Kun.uz | Online
67.6K subscribers
9.15K photos
5.25K videos
9 files
2.59K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Rasmiy bot: @Kunuz_News_Bot
Murojaat uchun: [email protected]

Reklama:
+998 78 1
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ukraina tunda Rossiya bo‘ylab 2025-yildagi eng ommaviy hujumni uyushtirdi.

▪️Dronlar Rossiyaning Tula, Rostov, Voronej va Oryol oblastlariga hujum qildi.
▪️Qozon, Kaluga, Saratov, Tambov, Penza, Nijnekamsk va Ulyanovsk aeroportlarida cheklovlar joriy etildi.
▪️Qozonda dron hujumidan so‘ng gaz sisternasi yonib ketdi.
▪️Engels va Saratovda maktablarda darslar bekor qilindi, u yerda ikkita sanoat obyekti zarar ko‘rgan.
▪️Bryanskdagi kimyo zavodi ham nishonga olindi.

Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jami 200 dan ortiq dron hujum qilgan.

👉 @kunonline
Mask TikTok’ni sotib olishi mumkin — Bloomberg

Agentlik xabariga ko‘ra, Xitoy hukumati AQShda TikTok’ning bloklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ijtimoiy tarmoqning Amerikadagi bo‘limini Ilon Maskka sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Agar bunday kelishuv amalga oshsa, TikTok Maskka tegishli X nazoratiga o‘tishi mumkin. Xitoy ma’muriyati Tramp ma’muriyati bilan tariflar va eksport nazorati masalalarida “murakkab muzokaralar” o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Bloomberg ta’kidlashicha, TikTok bilan bitim “munosabatlarni yaxshilash uchun imkoniyat” sifatida qaralmoqda.

O‘z navbatida TikTok vakili Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olishi haqidagi gaplarni “uydirma” deb atadi.

AQShda 19-yanvardan TikTok’ni taqiqlash haqidagi sud qarori kuchga kiradi.

👉 @kunonline
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga 900 dan ortiq mahbus jalb qilindi

Shtat hukumati anchadan beri bu usulni qo‘llab keladi. Mahbuslarga bu ish uchun kuniga 10 dollar va favqulodda vaziyatlarda ishlagan har bir soati uchun qo‘shimcha 1 dollar beriladi. Bundan tashqari, xizmat qilgan har bir kun uchun mahkumning qamoq muddatidan ikki kun ayriladi.

Ko‘pchilik tanqidchilar bu dasturga qarshi. Ular mahbuslar xavfli ish uchun AQShdagi eng kam ish haqidan ham kamroq maosh olishini aytmoqda.

👉@kunonline
Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda

Ushbu masala 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

👉@kunonline
Parij Olimpiadasining 100 dan ortiq medali nuqsonli bo‘lib chiqdi

Sovrindorlar ularni Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga qaytardi. Qo‘mita medallarni almashtirishga va’da bermoqda.

👉 @kunonline
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

Raisning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda uning o‘rniga yangi rais ham 5 yilga saylanadi.

👉 @kunonline
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kuch tuzilmalari rahbarlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumentiga gul qoʻydi

Rasmda chap tarafdan:

Mudofaa vaziri — general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov

DXX raisi — general-polkovnik Bahodir Qurbonov

DXX raisi oʻrinbosari — general-mayor Botir Tursunov

Ichki ishlar vaziri — general-leytenant Poʻlat Bobojonov

Milliy gvardiya qoʻmondoni — general-mayor Rustam Joʻrayev

Favqulodda vaziyatlar vaziri — general-mayor Abdulla Qoʻldoshev

Bojxona qoʻmitasi raisi — general-mayor Akmalxoʻja Mavlonov

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

👉 @kunonline
Samarqand shahri kengayadi

Deputatlar qabul qilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Oqdaryo tumanidan 243 gektar va Samarqand tumanidan 170 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

👉 @kunonline
Bosh prokuror va O‘zbekiston kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Avvalroq bu lavozimda “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev faoliyat yuritgan.

👉 @kunonline
Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelinadi

Bundan tashqari, poytaxtdagi avtobus bekatlariga QR-kodli bir martalik qog‘oz chiptalarni xarid qilish uchun 675 dona infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

Papenburg logistika kompaniyasi nafaqat ish bilan ta’minlash, balki xodimlarni Yevropa standartlari bo‘yicha o‘qitishni ham maqsad qilgan. Haydovchilar stajirovka davrida 800 yevro maosh oladi. Stajyorlik qilayotgan o‘zbekistonlik yigitlardan biri bu haqda DW nashriga intervyu berdi.

Germaniyada hozirda 70 ming yuk mashina haydovchilari yetishmayapti.

👉 @kunonline
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi

Mamlakat tarixida birinchi marta vaqtincha lavozimidan chetlatilgan, ammo amaldagi prezident Yun Sok Yol qo‘zg‘olonchilikda ayblanib hibsga olindi, deb xabar bermoqda Yonhap.

👉 @kunonline
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi

Google ma’muriy jazodan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topilgan. Sudda aynan qaysi holat bo‘yicha ish ko‘rib chiqilgani oshkor qilinmagan.

👉 @kunonline
Armaniston va AQSH strategik sheriklik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Davlat departamenti rahbari Blinken AQSH “Armaniston suverenitetini mustahkamlashni maqsad qilganini” ta’kidladi.

👉 @kunonline
Turkiyada qalbaki alkogoldan zaharlanib 6 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Bunday ichimlikni tayyorlashda gumonlanayotgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi hibsga olindi.

👉@kunonline
Qozog‘istonda 18 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa bugun ertalab Olmaota — Ust-Kamenogorsk trassasida yuz bergan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

👉 @kunonline
Los-Anjelesda keng ko‘lamli yong‘in qurbonlari soni 25 kishiga yetdi

Yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan. Yong‘in bilan bog‘liq ishda 14 kishi, jumladan, o‘t qo‘yishda gumon qilingan uch nafar shaxs hibsga olindi.

👉 @kunonline
JSST hozirda metapnevmovirus infeksiyasidan pandemiya xavfi yo‘qligini ma’lum qildi

Ushbu infeksiya dekabr oyida Xitoyda keng tarqaldi va yangi pandemiya kelib chiqishi haqida xavotirlarga sabab bo‘ldi.

👉@kunonline