Lazizbek Ergashev | IT Blog
595 subscribers
251 photos
104 videos
11 files
146 links
🇸🇪 Software Engineer @ danads.com
🤖 Co-founder at @robocontest
🎮 Loves Gaming and Anime
🧑 23 y.o
🇺🇿 Bukhara
✍️ @lazizbek_ergashev

solo.to/lazerg
Download Telegram
Bugun asosan chet elda bo’ladigan bir trendni boshlamoqchimiz. Trendni ma’nosi har kim o’zining ish stolini rasmga olib tashlashi zarur bo’ladi. Qayerda kod yozadi o’sha yerni 😉😉

P.S. Birinchi bo’lib o’zim boshlab beraman, kanallarga va guruhlarga ulashish esingizdan chiqmasin 😉😉

👉 @lazerg
❗️ Kanalimiz a’zolari soni 500taga yetganda ovozli chat qilamiz, va shaxsan mening o’zim web-dasturlash va frilans haqida barcha savollarizga javob berishga harakat qilaman.

Spikerlar orasida Robocontest.uz CEOsi hamda Senior fullstack dasturchi @adizbek_ergashev ham bo’ladilar.

👉 @lazerg
👍2
JavaScript nega ”a” + + “a” + “a” + “S” yozganda aNaNaS deb qaytarmoqda?

Bu biron JavaScript xatoligi emas, shunchaki ikkinchi "a" oldida ikkita plus borligi uchun, ikkinchi plus “a” so'zini, raqamga aylantirishga harakat qilmoqda. Chunki JavaScriptda so’z oldidan plus qo’yilsa bu uni raqamga aylantiradi.

Masalan + “3” => 3;

“a” harfini raqamga aylantirib bo'lmasligi uchun, JavaScript NaN, yani xatolik qaytaradi. Bu xatolikdan keyin yana + “a” kelayotgani uchun, JS bu xatolikni so'zga aylantirishga harakat qiladi, ya'ni NaN => “NaN” ga aylanadi va a harfi oxiridan qo’shilib “NaNa” ga aylanadi. Shu bilan butun ifodaning o'zi “aNaNaS” ga aylanadi.

👉 @lazerg
Shu kunlarda vitejs.dev ni sinab ko'rmoqdaman. Bu frontend dasturlash kelajagi bo'lishi ham mumkin, chunki buning boshqa frontend dasturlash muhitidan farqi shundaki: bundle qilmaydi va ES Module larning native importini ishlatadi. Bundle qismini bajarmasligi sababli juda ham tez ishlaydi. Hozir sinab ko'rishingiz mumkin yarn create @vitejs/app my-app .

Shundan keyin bir necha shablonlardan birini tanlashingiz mumkin.

Vuejs yaratuvchi Evan You gapiga ko'ra hozirda vite faqat vuejs3 ni qo'llab quvvatlaydi

👉 @lazerg
HTML da juda foydali, ammo ko'p kishi bilmaydigan teg: optgroup

👉 @lazerg
Siz muvaffaqiyatsizliklar va tanqidlarga qanday munosabatda bo'lishni bilishingiz kerak

Sizning yechimingiz hechqachon mukammal bo’lmaydi, va sizga yechgan vazifani hardoim boshqacha yaxshiroq va samaraliroq yo’li bo’ladi. Ishga endi joylanganizda hali siz samarali kod yozib bilmasligiz uchun tajribasi ko’proq dasturchi hamkasblariz tomonidan kulgi ostiga qolishingiz mumkin. Ammo muximi sizga qilinayotgan tanqiddan to’g’ri xulosa chiqarib bilish !

👉 @lazerg
IT sanoati statik emas !

Agar 1-2 yil mehnat qilib o’rganib, keyin bemalol umrim oxirigacha ishlab yuraman deb o’ylayotgan bo’lsangiz qattiq adashasiz. IT olamida texnologilar juda juda jadallik bilan o’zgarib, rivojlanib, yaxshilanib bormoqda. Bir necha yil avval hamma sevib ishlatadigan jQuery kutubxonasi, hozirgi yangi proyektlarda deyarli ishlatilmaydi. Uning o’rnida reactjs va vuejs day yangi texnologiyalar ishlatimoqda. Bir necha yil avval hamma proyektda ishlatiladigan css framework Bootstrap ni ham hozir ishlatishlar soni biroz kamaygan. Uning o'rniga TailwindCSS ga o’xshagan “utility-first” css frameworklar ishlatilmoqda.

Bu degani siz doim o’zgarishlarga tayyor bo’lishingiz kerak !

👉 @lazerg
C++ yaratuvchisi, Bjarne Stroustrup, o’z intervyusida shuni ta’killb o’tadiki, hechkim faqat bir dona tilni o’rganib o’zini professional deb atamasligi kerak. U minimum 3 ta tilni o’rganishni tavsiya qiladi. Uning tavsiya qilgan dasturlash tillari: C++, Java, Python, C, C#, shu tillar sizni dasturlashni umumiyligicha yaxshi tushinishizga yordam beradi.

Ammo siz dasturlashga endigina qadam qo’yayotgan bo’lsangiz, barcha narsani darrov o’rganishga harakat qilmang. Birinchi bo’lib o’rganayotgan tilingizni boshlang’ich tushunchalarini o’rganing, va uje bemalol o’zizni his qiladigan bo’lganizdan keyin bu til bilan, keyingisiga o’tsangiz bo’ladi.

Shu narsa aniqki ikkinchi tilni o’rganishingiz osonroq bo’ladi birinchi tilni o’rganganizdan ko’ra

👉 @lazerg
Charles Babbage tomonidan yaratilgan Analitik qurilma birinchi “dasturlash” mumkin bo’lgan qurilma deb hisoblanadi

👉 @lazerg
Qanday qilib frilanser bo'lib ko'proq mijozlarni topsa bo'ladi

Frilanser dasturchi sifatida ish faoliyatini boshlaganda mijozlar oqimini stabil qilish juda ham muhim hisoblanadi. Dasturlash hozir juda ham keng tarqalgan soha bo'lib, uni o'rganmoqchi bo'lganlar va o'rganayotganlar ham ko'p bo'lganini hisobga olsak raqobat kuchayib borishini aytishimiz mumkin. Ammo raqobat kuchaygani sari mijozlar tugab qoldi degani emas, quyida bir nechta maslahatlarni bermoqchiman:

🔘 Open source proyektlarga hissa qo'shish - Open source proyektlar qo'shilish va rivojlantirish bu dasturchi sifatida reputatsiyani oshirishning eng samarali yo'li. GitHub profilizda qancha ko'p ishlatiladigan proyektlarga contribute qilganingiz, sizning qanchalik kuchli dasturchiligingizdan dalolar beradi.

🔘 Ijtimoiy tarmoqlarda mavjudligingizni oshiring - Agar mijoz raqobatchingizni emas, aynan sizni online topishini xoxlasangiz, hamma yerda mavjud bo'ling . Potensial mijozlar qaysi platformada ko'proq vaqt ketkazishadi, o'sha ijtimoy tarmoqda sizning profiliz ham mavjud va chiroyli bezatilgan bo'lishi kerak

🔘 Referal usuli - Hammada birinchi buyurtmani olish qiyin bo'ladi, ammo olgandan keyin uni juda e'tibor bilan qiling mijoz xoxlaganiday qilib. Chunki keyingi safar yana uni ishi chiqib qolsa, aynan sizni oldingizga keladi, yoki biron do'sti kimdirga buyurtma bermoqchi bo'lib turganida, "To'xta, man bir ta zo'r frilanserni bilaman, mana kontakti:", deb beradi. Shuning uchun ham buyurtmalariz ko'payishini istasangiz uni e'tibor va mehr ila bajarish zarur bo'ladi

Yana qanday usullar sizga foyda keltirgan? Izohlarda yozib qoldiring.

👉 @lazerg
🔥1
Portfolio

lazizbek.com - mening minimalistik portfoliom, ko'rib baho beringlar 😉. (Hali dizaynini keyinroq o'zgartiramiz).

Kodini ochiq qilib qo'ydim

👉 @lazerg
Lazizbek Ergashev | IT Blog
Portfolio lazizbek.com - mening minimalistik portfoliom, ko'rib baho beringlar 😉. (Hali dizaynini keyinroq o'zgartiramiz). Kodini ochiq qilib qo'ydim 👉 @lazerg
Ba'zi bir kuchli dasturchilardan eshitgandim, agar linkedin profil yaxshilab to'ldirilgan bo'lsa, portfolio shartmas deb. O'sha yerda githubdagi profilingizni joylasangiz, open-sourcelarga qilgan contributelarizdan bilishlari mumkin darajangizni.
Dasturchilar uchun unumdor ishlashni qanday oshirsa bo'ladi

🔘 Chalg'itadigan narsalarni kamaytirish - Ishlash uchun tinch joy tanlang, chunki qaysidir muammoga yechim o'ylayotganda shovqin halaqit beradi.

🔘 Harkunlik vazifalarni avtomatlashtirish - Har kunlik ishlarni avtomatlashtirish uchun boshida biroz vaqt talab qiladi, ammo ishoning keyinchalik bu o'zini oqlaydi.

🔘 Tanaffus qiling - Dasturiy ta'minot ishlab chiqish bu ko'p vaqt va harakat talab qiladigan aqliy mehnatga kiradi. Agar siz bir necha soatdan beri to'xtamasdan ishlayotgan bo'lsangiz, bu sizni ishingizni sifatini kamaytirishi mumkin.
Tanaffus qilish haqida batafsil

🔘 Plan tuzing - Harkunlik vazifangizni ertalab qog'ozga yozib oling (ha aynan qog'ozga), va kun davomida belgilangan vazifalarni bajarishga harakat qiling, bu vazifalar oddiy, shundog'am esimda qoladi deyishga shoshilmang: Biron kun sinab ko'ring, ertalab qog'ozda bugun qilishingiz zarur bo'lgan vazifani hammasini yozib chiqing, ko'rasizki kuniz boshqa kunlarga nisbatan samaradorroq o'tadi. Planlarni birkunlik planlardan boshlab, yillik planlargacha tuzsa bo'ladi.

🔘 Qiyin vazifadan boshlang - Kuningizni boshlayotgan payt katta ehtimol bilan charchamagan bo'lasiz va bu qiyin vazifalarni bajarish uchun ayni qulay vaqt. Vazifalarni qiyindan osongacha saralang, va bir boshdan bajarishni boshlang. Oson vazifalarga keguningizcha biroz charchagan bo'lasiz, ammo osonligi uchun bajarib bilasiz.

🔘 Ish asboblaringizni yaxshi tushining - Ish asboblari deganda bu yerda dasturchi sifatida har kun ishlatadigan dasturlariz nazarda tutilmoqda. Masalan bir kun o'tirib kod redaktoringizni sozlamalarini ko'rib chiqing va o'zingizga moslang. Qancha redaktor yoki IDEni "fint"larini bilsangiz, ishlash jarayoningiz shunchalik yaxshilanadi.

👉 @lazerg
Dasturiy ta'minotda test yozishga amal qilish zarur bo'lgan F.I.R.S.T prinsipi haqida.

🔘 Tezlik (Fast) - Testlar tez bajariladigan bo'lishi kerak, aks xolda har zamonda testni run qilishingiz kelmaydi. Va tabiiyki tez-tez testni run qilmaslik, xatolarni barvaqt aniqlash imkoniyatidan voz kechish degani.

🔘 Mustaqillik (Isolated/Independent) - Testlar bir biriga bog'liq bo'lmasligi kerak, hamda bir test, boshqa bir testning davomi bo'lmasligi kerak. Sabab shundaki agar test bir biriga bog'liq bo'lsa, birida xatolik chiqsa, keyingilarida ham xato chiqaveradi. Shundan keyin xatolik aynan qayerda ekanligini aniqlash qiyinroq bo'ladi.

🔘 Takrorlanuvchanlik (Repeatable) - Testlar har qanday muhitda bir xil natija berishi kerak.

🔘 Ravshanlik (Self-validating) - Testning natijasi aniq bo'lishi kerak, test yoki o'tishi kerak, yoki o'tmasligi kerak. Dasturchi test natijasi qanday bo'lganini log fayldan ko'rishga majbur bo'lmasligi kerak, testni o'zi aniq bo'lishi kerak.

🔘 O'z vaqtidalik (Timely) - Testlar o'z vaqtida yaratilishi kerak. Modulli testlar har doim kod yozishdan oldin yoziladi.

👉 @lazerg
Dasturchilar asosan o'tirib ishlashlari sababli kam harakatda bo'ladilar. Shuning uchun sport bilan shug'ullanishni esingizdan chiqarmang !

👉 @lazerg
Framework hamda Library (kutubxona)ning farqi nimada

Bu ikki so'z odatda bir xil eshitilsa ham, ular bir biridan farq qiladi. Bu ikki terminning farqini ko'rib chiqishdan oldin, keling avvalo ularning o'xshash tomonlarini ko'rib chiqsak. Ikkalasi ham avvalo qaysidir dasturchi tomonidan yozilgan, qayta ishlatiladigan koddir. Ular asosan murakkab vazifalarni bajarishda ishlatiladi. Va ikkalasi ham DRY (Dont repeat yourself) kod yozishga yordam beradi.

Rasmda ko'rib turganingizdek library va frameworkning asosiy farqi shundaki, proyekt taxlayotganda, libraryni siz chaqirib olib, uni o'z proyektingiz strukturasiga moslashtirasiz. Ammo frameworkda aksincha, unda proyekt strukturasiga siz moslashasiz.

👉 @lazerg
❗️ Uydan turib masofaviy ishlash ba'zi qoidalari

🔘 Ish joyingizni belgilang - Korovotda yoki divanda uxlab ishlash boshida zo'rday ko'rinsa ham, keyinchalik bir qancha muammolarni olib ketadi. O'z tajribamda shuni sezdimki, agar korovotga uxlab ishlasangiz, miyangiz bu yer ish jo'yingiz deb o'ylaydi, va natijada kechqurun uxlash qiyin bo'ladi, chunki miyangiz siz ishlayobsiz deb o'ylaydi. Eng yaxshi variant aniq bir ishlaydigan joyingizni belgilab oling, shunda ishlashga motivation yo'q bolib turganda ham, o'sha o'rningizga o'tirsangiz, miya srazu ish rejimiga tushadi.

🔘 Yaqinlaringizni ogohlantiring - Uydagilaringizni ogohlantiring, uyda masofaviy ishlayobman degani, sizga istalgan vaqt kelib nimadirni so'rashlari mumkin, yoki nimadir ish buyurishlari mumkin degani emas, aniq grafikni belgilab ularni ogohlantirib qo'ying, shu payt ish stolimda kompyuter oldida bo'lishim kerak deb.

🔘 Tanaffus qiling - Tanaffuslardan voz kechib kun bo'yi kompyuter oldida o'tirmang. Hattoki offisda ham ishchilar kun bo'yi kompyuter oldida o'tirmaydi. Har zamon tanaffus olib, kofe yoki nimadir yeb keladilar, yoki hamkasblari bilan suhbat qiladilar. Har 1.5-2 soatdan keyin tanaffus qiling

🔘 Barvaqtroq turing - To'gri endi ish masofaviy bo'lganidan keyin, har ertalab turib tayyorgarlik qilib, yo'lga vaqt sarflash kerakmas. Ammo bu degani ish boshlanishiga 5 minut qolganida, ko'zni ochib kompyuterga o'tirish kerak degani ham emas. Ertalab asosan toza havoda aylanib kelish, kitob o'qish, kun davomida motivatsion ishlashga yordam beradi.

👉 @lazerg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Flourish Studio tomonidan yaratilgan 2010-yildan 2021-yilgacha bo'lgan oraliqda frontend frameworklar mashxurligi infografikasi.

👉 @lazerg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jeff Bezos kosmosga sayohat qiladi !

Jeff Bezos 20 iyul sanasida o'zining ukasi bilan, Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida kosmosga sayothat qiladi. U bu haqida o'zining rasmiy instagram sahifasida yozdi. 5-iyul sanasida u Amazon kompaniyasi bosh direktori lavozimidan ketmoqchi, hamda 15 kun o'tib kosmosga sayohat uyushtirmoqchi.

Raketa umumiy 6 kishiga mo'ljallangan bo'lib, Jeff Bezos va uning ukasi Mark, uchinchi o'rin esa onlayn auksionda o'ynaladi, qolgan bo'sh jo'ylar esa amazon ishchilariga beriladi

👉 @lazerg
Jurnalist dasturchidan intervyu olayotgan ekan:
- Kodni sifatiga nima katta zarar ko'rsatadi?

Shunda dasturchi jurnalistga shunday javob qaytaribdi:
- No comments.

👉 @lazerg
2