Kun.uz | Online
67.6K subscribers
9.15K photos
5.25K videos
9 files
2.59K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Rasmiy bot: @Kunuz_News_Bot
Murojaat uchun: [email protected]

Reklama:
+998 78 1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 @kunonline
Agar Tramp Kanadani AQSHga qo‘shib olsa, bu respublikachilardan ko‘ra demokratlarga ko‘proq ovoz olib keladi — Politico.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp hozirda Putin bilan uchrashuvi tayyorlanayotganini aytdi

«U uchrashishni istamoqda. Va biz tayyorlanyapmiz. Biz bu urushni yakunlashimiz kerak. Bu qonli bo‘tqa», degan u.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 13-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 957,00 soʻm (+16,56)
🇷🇺 RUB 127,77 soʻm (+0,92)
🇪🇺 EUR 13 345,71 soʻm (+9,29)

👉 @kunonline
Olmazorda prokuratura tergovchisi 20 ming dollar, Chortoqda prokuror katta yordamchisi 2400 dollar pora bilan ushlandi

👉 @kunonline
Pokiston bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi

Joriy yil fevral oyining uchinchi haftasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Ozarbayjon va Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mahalliy nashrlarga koʻra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida Oʻzbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi, shuningdek, muhim savdo shartnomalarini imzolaydi.

👉 @kunonline
Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 fuqaro vafot etdi

9-yanvar kuni Paxtachi tumanidagi “Qoraqoʻton” togʻ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan. Ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 kishi tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uzʼga maʼlum qilishicha, marhumlarning oʻlimi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan, tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

👉 @kunonline
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 14-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 972,08 soʻm (+15,08)
🇷🇺 RUB 126,61 soʻm (-1,16)
🇪🇺 EUR 13 223,74 soʻm (-121,97)

👉 @kunonline
Grenlandiyaning beshta partiyasi ham Trampning orolni AQSHga qo‘shib olish g‘oyasiga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda Daniya radiosi.

Partiyalar AQSHga qo‘shilishga emas, Daniyadan mustaqillikka intilayotgani haqida bayonot berishgan.

👉 @kunonline
500 nafar mansabdorning korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi

O‘zbekistonda 2025 yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD haydovchisi svetoforning miltillovchi yashil chirog‘ida o‘tib ketishga urinib, oldinda to‘xtab turgan Nissan avtomobili bilan to‘qnashgan. Natijada Nissan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborgan.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ukraina tunda Rossiya bo‘ylab 2025-yildagi eng ommaviy hujumni uyushtirdi.

▪️Dronlar Rossiyaning Tula, Rostov, Voronej va Oryol oblastlariga hujum qildi.
▪️Qozon, Kaluga, Saratov, Tambov, Penza, Nijnekamsk va Ulyanovsk aeroportlarida cheklovlar joriy etildi.
▪️Qozonda dron hujumidan so‘ng gaz sisternasi yonib ketdi.
▪️Engels va Saratovda maktablarda darslar bekor qilindi, u yerda ikkita sanoat obyekti zarar ko‘rgan.
▪️Bryanskdagi kimyo zavodi ham nishonga olindi.

Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jami 200 dan ortiq dron hujum qilgan.

👉 @kunonline
Mask TikTok’ni sotib olishi mumkin — Bloomberg

Agentlik xabariga ko‘ra, Xitoy hukumati AQShda TikTok’ning bloklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ijtimoiy tarmoqning Amerikadagi bo‘limini Ilon Maskka sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Agar bunday kelishuv amalga oshsa, TikTok Maskka tegishli X nazoratiga o‘tishi mumkin. Xitoy ma’muriyati Tramp ma’muriyati bilan tariflar va eksport nazorati masalalarida “murakkab muzokaralar” o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Bloomberg ta’kidlashicha, TikTok bilan bitim “munosabatlarni yaxshilash uchun imkoniyat” sifatida qaralmoqda.

O‘z navbatida TikTok vakili Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olishi haqidagi gaplarni “uydirma” deb atadi.

AQShda 19-yanvardan TikTok’ni taqiqlash haqidagi sud qarori kuchga kiradi.

👉 @kunonline
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga 900 dan ortiq mahbus jalb qilindi

Shtat hukumati anchadan beri bu usulni qo‘llab keladi. Mahbuslarga bu ish uchun kuniga 10 dollar va favqulodda vaziyatlarda ishlagan har bir soati uchun qo‘shimcha 1 dollar beriladi. Bundan tashqari, xizmat qilgan har bir kun uchun mahkumning qamoq muddatidan ikki kun ayriladi.

Ko‘pchilik tanqidchilar bu dasturga qarshi. Ular mahbuslar xavfli ish uchun AQShdagi eng kam ish haqidan ham kamroq maosh olishini aytmoqda.

👉@kunonline
Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda

Ushbu masala 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

👉@kunonline
Parij Olimpiadasining 100 dan ortiq medali nuqsonli bo‘lib chiqdi

Sovrindorlar ularni Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga qaytardi. Qo‘mita medallarni almashtirishga va’da bermoqda.

👉 @kunonline
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

Raisning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda uning o‘rniga yangi rais ham 5 yilga saylanadi.

👉 @kunonline