🇺🇿 Learn .NET
1.38K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
537 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Reklama vaqti😅

Hali sizlarda boshlanmadimi?
👍4
🌟 AI kelajagiga sayohatga tayyormisiz? 🌟

Generative AI ni .NET va C# yordamida qanday yaratishni o‘rganmoqchimisiz? 🚀

📌 MSA SMU Club sizni jonli onlayn tadbirga taklif etadi!
Siz bilan:
👨‍💻 Ahmed Hedfi — .NET Technical Architect (Tessan Group)
👨‍💻 Hassan Habib — sobiq Microsoft Senior Software Engineer

Nima uchun qo‘shilishingiz kerak?

Generative AI va C# bo‘yicha zamonaviy usullarni o‘rganasiz

Sanoat yetakchilaridan bilim olasiz


📅 Sana: 2-oktyabr
🕔 Vaqt: 21:00 (Toshkent vaqti)
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shilish: https://luma.com/jc5smp3x

🚀 Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! AI inqilobining bir qismi bo‘ling! 💡
🔥5👍1
Assalomu alaykum hammaga🖐

Sizlar bilan fikr almashmoqchi edim. Bir necha oy oldin LLM ni chuqur oʻrganaman deb yurgan edim. Lekin hozir loyiha uchun Angularni oʻrganayapman. Rejalar chetga surildi😅. Oldin blazorda koʻp ishlaganim uchun u angularni oʻrganish qiyin boʻlmayapti. Sababi umumiy mantiq bir xil. Shunchaki kod boshqacha.
Sizlarga bermoqchi boʻlgan savolim, sizlar hozir qanday texnologiyani oʻrganayapsizlar? Kelasi 1 2 oy ichida qaysi mavzuda oʻz bilimlaringizni mustahkamlash yoki yangi ilmlarni oʻrganish niyatingiz bor.
Fikrlaringiz men uchun muhim, sababi yangilik oʻrganishim yoki umumiy maqsadli insonlar topishimiz, savolimizga javob ham olishimiz mumkin.
👍1
🚀 Call for Speakers — MDC Uzbekistan Conf 2025

We’re excited to announce that the Microsoft Developers Community Uzbekistan Conference will take place on November 22, 2025! 🎉

Are you passionate about technology, innovation, or building with Microsoft tools?
Do you have insights, success stories, or demos to share with the developer community?

👉 This is your chance to become a speaker!
Whether you’re a seasoned expert or first-time presenter, we welcome talks on:
• .NET / C# / Azure
• AI, Copilot, Power Platform
• Cloud, DevOps, Security, Data, or Developer Tools
• Anything that inspires and empowers our local tech community

🗓 Event Date: November 22, 2025
📍 Location: Tashkent
🧾 Submit your session proposal here:
👉 https://forms.cloud.microsoft/r/TTYEEch5zj

Let’s shape the future of Microsoft tech together — right here in Uzbekistan 💙

#MDCUzbekistan #CallForSpeakers #MicrosoftCommunity #DotNet #Azure #TechConference #Uzbekistan

@mdcuzbekistan
3
Unit testdan endi qoʻrqmaymiz

Bir necha hafta ilgari aniqrogʻi 20-sentabr Softclub academyda C# da unit test yozish boʻyicha masterclass oʻtgan edik.
Masterclass davomida yozib olingan video tayyor va ana endi siz ham bemalol koʻrishingiz mumkin.

Fikrlaringizni izohda qoldiring va yana qaysi mavzuda masterclass boʻlishini xoxlaysizlar?

You tobe | Linkedin
👍11🔥5
💻 IT sohasida 6 oy oqib - birinchi daromadingizga chiqishingiz mumkinligini bilarmidingiz?

🧑‍💻SoftClub academy .NET kurslariga qabul ochiqligini e’lon qiladi!

Ushbu kursimiz sizni 0 dan IT sohasida mutaxassis darajasigacha yetkazish uchun yaratilgan bo’lib, bizning darslarimizda siz:

🔹IT sohasini 2tadan 3tagacha mentordan o’rganasiz!
🔹 Kurs davomida siz tanigan real loyihalar bilan praktika jihatida bilimlaringizni qo’llaysiz!
🔹 Kursni muvaffaqiyatli bitirsangiz esa — siz 3 oylik Internship kursimizda bepul o’qish imkoniyatiga e’ga bo’lasiz!

🎯 Joylar soni 10 qoldi!
👉 Ro’yxatda o’tish uchun quydagi profile’ga yozing @sevinch_softclub
👍7🔥2❤‍🔥1
Assalomu alaykum hammaga. Qaysi mavzuda masterclass yoki videodarslik tashkil etishimni xoxlaysizlar.
Oʻzimda ham bir nechta variantlar bor lekin sizlarning fikrlaringiz men uchun muhim!
👍3
Assalomu alaykum, azizlar.
Sizlar bilan bir quvonchli xabarni baham ko‘rmoqchiman.

2-oktabr kuni pochtamga Microsoftdan xabar kelgan va unda men “Microsoft Most Valuable Professional (MVP)” — ya’ni “Microsoftning Eng Qimmatli Mutaxassisi” unvoniga sazovor bo‘lganim haqida yozilgan edi. Alhamdulillah, bu men uchun katta sharaf va mas’uliyat.

Bu yutuqda ismim bitilgan bo‘lsa-da, aslida bu yo‘l ota-onamning duolari, ustozlarimning beminnat ilmlari va sizlarning doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz bilan bosib o‘tilgan. Ishonamanki, bularsiz bugun bu xabarni sizlar bilan bo‘lisha olmasdim.

So‘nggi yillarda anglagan eng muhim haqiqatim shuki — bilim ulashish menga chin zavq bag‘ishlaydi.

Oldinda sizlar bilan birga bosadigan qadamlarimiz ko‘p. Insha Alloh, bu yo‘l hammamiz uchun foydali bo‘ladi.

Ha aytgancha, menga bilimi va tajribasini tinimsiz ulashayotgan Oʻzbekistondagi birinchi Microsoft MVP Elbek aka Normurodov ga alohida tashakkur!

Hurmat bilan,
Kamina — sizlarning safdoshingiz, Nodirxon.
2🔥337👍6🏆5
🎯 Microsoft MVP bo‘lish qiyin emas — harakat kerak, xolos!

Microsoft MVP (Most Valuable Professional) — bu shunchaki unvon emas. Bu texnologiyani rivojlantirish, uni jamiyatga yoyish va boshqalarga o‘rgatish orqali boshqalarga foyda keltiradigan insonlar uchun tan olinadigan mukofotdir.

Eng muhimi — bu jarayon mutlaqo bepul va jamiyat uchun foydali bo‘lishi kerak.

🔍 Microsoft sizning faolligingizni qanday o‘lchaydi?

Oxirgi 12 oy ichida kamida 24 ta faollik bo‘lishi kerak. Bu faolliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin 👇

✍️ Texnik maqolalar yozish

🎥 Video darsliklar tayyorlash yoki live coding sessiyalar o‘tkazish

🧑‍🏫 Masterclass, meet-up yoki konferensiyalarda chiqish

💻 Open Source loyihalar yaratish yoki ularga hissa qo‘shish

💡 Microsoft texnologiyalari bo‘yicha takliflar yoki innovatsiyalar kiritish

🎓 Bepul ta’lim berish, mentorlik qilish

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda (LinkedIn, Telegram, YouTube va boshqalar) foydali postlar yozish

Lekin mening holatimda 15 ta faollik bo'ldi, demak istisnolar ham bor

Har bir faollik uchun dalil sifatida ularni internetda joylashtirish juda muhim. (Masalan: YouTube video, LinkedIn posti yoki Telegramdagi e’lonlar).

👉 Eng asosiysi — bu faolliklar Microsoft texnologiyalari atrofida bo‘lishi kerak (.NET, Azure, Power Platform, AI, va boshqalar - hattoki Excel!).

📨 Keyingi bosqich — nomzodlik

Sizni kimdir MVP sifatida nomzod qilib tavsiya qilishi kerak.
Tavsiya yuborilgach, sizga Microsoft tomonidan email keladi.
Shundan so‘ng siz 45 kun ichida kerakli ma’lumotlarni to‘ldirasiz.

Ariza yuborilgan kundan boshlab 90 kun ichida natija chiqadi.
Mening holatimda javob 60 kun ichida keldi.

MVP bo‘lish — bu shunchaki unvon emas.
Bu jamiyatga o‘z hissasini qo‘shayotgan inson sifatida tan olinishingizdir.

Harakat qiling, boshqalar bilan bilim ulashing — natijasi o‘zi keladi.
Siz ham keyingi MVP bo‘lishingiz mumkin 💪

Keyingi Postda Microsoft MVP bo'lishning afzalliklari haqida yozaman
🤝11🔥54👍2
🌟 Microsoft MVP boʻlishning afzalliklari juda koʻp!

Birinchi oʻrinda — butun dunyo MVP sohiblari bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa oʻrnatish imkoniyati 🌍
Microsoft ishlab chiqarayotgan yangi texnologiyalarni birinchilardan sinab koʻrish va ularga fikr bildirish imkoniyati ham bor 💬

Har yili oʻtkaziladigan Microsoft MVP Summit — alohida voqea! U yerda qatnashish, hatto nutq soʻzlash imkoniyati ham mavjud 🎤

Eng yoqimli tomoni esa — Microsoft tomonidan taqdim etiladigan sovgʻalar 🎁
Yuqorida rasmda ularning bir qismini koʻrsatganman.

Shaxsan menga eng yoqqanlari:
💙 Azure Credit (~17,000$)
💻 GitHub Pro
🧰 Visual Studio

(Qolganlari bilan endi tanishib chiqaman 😄)
Azure credit 1 yil davomida faqat Azure ichida ishlatiladi — bu oʻrganish va tajriba uchun katta imkoniyat.

Kelajakda, shekilli, Azure darsliklari ham chiqadiganga oʻxshayapti 😉

Linkedin
1🔥5👍3
PeerLLM haqida eshitdingizmi?

Agar sizning kompyuteringiz anchagina yetarli resurs bo'lsa va sizda uzluksiz energiya va internetdan muammo bo'lmasa siz kompyuteringizni AI hostga aylantirishingiz yoki uning orqasidan daromad topishingiz mumkin.

PeerLLM Hassan Habib tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kompyuteringizga kerakli LLM modellarini masalan Mistral ni yuklab, uni PeerLLM tarmog'iga ro'yxatdan o'tkazasiz.
Bu sizga istalgan yerdan turib kompyuteringizga bog'lanib, undan ma'lumot so'ray olishingiz, Modelni Fine-Tune qila olish imkonini beradi. Xoxlang boshqa odamning resursidan, xoxlang o'zingizniki. Muhimi istalgan joydan boshqara olishingiz imkonini beradi. Hali o'zim sinab ko'ra olmadim, lekin to'liqroq ma'lumot uchun quyidagi linklar ni ko'rishingiz mumkin(Ingliz tilida faqat):

1. PeerLLM - batafsil AI iqtisodiyotining kelajagi
2. Kompyuteringizni AI hostga aylantiring
3. Qanday qilib .NET loyihangizni markazlashtirimagan AI tarmog'iga bog'lash
2👍2🔥1
Tarteeb Solutions kompaniyasi haqida eshitganmisiz?

Hozirda bu kompaniyaning 2 ta asosiy mahsuloti bor.
1. Tarteeb (B2B) - Bu ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan o'quv markazlari uchun dastur bo'lib, tizimni avtomatlashtirishga va talaba, o'qituvchi va sun'iy intellektni bitta ekotizimda birlashtirishga yordam beruvchi platforma.

2. Lexi (B2C) - Ingliz tilini o'rganishni xoxlaganlar uchun platforma, siz bilan suniy intellekt muloqotini yaxshilab, sizning Speaking qobilyatingizga yaxshilashga yordam beruvchi platforma.


Eng qiziq jihati esa bu loyihada 2 ta faol MVP ishlab kelmoqda (Yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin)
Manbaa: https://mvp.microsoft.com/en-US/search?target=Profile&program=MVP

MVP bo'lish va bu yo'ldagi sayohat haqida qisqa podcastga nima deysizlar?
🔥5🏆2
#internship
Kick-start your tech career with AMC Bridge!

Are you a student or recent graduate ready to turn your technical knowledge into real-world experience? Join our paid educational program — a unique opportunity to learn from industry professionals, gain hands-on experience, and work on real projects.

We’re looking for someone who has:
- Solid skills in C++ or C#
- Understanding of web services or frontend development (a plus)
- Strong grasp of Linear Algebra and Computational Geometry
- Basic experience in Web or Computer Graphics (a plus)
- At least Intermediate English proficiency
- Communication and teamwork skills

If this sounds like you — we’d love to meet you!
Starting from $400

Apply now via the link: https://bit.ly/AMCBridge_Campus_Uzbekistan
🔥9👍2👨‍💻1
🇺🇿 Learn .NET
#internship Kick-start your tech career with AMC Bridge! Are you a student or recent graduate ready to turn your technical knowledge into real-world experience? Join our paid educational program — a unique opportunity to learn from industry professionals…
AMC Bridgeda internship ochilibdi. O'zim ham shu yerda ishlayman. Jamoa juda zo'r. Tajriba olish va ishga kirish uchun juda zo'r imkoniyat. Talaba yoki bitiruvchi bo'lsangiz ham. (Highly recommended)
👍9
🇺🇿 Learn .NET
#internship Kick-start your tech career with AMC Bridge! Are you a student or recent graduate ready to turn your technical knowledge into real-world experience? Join our paid educational program — a unique opportunity to learn from industry professionals…
Ha aytgancha yana ham to'liqroq ma'lumot uchun aytmoqchiman.
Agar Internshipdan muvaffaqiyatli o'tsangiz, sizga AMC Bridge tomonidan barcha resurslar beriladi. Birinchi 3-4 oylik bepul, Keyingi 2 oylikda sizga $400 to'lashadi, siz emas:)


Interviewga tayyorlanish uchun:
https://career.amcbridge.com/career/questions
👍6
📝O'rganish uchun juda ko'plab maqolalar ingliz tilida ekanligi, dasturlashga kirib kelganimda meni juda qiynar edi. Hattoki hozir ham bazida maqola o'qiyotganimda to'liq kontekstga tushunmay qolaman. Lekin yaqinda hamkasbimiz Ulug'bek akaning profiliga ko'zim tushib qolganida, o'zbek tilida ADVANCED darajadagi maqolalarini ko'rib xursand bo'lib ketdim.
Ayniqsa katta qismi System Design ga taaluqli ekanligi juda manfaatli bo'lishini bilib, sizlar bilan ulashgim keldi.

🗂️ Database - Ma'lumotlar ombori
- Tranzaksiya nima ? (Siz bilmagan ma’lumotlar).
- ACID 1-qism (Atomicity).
- ACID 2-qism (Isolation, Isolation levels).
- ACID 3-qism (Consistency).
- ACID 4-qism (Durability).
- ACID misollarda 5-qism.
- Phantom read,Serializable va Repeatable isolation level farqlari
- Database normalization 1-qism.
- Normalization Formalari 2- qism.
- Database Denormalization . (3-qism)
- Databasedagi hamma keylarni bilasizmi ?
- Databaza ma'lumotlarni qanday saqlaydi ?
- Strong vs Eventual consistency
- Row va column based databazalar
- Databazadagi indexlar haqida to`liq ma'lumot
- Bloom filters
- B-Tree bizga qanday yordam beradi ?
- Database Partitioning (demo bilan)
- Database sharding
- Database replication
- Connection Pooling (benchmark bilan)
- Bloom filter amalda
- Databazada concurrency control (locks)

🛜 Network
- Network yoki OSI model qismlari .
- Biz qaysi IP addressni ishlatamiz ? (NAT)
- Internet qanday ishlaydi yoki ma’lumot almashish qanchalik o`zgardi ?
- SYN Flood hujumi haqida bilasizmi ?
- TCP fast open
- TCP slow start
- TCP handshake
- TCP va UDP
- HTTP (HTTP versiyalari).

System design
- Backend for Frontend (BFF)
- System design tushunchalariga kirish.
- Circuit Breaker
- Distributed system nima ?
- Consistent hashing
- Consistent hashing 0 dan yozamiz (benchmark bilan).
- Note app bilan Sharding qilamiz.
🤯9👍62
Mediumdagi birinchi maqolam:

.NET loyihalarida Validatsiya

Ushbu maqolada modellarni tekshirish, validatsiya qilish haqida o'z fikrlarimni yozdim.
To'g'ri validatsiya qilish nafaqat Databaseda to'g'ri malumot shakllanishi balki, resurlarni tejashga ham yordam beradi. Agar siz ishlatayotgan validatsiyangizga tanqidiy yondoshishni xoxlasangiz maqolamni o'qing. Uyerda tajribalarimga asoslanib, har bir validatsiya turining afzalliklari va kamchiliklari haqida yozganman.

Agar maqolaning o'ziga tanqidiy yondoshishni xoxlasangiz, bemalol kommentariya yozsangiz ham bo'ladi

Telegram | Linkedin | YouTobe
🔥6👍3
Azure creditni olishda bir qancha muammolarga duch keldim.

O'tgan yili kichik bir test loyihamni Azure App servicega deploy qildim.
Maqsad o'rganish va ba'zi bir funksionallikni test qilish kerak edi.
Agar Azure ishlatgan bo'lsangiz App service uchun Free versiyasi bor. Kuniga servis 60 daqiqa faol bo'lishi kerak atigi va hech qanday database bo'lmasligi kerak. Resurs ham kam ajratadi — taxminan 500 MB serverda joy beradi.

Men test qilib ko'rdim va ozgina xursand ham bo'ldim, axir yangi skill shakllantirdim.
Dasturni ishlatganimdan keyin uni o'chirib tashlash hayolimdan ko'tarilibdi. Servisni Pause qilgan edim, ammo u ishlab turgan ekan, shunday qilib, servisga e'tibor bermadim va menda 1 oy uchun Azure tomonidan 112 $ qarz chiqarildi.
O'sha paytdagi kayfiyatimni tasvirlab bera olmayman :).

Mening qilgan ishim servisni o'chirish va hatto `subscription`larni ham to'xtatib qo'yish bo'ldi.
Chunki `subscription` yaratganimda aktiv VISA kartamni ulagan edim😂.

Shunday qilib to'lov tufayli profilim disabled, ishlatib bo'lmas holatga keldi.
O'sha paytlari `Azure Support`ga aloqaga chiqdim va bu servis noto'g'ri ishlaganini tushuntirib bera olmadim. 🤦‍♂️

Yaqinda Azure Creditimni foydalanishni boshlamoqchiligimda esa profil muammosi juda halaqit berdi. (To‘lovni 100 % qilishim kerak edi). Aybga buyurmaysizlar, ozgina ziqnalik qilib 😅 yana `Azure Support’ga murojaat qildim. Lekin bu safar kuchli sabab keltirishim kerak edi. Ular bilan rosa emaillashdim va sabab sifatida u loyiha student project ekanligi, hech qanday moddiy manfaat kutmaganim, va o'sha davrda Azureda yangi bo'lganim uchun hali subscriptionlar bilan ishlashni bilmasligimni keltirdim.

Shundan keyin menga biriktirilgan mutaxassis ushbu `invoice`larni o'chirishga yordam berdi.

Va tabriklasangiz bo'ladi — Azure creditni rasmiylashtirdim. 🎉

Agar sizda ham Azure bilan shunday muammo bo'lsa, ikkilanmasdan portal.azure.com saytida Support bo‘limida so'rov qoldirsangiz bo‘ladi.
👍5😁2
🎉 Microsoft Community Conf 2025 is here!

Microsoft Developers Community in Uzbekistan (MDC Uzbekistan) is a vibrant network of developers, engineers, and tech enthusiasts passionate about Microsoft technologies. We organize meetups, workshops, and large-scale events to empower the local tech ecosystem and connect innovators across Uzbekistan.

📢 About the conference:
Our flagship event, Microsoft Community Conf 2025, brings together tech enthusiasts from all over Central Asia! Explore the latest in AI, .NET, Cloud, DevOps, Data, and more through inspiring keynotes and hands-on sessions with industry experts.

📅 Date: November 22, 2025
📍 Location: Palace of Youth Creativity, Tashkent

🏢 Company Corners:
Meet representatives from EPAM, BRB-TECH, IMAN, and other leading companies. Network, showcase your skills, and discover new opportunities.

💼 Bring your CV – your next big opportunity could be waiting for you!

Secure your spot: Register Now

#MDCUConf2025 #MicrosoftUzbekistan #DeveloperCommunity #TechConference

@mdcuzbekistan
👍5