Kundalik.com I Buxoro viloyati
6.11K subscribers
6.35K photos
6.1K videos
3.48K files
11.5K links
Халқ таълими соҳаси ва kundalik.com сайтидаги янгиликлари ҳақида маълумот берувчи ўқитувчилар канали.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЎҚИТУВЧИ ЎҚУВЧИНИ УРИБ БУРНИНИ ҚОНАТДИ

‼️Қашқадарё вилояти Шаҳрисабз тумани 33-умумий ўрта таълим мактаби 5-синф ўқувчиси экани айтилмоқда.  Маълумотларга кўра инглиз тили ўқитувчиси  уриб ҳақоратлаб шу аҳволга солган.

Холат кеча бўлгани айтилмоқда...

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
ona_tili.pdf
983.8 KB
➡️ Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchilar uchun ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6-7-10-sinf adabiyot yangi nashr savolnoma.pdf
1.3 MB
📚 Qo‘llanma: Yangi darsliklardan savol-javoblar to‘plami
❗️ Attestatsiyaga tayyorlanuvchilar uchun foydali
👤 Muallif: Go‘zal Islomova

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
🟦🟦🟦

Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni elektron platformaga (oo.uzedu.uz) kiritish saytdagi texnik nosozlik tufayli kechikmoqda.

⚙️Hozirda IT mutaxassislar ishlarni olib borishmoqda, yaqin orada yakunlashadi.

Agarda texnik jihatdan muammo o’z yechimini topmasa yoki nosozlik davom etadigan bo’lsa, u holda ro’yxatni qog’oz shaklda shakllantirishga ruxsat beriladi.

Texnik nosozlik uchun UZR so’raymiz!

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Buxoro viloyatidagi qator taʻlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganmoqda.

Jumladan, Pedagogik mahorat markazida amalga oshirilayotgan taʻlimga oid islohotlar, pedagoglarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitishda olib borilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishib, pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish orqali umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirishdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Pedagogik mahorat markazining yangi ta'mirlanayotgan binosi, uning atrofi hamda oʻquv xonalarining sharoitlarini koʻzdan kechirdi va mas'ul rahbarlar bilan suhbat oʻtkazib, keyingi vazifalar belgilab olindi.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 2024-yil 9-oktabr holatiga ko‘ra “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 13 307 ta o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

🌀 O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 286 ta.
Andijon viloyati: 207 ta.
Buxoro viloyati: 1381 ta.
Jizzax viloyati: 926 ta.
Qashqadaryo viloyati: 1461 ta.
Navoiy viloyati: 148 ta.
Namangan viloyati: 947 ta.
Samarqand viloyati: 1243 ta.
Sirdaryo viloyati: 101 ta.
Surxondaryo viloyati: 3956 ta.
Toshkent viloyati: 1022 ta.
Farg‘ona viloyati: 465 ta.
Xorazm viloyati: 970 ta.
Toshkent shahri: 194 ta.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddatini joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirgandi.

Ammo so‘nggi kunlarda ko‘rib chiqilayotgan arizalardagi xatolarni tuzatish va qayta topshirish uchun pedagoglarga imkoniyat berilmagani muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Batafsil

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddatini joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirgandi.

Ammo so‘nggi kunlarda ko‘rib chiqilayotgan arizalardagi xatolarni tuzatish va qayta topshirish uchun pedagoglarga imkoniyat berilmagani muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Batafsil

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентда мушукни деразадан ташлаб юборган ўқитувчи 375 минг сўм жаримага тортилди

Ўқувчилар синфхонага мушук олиб кирган, бироқ ўқитувчи уларни чалғимасин, дея деразадан отиб юборган.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024 йил август-декабрь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун юборилган барча мурожаатлар (шу жумладан, таҳрирлаб қайтадан юборилган мурожаатлар ҳам) тоифа имтиҳонларига қадар кўриб чиқилади ва ўрганиш натижалари тўғрисида педагог кадрларнинг ШАХСИЙ КАБИНЕТларига хабарлар юборилади!

P.S.Мурожаат юборган педагогларга вақти-вақти билан Шахсий кабинетинларига кириб мурожаати ҳолати билан танишиб туришини тавсия қиламиз.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Forwarded from eMaktab.uz
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️Мажбурий меҳнат тақиқланган ва унга йўл қўйилмайди!

Охирги пайтларда таълим муассасаларида мактаб ўқитувчиларни пахта йиғим-теримига мажбурлаш ҳолатлари учрамоқда.

Бу каби ҳолатлар одам савдоси ва мажбурий меҳнатга қарши курашиш миллий комиссияси томонидан назоратга олинган.

Бундай вазиятларга дуч келган фуқароларга 1282 ёки 1092 қисқа рақамларига, шунингдек, Телеграм-бот @munosibmehnat_bot орқали мурожаат қилишларини сўраб қоламиз.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz
Фан олимпиадалари ғолибларига тўланадиган пул мукофотлари ва бериладиган совғалар даромад солиғидан озод этилади

Президентнинг тегишли қарорига асосан фан олимпиадалари ғолибларига тўланадиган пул мукофотлари ва бериладиган совғалар даромад солиғидан озод этилади.

eMaktabuz
📙
https://t.iss.one/kundalikbuxoro
📗
https://t.iss.one/emaktabuz