Sirdaryo | Kun.uz
818 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Turli davlatlar prezidentlarining shtandartlari va alohida ramzlari - fotolar

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga joriy yil 25-oktabr kuni qo‘shimcha kiritildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z belgisi va shtandartiga (bayrog‘iga) ega bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/uz/61375541

➡️ Sirdaryo xabarlari
Xovos tumanida sodir etilgan jinoyatlar soni oshganligi kuzatildi

2021-yilning 11 oyi davomida Xovos tumanida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy jinoyatlar soni 198 tani tashkil etib, 96 taga oshgan. Bu haqda tuman IIB boshlig‘i Akbar Egamnazarov maʼlum qildi.

Shuningdek, jinoyat qidiruv yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlar 68 taga oshib, 113 tani tashkil etdi. O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 1 taga oshgan va qotillik jinoyati sodir etilmagan.

Tumandagi 17 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Lekin shunga qaramay tuman hududida firibgarlik jinoyati 42 ta sodir etilib, 34 taga oshgan.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️
#Sirdaryo_viloyatida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 20 ta holatda jami 24 nafar shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilganligi aniqlangan. Jami 150 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda sotilishining oldi olingan.

▪️#Guliston_tumanida istiqomat qiluvchi 40 nafar yoshlarga haydovchilik kurslarida o‘qitish harajatlari uchun 56 mln 300 ming so‘m to‘lab berildi. Bundan tashqari, 31 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi tarkibida xarbiy hizmat o‘tashi harajatlari uchun 159 mln 600 ming so‘m to‘landi.

▪️#Boyovut_tumani: Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi Boyovut tumani qoʻriqlash boʻlimi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi

«Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

👉 https://kun.uz/uz/57771531

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

10-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 10-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, ba'zi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti

Ko‘chirilayotgan Qo‘yliq bozori, o‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, kichraytirilgan jinoiy javobgarlik yoshi, Pekin olimpiadasiga navbatdagi boykotlar
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunuzofficial
👉 @kunuz
Yangi elektr hisoblagichlar tokni 2 barobargacha ko‘p hisoblayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Elektr hisoblagichlar tokni ko‘p yozayotgani to‘g‘risidagi video bundan 2 yil avval tarqatilgani va uni tayyorlab tarqatgan shaxs o‘sha vaqtning o‘zidayoq asossiz ma'lumotlari uchun tegishli tartibda jazoga tortilgani ma'lum qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/45368621

➡️ Sirdaryo xabarlari
Davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg‘a olishiga taqiq o‘rnatiladi

👉 https://kun.uz/uz/03867775

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Yangiyer_shahri: «Fazilat» MFY hududida joylashgan "Obod-yurt" madaniyat uyiga radiouzel jamlanmasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

▪️#Guliston_shahri: Joriy yilning 8-dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida «Obodyurt» MFY hududida fuqaro X.N tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 11 tup terak daraxti kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tabiatga yetkazilgan zarar 14 million 40 ming so‘m hisoblandi.

▪️#Shirin_shahri: magistral suv tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi sababli hozirda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, Do'stlik, Amir Temur, Bunyodkor hamda Boyovut tumanining Shirin mahallasida 2021-yil 10-dekabr kuni soat 21:00 ga qadar ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Sirdaryoda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 4,45 ming kilometrga yetkazildi

2020-2021-yillarda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 4,45 ming kilometrga yetkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 58,8 ming abonentga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 35 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari oʻrnatildi.

Shuningdek, 30 mingdan ortiq keng polosali portlar oʻrnatilib, ularning umumiy sigʻimi 123 mingga yetkazildi. Natijasida, viloyat boʻylab yanada koʻproq aholi uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish va ulanish imkoniyati yaratildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda «Ichki ishlar vaziri kubogi» sport musobaqalariga start berildi

2021-yil 9-dekabrdan boshlab, hududiy ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari biriktirilgan mahallalar o‘rtasida «Sog‘lom va barkamol oila» shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarini o‘tkazishga start berildi. Mazkur musobaqa va bellashuvlar mahallalardagi oilalar va ularning aʼzolari o‘rtasida o‘tkaziladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Rossiyada migrantlarning IT-kartasi joriy qilinadi

IT-karta ishchilarning tug‘ilgan mamlakati tomonidan berilgan pasportlari o‘rnini bosadi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/62311425

➡️ Sirdaryo xabarlari
🇺🇿 Oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab ulgurji sotmoqchimisiz?

🤝 Mahsulotlaringizga ko‘proq xaridor topish niyatida bo‘lsangiz, Oziqovqat.com ilovasini yuklab oling va savdongizni oshiring!

👍 Oziqovqat.com bilan bozorma-bozor yurishdan qutuling!

Reklama
Bozorlarda kartoshka va sabzi narxi oshdi

O‘zbekiston bozorlarida kartoshka va sabzi narxlari oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

👉 https://kun.uz/uz/07292774

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

11-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 11-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti

Narxi oshayotgan kartoshka, sabzi va «karam», Denovda buzilayotgan savdo majmuasi, koronavirusdan darak beruvchi tibbiy niqob — kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunuzofficial
👉 @kunuz
«Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olindi

Qurilish vazirligining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda 2022-yilda uy-joylar qurish dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Bunda, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida barpo etilgan «Muruvvat» massivi namunasi asosida barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish ko‘zda tutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/54721176

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Guliston_shahri: Prezident qaroriga ko’ra, 2023-yil 1-yanvarga qadar har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus bilan ta'minlash belgilangan edi. 10-dekabr kuni Guliston shahridagi prezident maktabiga ham bir dona avtobus taqdim etildi.

▪️#Oqoltin_tumanida kelgusi bahor mavsumi uchun 1 mln 19 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

▪️#Guliston_tumani hududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yuk va mototransport vositalari va ularning tirkamalarini tegishli tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo’yicha tuman hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.

▪️#Boyovut_tumani: «Dehqonobod» QFYda 16 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan 3-oilaviy poliklinika yangidan taʼmirlab, foydalanishga topshirildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Yangiyer shahrida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar soni ma’lum qilindi

Joriy yilning 11 oyi davomida Yangiyer shahrida 195 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqda shahar IIB boshlig’i Zahiriddin Sobirov ma’lum qildi.

Tahlillarga ko’ra, jinoyatlarning asosiy qismi o‘g‘irilik, firibgarlik va yo‘l transport hodisasi jinoyatlariga to‘g‘ri keladi. O‘tgan 11 oy davomida 41 ta o‘g‘irilik jinoyati sodir etilgan.

Shuningdek, firibgarlarning o’zgalarning ishonchiga kirib, o’qishga yoki ishga kiritib qo’yish evaziga moddiy manfaat olishlari holatlari juda ham ko‘p uchragan.

Yo‘l transport hodisalarining kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda asosan haydovchilarda bilim saviyasining yetishmasligi, yo‘l qoidalarini bilmaslik, fuqarolarning esa svetofor ishoralariga qarab harakatlanmasliklari, yo‘llarning belgilanmagan qismidan kesib o‘tishlari sabab bo‘lib qolmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari