Kun.uz | Online
67.6K subscribers
9.15K photos
5.25K videos
9 files
2.59K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Rasmiy bot: @Kunuz_News_Bot
Murojaat uchun: [email protected]

Reklama:
+998 78 1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi

Ushbu shaxs oldin ham 3 marta sudlangan. Bu safar u tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqaroga yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maskning Starship raketasi yettinchi sinov parvozi paytida portlab ketdi

Hodisa parvoz boshlanganidan taxminan sakkiz yarim daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan. Maskning aytishicha, avariyaga yonilg‘i sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Meksika qo‘ltig‘i ustidan parvoz qilayotgan samolyotlar Starship’ning qulayotgan bo‘laklarini aylanib o‘tishga majbur bo‘lgan. O‘nlab aviakompaniyalar yo‘nalishini o‘zgartirdi, deb yozmoqda Reuters.

👉 @kunonline
Qozog‘iston milliy banki bazaviy stavka bo‘yicha qaror qabul qildi. U 15,25 foiz darajasida qoldirildi.

👉 @kunonline
Maktab va kollej oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar auksionda qatnasha oladi:

▪️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
▪️umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
▪️oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;
▪️shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.

👉 @kunonline
Mercedes-Benz E-Class dunyodagi eng xavfsiz avtomobil deb topildi

Xitoyning Zeekr X krossoveri esa elektromobillar orasida xavfsizlik bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi 👉@kunonline
Turkiyada qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Istanbul shahrida 14-yanvar kuni 6 nafar, 15-yanvar kuni 4 nafar va 16-yanvar kuni yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki metil va etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Shuningdek, hozirda spirtli ichimlikdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizilganlardan 3 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Ayni paytga kelib, Turkiya bo‘ylab qo‘lbola alkogoldan zaharlanganlar soni 88 nafarga yetdi. Ulardan 37 nafari vafot etdi. Qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari hamda xorijliklar ham mavjud.

👉@kunonline
Binance kripto-birjasi O‘zbekistonda ishlashni boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Binance tegishli kelishuvga erishdi. O‘zbekiston rezidentlari Binance platformasiga CoinPay orqali kirishi mumkin bo‘ladi.

👉@kunonline
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 20-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 967,00 soʻm (+11,74)
🇷🇺 RUB 126,49 soʻm (+0,05)
🇪🇺 EUR 13 352,12 soʻm (+25,04)

👉 @kunonline
Haj va Umra ziyorati uchun emlanganlik haqida sertifikat talab etiladi

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatga Umra va Haj ziyorati yoki ziyorat davrida mavsumiy ishlash uchun keladiganlar meningit infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lishi kerak.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi U 2013-2019-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan, hozirgacha Jizzax viloyati…
Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bekzod Turg‘unovich Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bungacha Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

👉 @kunonline
Putin va Pizishkiyon Moskvada Rossiya-Eron o‘rtasidagi umumqamrovli strategik sheriklik shartnomasini imzolashdi

Shartnoma savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish va xavfsizlik bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bu qadam ikki davlatning g‘arb sanksiyalariga qarshi qo‘shma pozisiyasini mustahkamlashi hamda mintaqaviy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi kutilayapti.

👉 @kunonline
“O‘zkomnazorat"ga rahbar tayinlandi

Prezident qarori bilan Farrux Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ukraina dronlari Rossiyaning Kaluga oblastidagi neft omboriga hujum qildi

Zarbadan keyin omborda katta yong‘in boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

👉 @kunonline
Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaydi

2024 yilda mamlakat aholisi undan oldingi yilga nisbatan 1,29 mln kishiga qisqargan. Xitoyliklar soni 2022-yildan kamayishni boshlagan.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni rasman imzoladi — Axios Shu bilan birga, Isroil vazirlar mahkamasi kelishuvni ma’qullash bo‘yicha ovoz berishni 18-yanvar oqshomiga qoldirgan. 👉 @kunonline
Isroil hukumati Hamas bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

24 nafar vazir qarorni yoqlab, 8 nafari qarshi ovoz berdi. Hukumat majlisi yetti soatdan ko‘proq davom etdi.

Bitimning birinchi bosqichida Hamas 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi, Isroil esa bir yarim mingdan ortiq falastinlik mahbusni qamoqdan chiqarishi kerak.

👉 @kunonline
Tramp inauguratsiyadan keyingi kuni muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshlaydi — WSJ

Nashr bu haqda Tramp ma’muriyatining rejalaridan xabardor to‘rt kishiga tayanib xabar berdi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda xorijdan 483 nafar o'zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi — Migratsiya agentligi

Ularning 474 tasi Rossiyadan, qolgani Turkiya, Koreya va Qozogʻistondan olib kelingan. Oʻzbekiston fuqarolarning jasadlari ularning yaqinlari murojaatiga koʻra olib kelinadi.

Agentlikka koʻra, jasadlarni olib kelish xarajatlari Rossiyadan 1000 dollargacha, Angliyadan 4-5 ming dollargacha, Yaponiya yoki Koreya boʻlsa, 9 ming dollargacha boʻladi. Xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

👉 @kunonline
🇬🇧 Har 45 daqiqada bitta millioner Buyuk Britaniyani tark etmoqda

Bunga bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasining soliq siyosati sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi The Times.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Turkiyada qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi Istanbul shahrida 14-yanvar kuni 6 nafar, 15-yanvar kuni 4 nafar va 16-yanvar kuni yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki metil va etil spirtidan zaharlanish oqibatida…
Turkiyada qoʻlbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar 17 nafarga yetdi

2025-yil 17-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida yana 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. Bosh konsulxona ularning jasadlarini Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda oila aʼzolariga kerakli yordam koʻrsatilmoqda.

Shuningdek, Istanbuldagi shifoxonalarning jonlantirish boʻlimida yana 5 nafar oʻzbekistonlik qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanishdan davolanmoqda.

👉@kunonline
Kun.uz | Online
Turkiyada qoʻlbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar 17 nafarga yetdi 2025-yil 17-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida yana 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. Bosh konsulxona…
Alkogoldan zaharlanib, doktorga bormaganlar ham bor — Konsulxona

Istanbuldagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi maʼlumotlariga koʻra, baʼzi vatandoshlarimiz zaharlangan boʻlsa-da, uy sharoitida davolanishga harakat qilib, shifoxonaga bormagan holatlar ham aniqlandi.

“Ularga murojaat qilinganda, shifoxonaga borish moddiy jihatdan qimmatga tushishi mumkinligini aytishdi. Biroq keyinchalik bunday qarorlar buyrak faoliyatining ishdan chiqishi, koʻrish qobiliyatining yomonlashishi va nafas olishda muammolar yuzaga kelishiga olib kelmoqda, - deyiladi xabarda.

Konsullikka koʻra, zaharlanish alomatlari sezilganda 112 qisqa raqami orqali tez yordam chaqirtirilishi hamda shifoxonaning “qizil hududi” (“kırmızı alan”) orqali qabul qilinishi lozim. Turkiyada bu xizmat bepul koʻrsatiladi.

👉@kunonline