"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.2K subscribers
4.6K photos
146 videos
20 files
1.12K links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
E’LON


Ertaga Elobod mahallasi ochiq maydonshasida "Kimyogarlar" kasb bayrami munosabati bilan konsert dasturi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

🎤Konsert dasturini tomosha qilishga barchani taklif etamiz.

Vaqti:
Soat 16:00


✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati
#Bayram dasturxoni

⚡️Bugun "Kimyogarlar" kasb bayrami munosabati bilan korxona ishchi xodimlariga bayram dasturxoni tuzilib, osh tarqatildi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati
"Kimyogarlar" kasb bayrami keng nishonlandi.

 ⚡️ Bugun Elobod shaharchasi ochiq maydonchasida "Kimyogarlar" kasb bayrami yuqori darajada o'tkazildi.

⚡️Bayram tadbirida “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori J.Mustafayev va Qo'ng'irot tuman hokimi B.Madaminov ishtirok etib,   barcha korxona xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
✔️Tadbir davomida har oyda korxona tomonidan an’anaga aylangan “Oynin eng yaxshi xodimi” tanlovining aprel oyi gʻoliblariga diplom, korxonada ko'p  yillardan beri mehnat qilayotgan faol  xodimlarga "O'zkimyosanoat" AJning faxriy yorliqlari va Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan sanatoriyalar uchun bepul yo'llanmalar,  hamda korxona bir qator faxriy xodimlariga  "Faxriy" xodim ko'krak nishonlari topshirildi.
📌Bundan tashqari kasaba uyushmasi tomonidan o'tkazilgan sport musobaqasi g'oliblariga esdalik sovg'alari topshirildi.
🎤Bayram tadbiri Qoraqalpoq estrada yulduzlari hamda tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan ulashib ketdi.
#Yoshlar forumi
#taqdirlash_marosimi

GʻOLIB VA SOVRINDORLAR TAQDIRLANDI

➡️Kimyo sanoati yosh mutaxassislari milliy forumida qatnashgan sport musobaqalari gʻoliblari, “Zakovat” intellektual oʻyini sovrindorlari, forumning eng faol ishtirokchilari sertifikat, “Oʻzkimyosanoat”AJ kubogi, pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

➡️“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi 1,2,3 oʻrin sovrindorlariga 50 mln,30 mln, 20 mln. soʻmlik vaucherlar topshirildi.

Quvonarlisi o'tkazilgan forumda "Qo'ng'irot soda zavodi' MCHJ QK yoshlari ham faol qatnashib faxrli o'rinlarni egalladi.

➡️Shuning bilan yoshlar milliy forumi o‘z nihoyasiga yetdi.