Kun.uz | Online
67.6K subscribers
9.16K photos
5.26K videos
9 files
2.59K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Rasmiy bot: @Kunuz_News_Bot
Murojaat uchun: [email protected]

Reklama:
+998 78 1
Download Telegram
🟡 Ukrainadagi urush bo‘yicha 14 may kunidagi asosiy voqealar:

🔹Xarkov meri Rossiya qo‘shinlari shahar atrofidan chekinib, Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlanganini xabar qildi. Bu ma’lumot boshqa manbalar tomonidan ham tasdiqlangan. Xarkov merining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya shaharni besh kundan buyon o‘qqa tutishni to‘xtatgan va shahar aholisi evakuatsiya qilingan hududlaridan qayta boshlagan. Avvalroq nufuzli xalqaro ekspertlik tashkiloti Rossiya Xarkovdagi jangni yutqazganini xabar qilgandi.

🔹Putin finnlar prezidenti Sauli Niinistyo bilan suhbatda Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi katta xato bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Avvalroq Rossiya Finlandiyaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgandi.

🔹«Katta yettilik» mamlakatlari qo‘shma bayonot chiqardi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini natijasida yuzaga kelgan chegaralar hech qachon tan olinmasligi aytilgan.

🔹Ukraina harbiy razvedkasi rahbari urush yakunida Ukraina Donbass va Qrimni qaytarib olishiga shubha qilmayapti.

🔹Volodimir Zelenskiy Mariupoldagi «Azovstal»dan yarador ukrain jangchilarini evakuatsiya qilish bo‘yicha «juda murakkab muzokaralar» ketayotgani haqida xabar qildi.

👉 @kunonline
“Qancha arzon bo‘lsa, shuncha tanqis bo‘ladi” — iqtisodchilar energetika islohoti haqida

O‘zbekistonda sog‘lom raqobat muhitiga asoslangan, barcha ishtirokchilar teng imkoniyatlarga ega bo‘ladigan va narxlar shaffof ravishda shakllanadigan, eng muhimi tanqislik muammosini hal etishi kerak bo‘lgan energetika islohoti o‘tkazilishi lozim: prezident farmoniga asosan, 2022 yilda o‘zgarishlarning huquqiy asoslari yaratiladi. Kun.uz bu nega muhimligi haqida iqtisodchilarning fikri bilan qiziqdi.

👉 @kunonline
⚡️Turkiya «Azovstal»dagi yarador harbiylarni dengiz orqali Istanbulga evakuatsiya qilishni taklif etdi

Turkiya ukrainalik askarlarni Mariupoldan 65 kilometr masofada joylashgan, ayni vaqtda rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan Berdyansk shahriga olib chiqib, u yerdan turklar kemasi orqali Istanbulga olib kelish bo‘yicha taklif bildirdi.

👉 @kunonline
Prezident Abu-Dabiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan tashkil etiladigan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.

👉 @kunonline
❗️ Finlandiya rasman NATOga kirish haqida qaror qabul qildi

Bu haqda Reuters mamlakat prezidenti Sauli Niinistega asoslanib xabar berdi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Azovstal»ga ilk marta fosforli snaryadlar tashlandi

Jeneva konvensiyasiga ko‘ra bunday o‘q-dorilar qo‘llash taqiqlangan.

👉 @kunonline
❗️ Finlandiya ortidan Shvetsiya ham NATOga a’zo bo‘lish uchun murojaat qilish to‘g‘risida rasman qaror qabul qildi

👉 @kunonline
Ukraina Mudofaa vazirligi: Ukraina Qurolli Kuchlari bataloni Rossiya bilan chegaraga chiqdi

Ukraina Qurolli Kuchlari hududiy mudofaa kuchlarining Xarkov shahridagi 127-brigadasining 227-bataloni rus qo‘shinlarini tor-mor keltirdi va yakshanba kuni Rossiya bilan davlat chegarasiga yetib keldi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Facebook’dagi sahifasida aytilgan.

👉 @kunonline
Shveysariya konserni Vekselbergga qarshi sanksiyalar tufayli Polshadagi faoliyatini to‘xtatdi

Shveysariyaning Sulzer sanoat konserni Polsha hukumati minoritar aksiyadorlaridan biri Viktor Vekselbergga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari tufayli Polshadagi ikkita shu'ba korxonasining ishini to'xtatib qo'yishga majbur bo'ldi.

👉 @kunonline
🟡 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

🔹 Nikolayev va Xersonda tunda kuchli portlash ovozlari eshitildi - shaharlar o‘qqa tutilgani taxmin qilinmoqda. Nikolayev meri shaharda bir portlash ro‘y berganini tasdiqlagan, mahalliy nashrlar «aviazarba» haqida xabar bergan. Ukraina qurolli kuchlari Dolgenkoye, Russkiye Tishki, Ternovaya va Petrovka aholi punktlaridagi fuqarolik infratuzilmalari o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan.

🔹 Volodimir Zelenskiy hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi. U bu lavozimdan Yuriy Galushkinni bo‘shatdi va Igor Tansyurni tayinladi. Tayinlovga qadar Tansyur quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari bo‘lgan.

🔹 Ukraina qurolli kuchlari hududiy mudofaa kuchlarining Xarkov shahridagi 127-brigadasining 227-bataloni rossiyalik harbiylarni chekintirdi va yakshanba kuni Rossiya bilan chegaralargacha chiqdi.

🔹 Kiyevda 17 maydan Hindiston elchixonasi faoliyati ham tiklanadi - fevralda bu elchixona Polshaga evakuatsiya qilingandi. Shuningdek AQSHning Kiyevdagi elchixonasi ham to‘liq qaytishi kutilmoqda.

👉 @kunonline
🔺 AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 17-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 164,86 so‘m (+14,72)
🇷🇺 RUB 173,37 so‘m (+0,87)
🇪🇺 EUR 11 629,32 so‘m (+62,16)

👉 @kunonline
🔴 Putinning KXSHT sammitidagi asosiy gaplari:

▪️Urush paytida Rossiya «bizning chegaralarimiz yaqinida biologik qurol komponentlari yaratilgani»ga oid hujjatli dalillarga ega bo‘ldi, dedi Putin;

▪️MDHga KXSHT qoshidagi kuzatuvchi maqomi berilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi;

▪️Gʻalaba xotirasini himoya qilish hamda natsistlar va ularning sheriklarini oqlashga bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshi turish kerak. Hozirda Yevropaning qator davlatlarida xaloskorlarning yodgorliklarini buzishmoqda, tarixni qayta yozishmoqda;

▪️ NATO birgina AQSHning tashqi siyosati instrumenti sifatida ishlatiladi. Uning kengayishi shusiz ham notinch bo‘lgan global xavfsizlik muhitidagi vaziyatni yanada keskinlashtiradi;

▪️Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bizga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf solmaydi. Ammo ushbu mamlakatlarda harbiy infratuzilmalar kengaytirilsa, Rossiya javob qaytaradi.

👉 @kunonline
Qashqadaryo hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat kengashi deputati etib saylandi

Uning nomzodi Shahrisabz tumanidagi 53-Qutchi saylov okrugidan ko‘rsatilgan. Ma’lumot uchun, Murotjon Azimov 1976-yil Kitob tumanida tug‘ilgan. O‘zLiDeP a’zosi.

👉 @kunonline
AQSh elchisi – soqol tadbirlari haqida

“O‘zbekistonda eski davrni aks ettiruvchi muammolar hali ham borligi odamni tashvishga soladi. Masalan, fuqarolarni ekstremistik materiallar saqlagani uchun qamash, diniy tashkilotni ro‘yxatga olishda to‘siqlar mavjud. Yana bir muammo – politsiya tomonidan soqol qo‘yganlar soqolini majburlab olib tashlanishi. Bunday harakatlardan Amerika xursand emas”, – dedi Deniel Rozenblyum bugun Toshkentda o‘tgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida.

👉 @kunonline
⚡️«Azovstal»dan katta evakuatsiya

Reuters «Azovstal»dan 300 nafar ukrainalik harbiy evakuatsiya qilinganini xabar qildi. Ularning 50 nafari og‘ir yarador. Evakuatsiya asirlar almashuvi doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Hozircha Ukraina bu borada rasmiy bayonot bermadi. Volodimir Zelenskiy kechki videohisobotida shu haqda gapirishi kutilmoqda.

👉 @kunonline
⚡️Ukraina «Azovstal»dan amalga oshirilgan evakuatsiyani tasdiqladi

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Ganna Malyarning aytishicha, 53 nafar og‘ir yarador harbiy Novaazovskdagi kasalxonaga olib ketilgan. 211 nafar harbiy esa rus asirlariga almashiladi.

«Mariupol himoyachilari oldiga qo‘yilgan barcha vazifa bajarildi. Asosiy vazifa ularning hayotini saqlab qolish edi. Afsuski, ayni damda «Azovstal»ni harbiy yo‘l bilan deblokada qilish imkonsiz», degan vazir o‘rinbosari.

Volodimir Zelenskiy ham kechki hisobotida bu haqda gapirdi: «Mariupol himoyachilarini saqlab qolishimiz kerak edi, ular bizga tirik holatda kerak», dedi Ukraina yetakchisi.

👉 @kunonline