Sirdaryo | Kun.uz
817 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Ayrim toifadagi bank kartalaridan ruxsatsiz pul yechib olinmoqda

Dekabr oyi boshlarida plastik kartalardan pul mablag‘larining to‘satdan va ruxsatsiz yechib olinish holatlari kuzatildi. Markaziy bank vakili bu JShShIR bilan bog‘liq ekanini aytdi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi qonun talabi buzilganini ma'lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/66785512

➡️ Sirdaryo xabarlari
Uyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

👉 https://kun.uz/uz/86012230

➡️ Sirdaryo xabarlari
Ekspert: AYoQShlardagi bir litr benzin narxining qariyb 27 foizini soliqlar tashkil etadi

Benzin iste'molchilarga yetib borgunga qadar turli ko‘rinishlarda eng ko‘p soliq qo‘shiladigan tovarlardan biri hisoblanadi. Neft treyderlari assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Saidabbos Saidvaliyevga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi bir litr benzin narxining 26,3 foizini soliqlar tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/uz/43558416

➡️ Sirdaryo xabarlari
Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlar elektron tarzda tashkil etiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan 1-martgacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.

🚕🚌 2022-yil 1-martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/uz/95865600

➡️ Sirdaryo xabarlari
O‘zbekistonda 20 yilda avtomobillar soni 2,6 milliontaga ko‘paygani ma'lum qilindi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olim Saidovning aytishicha, respublikadagi transport vositalari soni 2001-yildagiga nisbatan 2 mln 575 mingtaga ko‘paygan.

👉 https://kun.uz/uz/37965582

➡️ Sirdaryo xabarlari
Davlat budjeti hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati e'lon qilindi

Prezident farmoni loyihasi bilan O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

👉 https://kun.uz/uz/77440397

➡️ Sirdaryo xabarlari
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 182 mahbusni afv etdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi arafasida mahbuslarning bir guruhini afv etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

👉 https://kun.uz/uz/61491921

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

9-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 9-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, ba'zi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чўл одами — “Манзил” лойиҳасининг илк сони

Олам кенг, манзиллар кўп, одамлар турфа. Юрт кезиб, эл таниб, фикр қилиб яшашнинг завқи ўзгача. Манзил-у маконлар ичра шундайлари борки, у ерда бир кунгина яшасангиз бас, одамларининг самимияти ва шукронаси сизга ҳам юқади, ичингизда аллақандай позитив, енгиллик уйғонганини сезасиз.

Kun.uz турфа масканлар ва у ерларда яшаётган инсонлар турмушидан ҳикоя қилувчи “Манзил” лойиҳасини тақдим этади. Илк манзилимиз – Наманган чўлларидаги Оққум қишлоғи.
🗓 8-dekabr:
📢 Asosiy xabar va yangiliklar

🇺🇿🇰🇿 Ittifoqchilik munosabatlari, erishilgan kelishuvlar va 10 mlrd dollarlik marra – Qozog‘istonga tashrif yakunlari haqida
👉 https://kun.uz/uz/79167723

🥔 O‘zbekistonga 11 oy davomidagi kartoshka importi 2020-yilgi ko‘rsatkichdan oshib ketdi
👉 https://kun.uz/uz/11896980

☀️ 9-dekabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi
👉 https://kun.uz/uz/90766731

📝 6ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
👉 https://kun.uz/uz/84845966

📜 Davlat budjeti hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati e'lon qilindi
👉 https://kun.uz/uz/77440397

Kun.uz Telegram kanallari:
👉 Асосий | 👉 Asosiy
«Texpasport» berishdagi uzilishlar sababi ma'lum qilindi

Transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma berishda murojaatchilar soni ikki barobarga oshgani hisobiga uzilishlar kuzatildi, deya ma'lum qildi YHXBB. Mas'ullar muammo bartaraf etilgani, talabning keskin ortishi guvohnomalarni yangilash muddatlari bilan bog‘liq bo‘lganini ma'lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/28889238

➡️ Sirdaryo xabarlari
Turli davlatlar prezidentlarining shtandartlari va alohida ramzlari - fotolar

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga joriy yil 25-oktabr kuni qo‘shimcha kiritildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z belgisi va shtandartiga (bayrog‘iga) ega bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/uz/61375541

➡️ Sirdaryo xabarlari
Xovos tumanida sodir etilgan jinoyatlar soni oshganligi kuzatildi

2021-yilning 11 oyi davomida Xovos tumanida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy jinoyatlar soni 198 tani tashkil etib, 96 taga oshgan. Bu haqda tuman IIB boshlig‘i Akbar Egamnazarov maʼlum qildi.

Shuningdek, jinoyat qidiruv yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlar 68 taga oshib, 113 tani tashkil etdi. O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 1 taga oshgan va qotillik jinoyati sodir etilmagan.

Tumandagi 17 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Lekin shunga qaramay tuman hududida firibgarlik jinoyati 42 ta sodir etilib, 34 taga oshgan.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️
#Sirdaryo_viloyatida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 20 ta holatda jami 24 nafar shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilganligi aniqlangan. Jami 150 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda sotilishining oldi olingan.

▪️#Guliston_tumanida istiqomat qiluvchi 40 nafar yoshlarga haydovchilik kurslarida o‘qitish harajatlari uchun 56 mln 300 ming so‘m to‘lab berildi. Bundan tashqari, 31 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi tarkibida xarbiy hizmat o‘tashi harajatlari uchun 159 mln 600 ming so‘m to‘landi.

▪️#Boyovut_tumani: Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi Boyovut tumani qoʻriqlash boʻlimi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi

«Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

👉 https://kun.uz/uz/57771531

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

10-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 10-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, ba'zi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti

Ko‘chirilayotgan Qo‘yliq bozori, o‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, kichraytirilgan jinoiy javobgarlik yoshi, Pekin olimpiadasiga navbatdagi boykotlar
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunuzofficial
👉 @kunuz
Yangi elektr hisoblagichlar tokni 2 barobargacha ko‘p hisoblayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Elektr hisoblagichlar tokni ko‘p yozayotgani to‘g‘risidagi video bundan 2 yil avval tarqatilgani va uni tayyorlab tarqatgan shaxs o‘sha vaqtning o‘zidayoq asossiz ma'lumotlari uchun tegishli tartibda jazoga tortilgani ma'lum qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/45368621

➡️ Sirdaryo xabarlari
Davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg‘a olishiga taqiq o‘rnatiladi

👉 https://kun.uz/uz/03867775

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Yangiyer_shahri: «Fazilat» MFY hududida joylashgan "Obod-yurt" madaniyat uyiga radiouzel jamlanmasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

▪️#Guliston_shahri: Joriy yilning 8-dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida «Obodyurt» MFY hududida fuqaro X.N tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 11 tup terak daraxti kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tabiatga yetkazilgan zarar 14 million 40 ming so‘m hisoblandi.

▪️#Shirin_shahri: magistral suv tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi sababli hozirda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, Do'stlik, Amir Temur, Bunyodkor hamda Boyovut tumanining Shirin mahallasida 2021-yil 10-dekabr kuni soat 21:00 ga qadar ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari