🇺🇿 Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Har doim aqlli, mehnatkash va insonparvar dasturchilarga talab bor.
Birodarlaringga ayt, O'zbek tilidagi tarjima tayyor bo'lganda, maktablarga bepul kitoblarni jo'nataman

#izoh_shartmas
Muvaffaqiyatga erishgan insonlar ham boshqalarga yordam bergisi keladi. Biroq ularning vaqti juda chegaralangan. Shuning uchun, ular o'ta saralab, odamlarni yonlariga olishadi. Siz ham agar shunday insonga shogird tushmoqchi bo'lsangiz, avval chiroyli munosabat o'rnatib, qandaydir qiymat bera olishingiz kerak. Shunday qila olsangiz qolgani oson.

(c) Justin Kan (Twitch, Fractal asoschisi)
Manba
Ushbu darslikda qanday qilib tarjima jarayonida diagrammalarni chiroyli chizishni ko'rsatib o'taman.

Dasturchi Qanday Qilib Chiroyli Diagramma Chizishi Mumkin? Me'yor Tarjima Jarayonida Diagrammalar

Draw.io Yuklash Havolasi


Kanalga Obuna Bo'ling
Forwarded from MJ
"Mendan boshqa mendek ishlay oladigan mutaxassis yo'q"

Yillab yig'ilgan bilim va tajriba, qilingan xatolardan olingan xulosalar, turli mutaxassislardan olingan maslahatlar noyob tajribaga ega bo'lgan mutaxassisni paydo qiladi. U zo'r. U kuchli. Mingdan, yo'q, milliondan bir uchraydigan tajribali odam. Unga yetaman deganlar hali tug'ilmagan. Vunderkind bo'lsa ham hayot tajribasi tomonidan yetolmaydi baribir. Shu fikr o'rnashib qolgandan so'ng hamma ishni faqat o'zi bajarishni xohlaydi. Lekin vaqt o'tyapti. Kuchi yetmaydi. Vaqt o'tib o'ladi.

Shuncha yig'ilgan tajriba nima bo'ldi? Kaput.

Bilim va tajribani keyingilarga qoldirish mumkin. Mutaxassis bilgan hamma narsani birga-bir sifatda bajarolmas. Lekin unday qilishi shart ham emas. Ilojsiz. Har bir odam noyob. O'rgatilgan narsalar shogirdning o'ziga xos hayot tajribasi bilan yo'g'rilib yana ham kuchayishi mumkin.

Mutaxassisning vazifasi o'ziga merosxo'rlikka mos nomzodni ko'rganda imkoniyatdan unumli foydalanib qolish.
Maktabda birinchi dars olib, keyin imtihon qilinamiz. Hayot esa birinchi sinaydi, keyin o'qitadi.

(c) Sasho Vroboski
Qancha qattiq ishlasangiz, shuncha omadli bo'lasiz.

(c) Sasho Vroboski
Ijtimoiy tarmoqlardagi profil rasmingiz birinchi ta'surot qoldirishda muhim ahamiyatga ega.
Me'yor Kirish
Elbek
"Me'yor" - chinakam mustahkam tizimlarga erishishimiz uchun dizayn va ishlanmalarimizni boyitishda davom etuvchi SOLID tamoyillari va boshqa ko'plab amaliyot va namunalarning men tomonimdan taqdim etilayotgan talqinidir.

(c) Hassan Habib

#meyor_podcast
👍1
Mashhurlik 2 xil yo'l bilan erishiladi:
Biri odamlarga boyligi, husni va shunga o'xshash inson nafsini qitiqlaydigan ne'matlarini ko'z-ko'z qilish orqali.
Ikkinchisi esa mehr, yemak va bilim ulashish orqali.
Bu yerda 20,000 tomoshabin bor.

YouTube kanalimga qoyilgan birinchi video aynan shuncha kishi tomonidan tomosha qilinibti.

Bizni qo'llab quvvatlab kelayotgan barcha birodarlarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiraman.
Tarjima ishlari bilan shugullanayotgan birodarlarimiz diqqatiga!
Video-darslik yozishda ba'zi tushunchalar va mavzularga ataylab urg'u bermay yuzaki o'tib ketaman. Bu o'rganuvchi uchun o'z ustida ishlash va o'sha mavzu ustida chuqurroq tadqiqot olib borishi uchun joy qoldiradi. Bu esa sohamizda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan o'z ustida ishlash va izlanish ko'nikmalarini rivojlantirishiga ishonaman.
"Open-source" loyihalarga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz loyiha qoidalariga amal qilishingiz kerak.

Bulardan biri kodni formatini chiroyli bo'lishi. Ushbu videoda qanday qilib Visual Studio da bo'sh kataklarni ko'rinadigan qilishni o'rgatganman.
Video: https://youtu.be/D0it6N-GxtA

Zero, chiroyli bo'lmagan kod - xato kod (Hassan Habib).
288 ming O‘zbekistonliklar LinkedIn’da, 51,6 ming kishi Twitter, ~3.7 million Facebook va Instagram’dan foydalanadi.

Agar Twitter "trash", hazil va ateistik mavzularga yaqin, Facebook "g'iybat"xona, Instagram shov-shuv va o'zini ko'rsatish joyiga aylangan bo'lsa, Linkedin sifatli kontent va aqlli tarmoqqa aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

"Community" uchun 288 ming yomon raqam emas. Do'stlarimizni taklif qilamiz, professional jihatdan kuchliroq bo'lamiz, sifatli kontentni iste'mol qilamiz. Davom etamiz.

(c) Rustam Rahmatov, Iman Invest Asoschisi
Manba
Orzuyingizni unutish uchun qancha maosh olyapsiz?

(c) No'malum
Katta g'ayrat bilan, jonini jabborga berib ishlaydiganlar tanqidga toqat qilolmaydi. Ayniqsa, atrofdagilarning zakovati ōzinikidan ancha past bōlsa.

(c) B. Enishehirli ōğli.
Microsoft kompaniyasining Most Valuable Professional (MVP) degan sovrini bor. Lekin, O'zbekiston bo'yicha hali hech kim bu unvonga erishmagan ekan.

.NET chilar bu haqda bilishlari va intilishlari lozim deb hisoblayman.
O'rganmoqchi bo'lgan inson uchun hech qanday bahona qolmadi. Mohirdev va YouTube platformalarining o'zida minglab soatlik O'zbek tilidagi o'quv qo'llanmalari mavjud.

Bu ilmni o'rganib, avvalo o'zingiz va atrofdagilarni hayotini ijobiy tomonga o'zgartirish uchun nima to'sqinlik qilyapti?
0. Dasturlashni o'rganish
1. Biror korxonada ishlab, moliyaviy o'z o'zini ta'minlay olish
2. Biror korxonada ishlash davomida, shaxsiy loyihasi ustida ishlash
3. Shaxsiy loyihasidan pul topish
4. Shaxsiy loyiha orqali boshqalarni ishga olish va tajribasi bilan ulashish.

O'ylashimcha, mustaqillik va moliyaviy erkinlik istaydigan dasturchilar aynan shu yoki shunga o'xshash yo'ldan o'tishadi.