Jizzax | Kun.uz
1.25K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Jizzax viloyatida qancha ot bor?

2022–yil 1–yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida otlarning umumiy soni 27 708 boshga yetgan. Bu 2021–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarsoni – 167 boshga kamaygan.

2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 60,8 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘lgan.

➡️ Jizzax xabarlari
Maktablardagi kadrlar xizmati xodimlariga 16 milliard so‘m kam oylik to‘langan

Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda maktablardagi «kadrchilar»ga 16 mlrd so‘m kam oylik to‘langani aniqlanib, ko‘rilgan choralar natijasida shundan 3 mlrd so‘mi to‘lab berilgan.

👉 https://kun.uz/uz/01911972

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti
📆 14.02.2022

Marhamatda uzrxonlikdan so'ng ishdan olingan rahbarlar, kollej talabalariga stipendiya, Pentagonning Ukraina bo‘yicha bayonoti, Nokia’dan yangi budjet smartfoni
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunonline
Ikki o‘rinli mitti avtomobil BMW kompaniyasini bankrotlikdan qanday asrab qolgandi?

1955 yilda BMW kompaniyasi italiyaliklar loyihalashtirgan ikki o‘rinli mitti avtomobilni ishlab chiqara boshlaydi. Ana shu avtomobillar kompaniyani bankrot bo‘lishdan saqlab qoladi. Bu o‘sha paytda ko‘pchilikning mehrini qozongan Isetta avtomobili edi.

👉 https://kun.uz/uz/83423807

📹 Videoni ko‘rish:

➡️ Jizzax xabarlari
Shavkat Mirziyoyev UzAuto Motors bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Asosiy yangiliklar

Import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalari 30 foizdan 15 foizga pasaytiriladi. Vazirlar Mahkamasi 3 kun ichida qaror loyihasini Prezident administratsiyasiga kiritishi kerak.
🔹15 foiz bojdan tashqari, dvigatel hajmiga qarab belgilangan to‘lovlar (har bir kub sm uchun 1,8 dollardan boshlab) ham kamayadimi-yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.

1-maygacha avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi.
🔹Yangi shartnomalar tuzish qachon boshlanishi hozircha aniqmas.

UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lovni 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasi qo‘yildi.
🔹Dastlabki to‘lov miqdori qachondan pasayishi hozircha ma’lum emas.

Bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yo‘lga qo‘yib, sun’iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilish buyurildi.
🔹UzAuto bir necha yil oldin xuddi shunaqa tizim qilgani bilan maqtangan edi. Demak, korrupsiyadan holi deb aytilgan o‘sha tizim aslida bunday bo‘lmagan. Masalan, Toshkent shahar hokimligi avtomobilni navbatsiz olgan edi.

Avtomobillarni ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Eksportni esa butlovchi qismlar hisobiga oshirish topshirildi.

Yil oxirigacha Tracker va Onix ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

Yil oxirigacha elektromobil zavodi ochish bo‘yicha strategik hamkorni tanlab, loyihani boshlashga ko‘rsatma berildi.
🔹2018-yildagi qarorda 2020-yilgacha Buxoroda elektromobil ishlab chiqarishni boshlash ko‘zda tutilgandi. 2019-yildagi qarorda esa 2022-yildan boshlab Qo‘qonda elektromobil chiqarish boshlanishi belgilangan, ularning narxi 3 ming dollardan boshlanishi aytilgandi. UzAuto esa 2021-yildan Labo elektromobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi edi, uning narxi 10 ming dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingandi.

➡️ Jizzax xabarlari
Jizzaxda investitsiya majburiyatini bajargan yosh tadbirkor «GASN» qarshiligiga uchradi

Endigina 26 yoshga kirgan zarbdorlik yosh tadbirkor uncha-muncha katta yoshli odamning jur’ati yetmaydigan ishga qo‘l urib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganda jiddiy muammoga duch keldi. U qurilish vazirligi tizimidagi mas’ullarning byurokratik to‘sig‘idan o‘ta olmayapti.

👉 https://kun.uz/uz/67855826

➡️ Jizzax xabarlari
Litseylarga maktab o‘quvchilarini tanlab olish tartibi e’lon qilindi

“Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/75307453

➡️ Jizzax xabarlari
Forwarded from Golden House
Ixcham va oilaviy xonadonlar

YAshnobod tumanidagi sokin va shinam mahallada joylashgan “Assalom Havo” do'stona turar-joy majmuasi tayyor ta'mirlangan ixcham oilaviy xonadonlarni taklif etadi.
Majmua shahar markazidan nisbatan uzoqda joylashganiga qaramay, boy tashqi va ichki infratuzilmaga, shuningdek, transport uchun qulayliklarga ega.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida xarid qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

📞 +998781130297
🌐 gh.uz| Telegram
📍 Савдо офиси

Reklama
16 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 16 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/83242923

➡️ Jizzax xabarlari
«Prava»ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas - DXA

Eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish shart emas. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

👉 https://kun.uz/uz/99559189

➡️ Jizzax xabarlari
Qurilish boshladingizmi? Demak sizga quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
— Tosh, shag‘al
— Qum, tuproq
— G‘isht, sement
— Sheben', klinets

🌐 QOOM — qurilishdagi asosiy bo'lgan qurilish materiallarini arzon narxlarda yetkazib berishda ishonchli hamkor.

🌐 QOOM — butun respublika bo‘ylab xizmat ko‘rsatamiz.

Reklama
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlab, hayvonot dunyosiga 101,5 million so‘m zarar yetkazgan.

👉 https://kun.uz/uz/74406699

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti
📆 15.02.2022

Chegarada ushlab qolingan narkotik, qimmatlayotgan oltin, Samarqandga yangi prokuror, Gulnora Karimovaning qaytarilayotgan boyliklari, Kiyevdan Lvovga ko‘chirilayotgan AQSH elchixonasi
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunonline
Nogironlikni olish tartibi o‘zgartirildi

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/53362229

➡️ Jizzax xabarlari
17 fevral kuni O‘zbekistonda havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/14062790

➡️ Jizzax xabarlari
Forwarded from Golden House
Ixcham va oilaviy xonadonlar

YAshnobod tumanidagi sokin va shinam mahallada joylashgan “Assalom Havo” do'stona turar-joy majmuasi tayyor ta'mirlangan ixcham oilaviy xonadonlarni taklif etadi.
Majmua shahar markazidan nisbatan uzoqda joylashganiga qaramay, boy tashqi va ichki infratuzilmaga, shuningdek, transport uchun qulayliklarga ega.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida xarid qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

📞 +998781130297
🌐 gh.uz| Telegram
📍 Савдо офиси

Reklama
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) o‘zgartirishlar kiritildi.

👉 https://kun.uz/uz/23094760

➡️ Jizzax xabarlari
🇺🇿 Oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab ulgurji sotmoqchimisiz?

🤝 Mahsulotlaringizga ko‘proq xaridor topish niyatida bo‘lsangiz, Oziqovqat.com ilovasini yuklab oling va savdongizni oshiring!

👍 Oziqovqat.com bilan bozorma-bozor yurishdan qutuling!

Reklama