ma'lumot uchun aytmoqchiman.
Agar Internshipdan muvaffaqiyatli o'tsangiz, sizga AMC Bridge tomonidan barcha resurslar beriladi. Birinchi 3-4 oylik bepul, Keyingi 2 oylikda sizga $400 to'lashadi, siz emas:)


Interviewga tayyorlanish uchun:
https://career.amcbridge.com/career/questions
👍6
📝O'rganish uchun juda ko'plab maqolalar ingliz tilida ekanligi, dasturlashga kirib kelganimda meni juda qiynar edi. Hattoki hozir ham bazida maqola o'qiyotganimda to'liq kontekstga tushunmay qolaman. Lekin yaqinda hamkasbimiz Ulug'bek akaning profiliga ko'zim tushib qolganida, o'zbek tilida ADVANCED darajadagi maqolalarini ko'rib xursand bo'lib ketdim.
Ayniqsa katta qismi System Design ga taaluqli ekanligi juda manfaatli bo'lishini bilib, sizlar bilan ulashgim keldi.

🗂️ Database - Ma'lumotlar ombori
- Tranzaksiya nima ? (Siz bilmagan ma’lumotlar).
- ACID 1-qism (Atomicity).
- ACID 2-qism (Isolation, Isolation levels).
- ACID 3-qism (Consistency).
- ACID 4-qism (Durability).
- ACID misollarda 5-qism.
- Phantom read,Serializable va Repeatable isolation level farqlari
- Database normalization 1-qism.
- Normalization Formalari 2- qism.
- Database Denormalization . (3-qism)
- Databasedagi hamma keylarni bilasizmi ?
- Databaza ma'lumotlarni qanday saqlaydi ?
- Strong vs Eventual consistency
- Row va column based databazalar
- Databazadagi indexlar haqida to`liq ma'lumot
- Bloom filters
- B-Tree bizga qanday yordam beradi ?
- Database Partitioning (demo bilan)
- Database sharding
- Database replication
- Connection Pooling (benchmark bilan)
- Bloom filter amalda
- Databazada concurrency control (locks)

🛜 Network
- Network yoki OSI model qismlari .
- Biz qaysi IP addressni ishlatamiz ? (NAT)
- Internet qanday ishlaydi yoki ma’lumot almashish qanchalik o`zgardi ?
- SYN Flood hujumi haqida bilasizmi ?
- TCP fast open
- TCP slow start
- TCP handshake
- TCP va UDP
- HTTP (HTTP versiyalari).

System design
- Backend for Frontend (BFF)
- System design tushunchalariga kirish.
- Circuit Breaker
- Distributed system nima ?
- Consistent hashing
- Consistent hashing 0 dan yozamiz (benchmark bilan).
- Note app bilan Sharding qilamiz.
🤯9👍62
Mediumdagi birinchi maqolam:

.NET loyihalarida Validatsiya

Ushbu maqolada modellarni tekshirish, validatsiya qilish haqida o'z fikrlarimni yozdim.
To'g'ri validatsiya qilish nafaqat Databaseda to'g'ri malumot shakllanishi balki, resurlarni tejashga ham yordam beradi. Agar siz ishlatayotgan validatsiyangizga tanqidiy yondoshishni xoxlasangiz maqolamni o'qing. Uyerda tajribalarimga asoslanib, har bir validatsiya turining afzalliklari va kamchiliklari haqida yozganman.

Agar maqolaning o'ziga tanqidiy yondoshishni xoxlasangiz, bemalol kommentariya yozsangiz ham bo'ladi

Telegram | Linkedin | YouTobe
🔥6👍3
Azure creditni olishda bir qancha muammolarga duch keldim.

O'tgan yili kichik bir test loyihamni Azure App servicega deploy qildim.
Maqsad o'rganish va ba'zi bir funksionallikni test qilish kerak edi.
Agar Azure ishlatgan bo'lsangiz App service uchun Free versiyasi bor. Kuniga servis 60 daqiqa faol bo'lishi kerak atigi va hech qanday database bo'lmasligi kerak. Resurs ham kam ajratadi — taxminan 500 MB serverda joy beradi.

Men test qilib ko'rdim va ozgina xursand ham bo'ldim, axir yangi skill shakllantirdim.
Dasturni ishlatganimdan keyin uni o'chirib tashlash hayolimdan ko'tarilibdi. Servisni Pause qilgan edim, ammo u ishlab turgan ekan, shunday qilib, servisga e'tibor bermadim va menda 1 oy uchun Azure tomonidan 112 $ qarz chiqarildi.
O'sha paytdagi kayfiyatimni tasvirlab bera olmayman :).

Mening qilgan ishim servisni o'chirish va hatto `subscription`larni ham to'xtatib qo'yish bo'ldi.
Chunki `subscription` yaratganimda aktiv VISA kartamni ulagan edim😂.

Shunday qilib to'lov tufayli profilim disabled, ishlatib bo'lmas holatga keldi.
O'sha paytlari `Azure Support`ga aloqaga chiqdim va bu servis noto'g'ri ishlaganini tushuntirib bera olmadim. 🤦‍♂️

Yaqinda Azure Creditimni foydalanishni boshlamoqchiligimda esa profil muammosi juda halaqit berdi. (To‘lovni 100 % qilishim kerak edi). Aybga buyurmaysizlar, ozgina ziqnalik qilib 😅 yana `Azure Support’ga murojaat qildim. Lekin bu safar kuchli sabab keltirishim kerak edi. Ular bilan rosa emaillashdim va sabab sifatida u loyiha student project ekanligi, hech qanday moddiy manfaat kutmaganim, va o'sha davrda Azureda yangi bo'lganim uchun hali subscriptionlar bilan ishlashni bilmasligimni keltirdim.

Shundan keyin menga biriktirilgan mutaxassis ushbu `invoice`larni o'chirishga yordam berdi.

Va tabriklasangiz bo'ladi — Azure creditni rasmiylashtirdim. 🎉

Agar sizda ham Azure bilan shunday muammo bo'lsa, ikkilanmasdan portal.azure.com saytida Support bo‘limida so'rov qoldirsangiz bo‘ladi.
👍5😁2
🎉 Microsoft Community Conf 2025 is here!

Microsoft Developers Community in Uzbekistan (MDC Uzbekistan) is a vibrant network of developers, engineers, and tech enthusiasts passionate about Microsoft technologies. We organize meetups, workshops, and large-scale events to empower the local tech ecosystem and connect innovators across Uzbekistan.

📢 About the conference:
Our flagship event, Microsoft Community Conf 2025, brings together tech enthusiasts from all over Central Asia! Explore the latest in AI, .NET, Cloud, DevOps, Data, and more through inspiring keynotes and hands-on sessions with industry experts.

📅 Date: November 22, 2025
📍 Location: Palace of Youth Creativity, Tashkent

🏢 Company Corners:
Meet representatives from EPAM, BRB-TECH, IMAN, and other leading companies. Network, showcase your skills, and discover new opportunities.

💼 Bring your CV – your next big opportunity could be waiting for you!

Secure your spot: Register Now

#MDCUConf2025 #MicrosoftUzbekistan #DeveloperCommunity #TechConference

@mdcuzbekistan
👍5
.NETni 0 dan 2 ta Microsoft MVP o'rgangan bo'larmidingiz(Pullik kurs).
Anonymous Poll
71%
Ha
29%
Yo'q
Bugun bir oʻtirib Tarteeb loyihasini koʻzdan kechirdim.

Birinchi dastur davomida yaratilingan, ammo chaqirilmagan oʻzgaruvchilarni oʻchirishni boshladim. Keyingi qilgan ishim esa oʻzgaruvchilar toʻgʻri nomlanganligini tekshirib chiqdim. Axir chetdan kelgan odam dasturni kitob oʻqigandek oʻqiy olishi kerak. Metodlarni tekshirib chiqdim bir xil logika ishlatilingan kodlarni alohida metodga yoki klassga oldim. Yozilgan kod ancha ixchamlashdi. Visual Studioning oʻzida Errors tabida adashmasam, koʻk yozuvda sizga kodni toʻgʻirlash uchun takliflar beradi. Oʻzimizning jamoaga mos holda kerakli takliflarni qabul qildim.
(Lekin Primary Constructordan foydalanmadim, I hate it:))

Oxirida ortiqcha boʻsh qatorlarni olishni boshladim. Yani kod yozilmagan. Boʻsh qator bilan ishlash uchun dasturlashda aniq qoida yoʻq. Kod yozish usuli (Clean code) asosan dasturlash tiliga va jamoaga bogʻliq. Shunday ekan biz jamoada if, for, foreach, switch, return va funksiyalar orasida boʻsh qator qoldirishni afzal koʻramiz. Agar bir qatorli kod uzun boʻlib ketsa uning bir qismini keyingi qatorga oʻtkazamiz va ajratish uchun yana qator tashlaymiz. Toʻgʻrisi bu kodni jozibali qiladi.

Bu qilgan ishlarim performancega balki sezilarli tasir qilmas, lekin loyihani standart holatda yozilganini taʼminlaydi

Yuqorida qilingan ishlar Refactoring deyiladi. Agar sizga interviewda refactor qilish vazifasini qanday bajarasan desa, men yozgan postdan xulosani aytib berishingiz mumkin.

Keyingi postda servis performanceni qanday qilib optimizatsiya qilganim haqida yozaman
🔥8👍21
0 dan Juniorgacha

Kim uchun?
Dasturlashni mustaqil o'rganib, murakkab mavzularga qiynalayotgan va professional mentorlikka ehtiyoj sezayotganlar uchun. Avval boshqa tillarni o'rganib C# ga o'tmoqchi bo'lganlar ham qabul qilinadi.

Kim uchun emas?
Boshqa kursga borib, bu kursni qo'shimcha olmoqchi bo'lganlar. Aslida vaqti tig'iz bo'lib, bizning kursni ham sinab ko'rmoqchilar ham uchun emas.

Bir kunda Elbek Normurodov ham Nodirxon Abdumurotov ham dars o'tadilar. Bu guruhda Elbek Normurodov vazifalar nazorati va o'quvchilar amaliyotda o'sishini tekshirsalar, Nodirxon yangi mavzularni tushuntirish bilan shug'ullanadilar.

Nimalar o'rgatiladi?

C# asoslari, OOP, chuqurlashtirilgan .NET. Bonus, sifatida ishga kirish ko'nikmalari va CV yaratish darslari ham o'tiladi.

Kurs narxi: 100$ (1 250 000 so'm)
Guruhda 12 kishi qabul qilinadi
Darslar haftada 3 kun bo'lib o'tadi - 4-kun imtihon.
Davomiyligi 6 oy.
Ariza qoldirish
Juniordan Middlegacha

Kim uchun?
Kursni/universitetni bitirganiga 3 oydan oshgan yoki yaqinda ishga kirgan dasturchilar uchun. .NET bilimlarini mustahkamlab, ishlatayotgan texnologiyalar parda ortida qanday ishlashiga ishtiyoqmand yoshlar uchun.

Kim uchun emas?

Hali umuman C# kod yozmaganlar. Yozgan taqdirda ham biror martta asinxron metod yaratmagan bo'lsangiz, bu kurs siz uchun emas.

Bu guruhda Elbek Normurodov CLR via C# kitobini muhokama qiladilar va Nodirxon Abdumurotov esa pair-programming session o'tkazib, tarteeb loyihasida bo'layotgan real muammolarga yechimni ko'rsatadilar. Eng shijoatli o'quvchilarga loyihadan vazifa ham ajratish ehtimoli bor.

Nimalar o'rgatiladi?

Chuqurlashtirilgan OOP, dizayn patternlar, chuqurlashtirilgan .NET. Bonus, sifatida dasturchilar uchun ingliz tili darslari va "yumshoq" ko'nikmalar o'rgatib boriladi.

Kurs narxi: 150$ (1 875 000 so'm)
Guruhga 12 kishi qabul qilinadi.
Darslar haftada 3 kun bo'lib o'tadi - 4-kun imtihon.
Davomiyligi 3 oy.
Ariza qoldirish
3
Bu post esa Performance optimization haqida🚀.

Qisqasi Tarteeb loyihasida har bir kompaniyaning shaxsiy telegram boti boʻladi. Kompaniya yaratilishi bilan unga bitta telegram bot biriktiriladi. CompanyTelegramBotService deb nomlangan servisimiz har 10 sekundda databasega borib agar yangi bot mavjud boʻlsa, StartListening metodi orqali botni tinglashni boshlaydi. Bitta class bir nechta telegram botlarni tinglab oʻtiradi. Lekin shu yerda bir muammo bor edi. Botga xabar kelsa qaysi kompaniyaning boti ekanligini bilib boʻlmas edi. Boshida shunchaki botning GetMe metodini chaqirib, bot username ni olib, keyin databasedan shu botning kompaniyasini olishni amalga oshirdik. Ana endi har bir requestda biz ortiqcha 2 ta apini chaqiramiz.

1. Telegram.
2. Database

Tasavvur qiling, kompaniyalar soni 50taga chiqsa va har bir kompaniyaning kamida 10 tadan talabasi boʻlsa ular eng yomon holatda, bir vaqtning oʻzida 500 ta request yuboradi. Bitta companyId ni olish uchun esa 1000 ta ortiqcha qoʻngʻiroq qilishim kerak. Bu resursni isrof qilish bilan teng📌

Va hayolimga bir yechim keldi. Dastur davomida har bir kompaniyaning oʻzining singleton obyekti boʻlishi kerak. Yani class ham kompaniya malumotlarini ham botning obyektini oʻzida ushlaydi. Botga xabar kelsa Handle metodi this keyword orqali obyektning kompaniya malumotini olaveradi. Bu obyekt esa boya aytgan Background servisda listda saqlanadi. Background servis ham singleton.

Shunday qilib OOP va Singleton classlar orqali ancha muncha muammoni hal qildim
🔥7👍1
Yana kursmi?

Ha, kurs ochishimizga bir nechta sabablar bor.

📱 .NET bozori yaxshilandi.
Sohada kuzatishlarim natijasida ko'plab kompaniyalar qayta "stajirovka" ochishayotganini va yangi dasturchilarga talab oshganini ko'rdim. BRB tech, Exadel, Vention va ko'plab boshqa kompaniyalarda yaxshi imkoniyatlar ochilayotgani bunga misol.

👨🏻‍🏫 Ustoz-shogird an'anasi
Hozirda O'zbekistonda 2 ta aktiv MVP bor - kuchimizni birlashtirib, .NET ga qiziqayotgan yoshlarni tezroq natija qilishlariga yordam berish. Bu bizga yangi daholarni kashf qilishga yordam beradi.

📉 Kurslarning tanqisligi
Kuzatishlarimiz natijasida .NET sohasida dars beruvchi kurslar va malakali ustozlar topish qiyin bo'lib qoldi. O'quv markazlari chiqimlarini qoplay olishmayapti, kuchli ustozlar esa tez orada yaxshi ishga joylashib dars berishga vaqt ajrata olishmay qolyapti.

Sohada yetakchi mutaxassislar sifatida, mana shu sabablarga ko'ra bu kursni taqdim qilyapmiz.

p.s. Bu imkoniyatni yaqin tanishlarga ham jo'natib qoyish yodingizdan chiqmasin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Bugundan 0 dan Juniorgacha kursimizni boshlaymiz. Guruhda 1 kishiga joy bor. Sifatli va natijaga ishlaydigan kurs izlab yurgan tanishingizga yuborib qoying.
#vakansiya

AMC Bridge kompaniyasida .NET / C# Developer vakansiyasi ochildi.
Maʼlumot uchun AMC Bridge xalqaro, muhandislik dasturlari ishlab chiquvchi katta kompaniya.

Agar sizga qiziqarli bo‘lsa, vakansiya tafsilotlarini mana bu yerda ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Istasangiz sizni oʻzim referal qilib berishim mumkin.

Imkoniyatdan foydalanib qolish zarur.

Ha aytgancha agar sizda eng kamida 2-3 yil tajriba boʻlsa shu sohada, nur ustiga aʼlo nur.

Me: @Nodir_khan
🔥5👍2
Microsoft Community Conf 2025 qatnashayotganlar diqqatiga!

Agar menga oʻsha muhit atmosferasini beradigan yoki kreativ yondoshilgan rasm vodeo boʻlsa tashlasangiz, shu yerda ulashaman. Esdalik sifatida qoladi.

Me: @Nodirkhan
👍6
Konferensiya boshlangan ekan.
Taasurotlaringizni ulashmoqchi boʻlib fikrlaringizni yozsangiz ham shu yerda ulashaman.

Aytgancha surat @zxz_023 tomonidan olindi
👍5🔥1
@thee_sukhrob dan bugungi kundan suratlar
👍2
OpenAI
🤯21