Sirdaryo | Kun.uz
821 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi

O‘zbekistonda dekabr oyida aholining ayrim qatlamiga 800 ming so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatiladi.

👉 https://kun.uz/uz/06988432

➡️ Sirdaryo xabarlari
Sirdaryoda «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning 93,6 foizi ro’yxatdan chiqarildi

Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 20 ming 670 nafar yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan 19 ming 353 nafari ro’yxatdan chiqarildi.

Bunda qariyb 7 ming nafari doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi, 7729 nafariga 50 sotixdan jami 3870 gektar yer maydoni ajratildi. Yoshlarning 2102 nafariga 68 mlrd soʻmga yaqin imtiyozli kredit berildi.

Shuningdek, «Yoshlar jamgʻarmasi» mablagʻlari hisobidan 1551 nafariga oʻzini oʻzi band qilish uchun asbob uskunalar ajratildi, 1400 nafariga turli koʻrinishdagi yordam koʻrsatildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Kollej va texnikumlarga kira olmagan abituriyentlarning qo‘shimcha qabuliga ruxsat berildi

▪️Imtihondan yiqilgan abituriyentlar fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan yo‘nalishlardagi vakant o‘rinlarga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

O‘qishni boshlab yuborgan abituriyentlar uchun esa kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 20-yanvargacha etib uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarning kontrakt to‘lovi muddati – 31-dekabrgacha.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Ишонч кафеси

Бизда ишончли таомлар ишончли ошпазлар қўли билан тайёрланади!

Ишончда: Ош, Сирдарё балиғи, сих кабоблар, афғон қозонида тайёрланган тушенка, жиз, қозон кабоб, сайхун чучвара каби таомларнинг такрорланмас мазасини татиш мумкин.

24 соат давомида ишлайдиган буғ ҳаммоми мижозларимиз учун хизмат қилади.

Манзил: Ишонч МФЙ
Мўлжал: Эски ҳаммом.

📞 99-499-8687, 97-277-7749

Реклама
«Ish vaqti tugadimi – ishxonani tark etish kerak». Nozim Husanov mehnat huquqini bilmaydigan xodimlar haqida gapirdi

«Mehnat qonunchiligida 8 soatli ish vaqti belgilangan va bu umumiy tajribadagi soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘ladi. Fuqarolarning haq-huquqi bor, ish vaqti tugadimi - ishni tark etish kerak», - deydi Mehnat vaziri.

👉 https://kun.uz/uz/33217342

➡️ Sirdaryo xabarlari
Qaysi viloyatlar hokimligi oldida hali ham panjaralar bor?

14ta hududdan faqat 4tasida bosh ijro organining binosi aholi uchun to‘siqlardan xoli. Bir nechta hokimliklar panjarani olib tashlash rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/53302586

➡️ Sirdaryo xabarlari
Sirdaryo tumanida maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi 72 foizga yetdi

Sirdaryo tumanida jami 121ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatib, ulardan 29 tasi davlat, 92 tasi nodavlat MTT hisoblanadi. Tumanda 3-7 yoshdagi 9685 nafardan bolalardan qariyb 6977 nafari yoki maktabgacha ta’limga qamrab olingan.Bu haqda tuman hokimi Botirjon Mirzaqulov ma’lum qildi.

Joriy yil boshidan hozirga qadar tumanda 2 ta davlat, 1 ta davlat-xususiy sherikchilik asosdagi va 54 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi. Natijada bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 72 foizga oshirildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

«Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/72192366

➡️ Sirdaryo xabarlari
Oqoltinda 2100 nafardan ortiq fuqaroga ID-karta berildi

Okoltin tumanida 2021-yilning 11 oyi davomida 7210 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti hamda 2108 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirilib berildi. Bu haqda tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati maʼlum qildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Forwarded from Golden House
Тошкентга кўчиб келиш вақти келди!

Golden House'дан Assalom Maxtumquli 2 турар жой мажмуаси кўчиб келиш учун тайёр хонадонларини таклиф этади. Декабрь ойи охирига қадар хонадонларга 10% гача бўлган чегирмалар амал қилмоқда!

Таъмирланган тайёр хонадон харид қилинг ва Тошкент пропискасига эга бўлинг!

📞+998 78 113 03 93
🌐gh.uz| Telegram
📍 Савдо офиси

Реклама
🌤 #Оb_havo

23-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 23-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
🗓 22-dekabr:
📢 Asosiy xabar va yangiliklar


🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
👉 https://kun.uz/uz/21482742

⛈️ 23-dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 
👉 https://kun.uz/uz/50331807

📝 Xizmat safarlari va xorijlik mehmonlarni kutib olish xarajatlari haliyam ochiqlanmayapti - Antikorrupsiya
👉 https://kun.uz/uz/81680235

✈️ O‘zbekistonliklar 5 kunlik dam vaqtida parvoz qilishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
👉 https://kun.uz/uz/33458094

📜 Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi
👉 https://kun.uz/uz/06988432

Kun.uz Telegram kanallari:
👉 Асосий | 👉 Asosiy
O‘zbekistonda talabalar 28-dekabrda ta’tilga chiqadi

O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar qachondan qishki ta’tilga chiqishi ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/34106093

➡️ Sirdaryo xabarlari
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi

«Ishga marhamat» monomarkazlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

👉 https://kun.uz/uz/11699731

➡️ Sirdaryo xabarlari
Sirdaryoda kelgusi besh yilda 10 ming xonadonli uy-joylar quriladi

Kam taʼminlangan oilalarga 1,5 mingdan ziyod uy-joy ajratilib, ularga ipoteka krediti bo‘yicha 60 mlrd so‘mlik subsidiya beriladi. Jumladan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boshlang‘ich badal puli to‘lab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan taʼminlanadi.

Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda «Guliston siti» barpo etiladi. Bu yerda, 1 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumtaʼlim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bog‘chasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Oilaviy biznesga imtiyozli mablag‘lar ajratiladi

Prezident tomonidan «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

👉 https://kun.uz/uz/66323047

➡️ Sirdaryo xabarlari
«Dizayn» jamoasi tadbirkorning 30 ming dollarini qaytarmayapti. Guruh barcha sudlarda yutqazgan

«Dizayn» jamoasining to‘rtligi bir shaxsni 30 ming dollarga tushirgan. Undiruv bilan MIB shug‘ullanmoqda. Ammo hozircha natija yo‘q. Kun.uz voqea tafsilotlarini aniqladi.

👉 https://kun.uz/uz/34111403

➡️ Sirdaryo xabarlari
Joriy yilda Sirdaryoda 100ta mahalla fuqarolari yig‘ini binosi qurib foydalanishga topshirildi

🏢 2021-yilgi dasturga kiritilgan 110 ta mahalla majmualaridan 100 tasi qurib foydalanishga topshirildi. Qolgan 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining binolarida qurilish ishlari respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan mablag‘ ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari boshlanmagan. Bu haqda Sirdaryo viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Kun.uz‘ga maʼlum qildi.

➡️ 2021 yilda Sirdaryo viloyatida:

▪️15 ta MFY binosi rekonstruksiya qilindi;
▪️13 ta MFY binosi joriy taʼmirlandi;
▪️44 ta MFY binosining kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi;
▪️104 ta MFY kompyuter va 3/1 printer texnikasi va 78 ta MFY mebel jihozlari bilan taʼminlandi;
▪️224 ta MFY internet tarmog‘iga ulandi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Xovos_tumani: Ro’yxatdan o’tmasdan yashab kelayotgan fuqarolar javobgarlikka tortildi

Xovos tumanida noqonuniy yashayotgan, uzoq muddatga ketgan, uzoq muddatga ketib qaytib kelgan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil hamda shubhali shaxslar yig‘iladigan, yashaydigan joylarni aniqlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Tadbir davomida tuman hududida vaqtincha ro’yxatsiz yashab yurgan 8 nafar xorijiy davlat fuqarolari, 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari (xonadon egalari) aniqlanib, MJTKning 225-moddasi (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Bunday qonunbuzilish holati uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Dayjest

▪️«Bu – soliq to‘lovchilarning puli». Iqtisodchi – hokimlarning «saxiyligi» haqida
👉 https://kun.uz/uz/95731167

▪️Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratiladi
👉 https://kun.uz/uz/50666564

▪️Noyabr oyida 1,8 mln dollarga 76 ta elektromobil olib kelindi
👉 https://kun.uz/uz/46026694

▪️«Bir-ikkita idoralarning e’tirozlari bor» - Akmal Burhonov korrupsionerlar reyestri va davlat sirlariga doir qonun loyihalari haqida
👉 https://kun.uz/uz/26796851

➡️ Sirdaryo xabarlari
Oqoltinda 2020-2021 yillarda tuman aholisining 15 foizi «Temir daftar»ga kiritilgan

Oqoltin tumanida 2020-2021 yillar davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 1987 ta oilada 8222 nafar fuqaro kambag‘allik darajasida yashayotgan oila sifatida aniqlanib, «Temir daftar»ga kiritilgan. Bu tuman aholisining 15 foizini tashkil qiladi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/96655641

➡️ Sirdaryo xabarlari