πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
1.41K subscribers
351 photos
35 videos
10 files
536 links
β€’ 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
β€’ Professional .NET va C# darslar
β€’ https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Bugun Me'yor kitobini tarjima ishlarini boshlab yubordik va natijani sizlarga havola etmoqchiman.

Agar siz ham o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, tarjima qilish jarayonini videosini ko'rishingiz mumkin.

Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'ling!

#meyor_podcast
Me'yorni tarjima qilishda birodarlarimizning qo'shayotgan hissalaridan xursandman.

Qilgan ishlarini muhokama qilish jarayonini videoga oldim va YouTubega joyladim. Manimcha video ko'pchilikga foydali bo'ladi.
Me'yor tarjima ishlarida o'z hissalarini qo'shayotgan barcha birodarlarimizdan minnatdorman.

Ushbu loyihani tartibga solish uchun video oldim va YouTube ga joyladim. Video davomida tarjima ishlarini qanday qilib GitHub issues yordamida boshqarishni ko'rsatib o'tdim. Shuningdek, tarjimonlarga ba'zi tavsiyalarni berdim.

Havola: https://youtu.be/mHtn29CkUws

Shunga o'xshash yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun, kanalga obuna bo'ling.
Hozirda ko'z o'ngimizda bo'lgan gigant kompaniyalar (Google, Microsoft va boshqalar) Web 2.0 ibtidosida, siz-u bizga o'xshagan yosh yigitlar tomonidan yaratilgan. Ular qattiq mehnat qilgan va buning natijasi o'laroq dunyoni o'zgartira olishdi.

Ey birodar, hozirgi kecha kunduzda, biz Web 3.0 va Meta Koinot davri bo'sag'asida turibmiz. Yangi ilmga vaqtini va mehnatini tikib, sanoatni G'arblik do'stlarimiz qilgani kabi yangi pog'onaga chiqara oladigan yoshlar avlodi bormi bizda?
Me'yorga Kirish

Nosirbek (@xakimov1610)
Muhammad Diyor (@Muhammaddiyor_Imomnazarov)
Ahmadjon (@Ahmadjohnuz)
Muhammad Diyor (@uktamov_muhammaddiyor)
Muhammad Abdulloh (@muhammadabdullohkomilov) alohida e'tiborga sazovor insonlar. Sizlar bilan faxrlanamiz
Have you heard of Audit Fields?

Here I have provided 4 reasons why your client app should populate audit fields in your next applications.

Click to view the publication

NOTE: These are my learning outcomes and insights which I got from pair programming and coding sessions with my mentors and colleagues.
Har doim aqlli, mehnatkash va insonparvar dasturchilarga talab bor.
Birodarlaringga ayt, O'zbek tilidagi tarjima tayyor bo'lganda, maktablarga bepul kitoblarni jo'nataman

#izoh_shartmas
Muvaffaqiyatga erishgan insonlar ham boshqalarga yordam bergisi keladi. Biroq ularning vaqti juda chegaralangan. Shuning uchun, ular o'ta saralab, odamlarni yonlariga olishadi. Siz ham agar shunday insonga shogird tushmoqchi bo'lsangiz, avval chiroyli munosabat o'rnatib, qandaydir qiymat bera olishingiz kerak. Shunday qila olsangiz qolgani oson.

(c) Justin Kan (Twitch, Fractal asoschisi)
Manba
Ushbu darslikda qanday qilib tarjima jarayonida diagrammalarni chiroyli chizishni ko'rsatib o'taman.

Dasturchi Qanday Qilib Chiroyli Diagramma Chizishi Mumkin? Me'yor Tarjima Jarayonida Diagrammalar

Draw.io Yuklash Havolasi


Kanalga Obuna Bo'ling
Forwarded from MJ
"Mendan boshqa mendek ishlay oladigan mutaxassis yo'q"

Yillab yig'ilgan bilim va tajriba, qilingan xatolardan olingan xulosalar, turli mutaxassislardan olingan maslahatlar noyob tajribaga ega bo'lgan mutaxassisni paydo qiladi. U zo'r. U kuchli. Mingdan, yo'q, milliondan bir uchraydigan tajribali odam. Unga yetaman deganlar hali tug'ilmagan. Vunderkind bo'lsa ham hayot tajribasi tomonidan yetolmaydi baribir. Shu fikr o'rnashib qolgandan so'ng hamma ishni faqat o'zi bajarishni xohlaydi. Lekin vaqt o'tyapti. Kuchi yetmaydi. Vaqt o'tib o'ladi.

Shuncha yig'ilgan tajriba nima bo'ldi? Kaput.

Bilim va tajribani keyingilarga qoldirish mumkin. Mutaxassis bilgan hamma narsani birga-bir sifatda bajarolmas. Lekin unday qilishi shart ham emas. Ilojsiz. Har bir odam noyob. O'rgatilgan narsalar shogirdning o'ziga xos hayot tajribasi bilan yo'g'rilib yana ham kuchayishi mumkin.

Mutaxassisning vazifasi o'ziga merosxo'rlikka mos nomzodni ko'rganda imkoniyatdan unumli foydalanib qolish.
Maktabda birinchi dars olib, keyin imtihon qilinamiz. Hayot esa birinchi sinaydi, keyin o'qitadi.

(c) Sasho Vroboski
Qancha qattiq ishlasangiz, shuncha omadli bo'lasiz.

(c) Sasho Vroboski
Ijtimoiy tarmoqlardagi profil rasmingiz birinchi ta'surot qoldirishda muhim ahamiyatga ega.
Me'yor Kirish
Elbek
"Me'yor" - chinakam mustahkam tizimlarga erishishimiz uchun dizayn va ishlanmalarimizni boyitishda davom etuvchi SOLID tamoyillari va boshqa ko'plab amaliyot va namunalarning men tomonimdan taqdim etilayotgan talqinidir.

(c) Hassan Habib

#meyor_podcast
πŸ‘1
Mashhurlik 2 xil yo'l bilan erishiladi:
Biri odamlarga boyligi, husni va shunga o'xshash inson nafsini qitiqlaydigan ne'matlarini ko'z-ko'z qilish orqali.
Ikkinchisi esa mehr, yemak va bilim ulashish orqali.
Bu yerda 20,000 tomoshabin bor.

YouTube kanalimga qoyilgan birinchi video aynan shuncha kishi tomonidan tomosha qilinibti.

Bizni qo'llab quvvatlab kelayotgan barcha birodarlarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiraman.
Tarjima ishlari bilan shugullanayotgan birodarlarimiz diqqatiga!