Ko'kaldosh madrasasi
7.85K subscribers
19.3K photos
3.07K videos
671 files
18K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Qabul-2025 boʻyicha tel.raqamlar +998 71 244 48 27 yoki 712421082
Download Telegram
#Ulamolar_sabri

Bunn

Ibnu Abdulhakam aytadi: “Shofeiyning shunday deganini eshitdim: “Muhammad ibn Hasan Shayboniy (ya’ni Imom Muhammad)ning bunday deyayotganini eshitganman: “Bu narsada – ya’ni ilmda – faqat yuragini bunn yaralaganlar ko‘tarila oladi”.

*Bunn – musofirlar kambag‘alligi sababidan nonga qo‘shib yeydigan arzon, sifati past nonxo‘rak.

Shayx Abdulfattaah Abu G‘uddaning “Ulamolarning ilm olish mashaqqatlariga ko‘rsatgan sabrlaridan namunalar” kitobi, 151-bet.

✍️ Poʻlat Ziynatulloh
"Ko'kaldosh" O'MIBY 3-kurs talabasi

@kukaldoshuz — diniy-ma'rifiy kanal!

🌐 Kukaldosh.uz | YouTube | Facebook | Instagram
7🔥7👍3
#Ulamolar_sabri

Bir yilga 20 dirham

Xatib Bag‘dodiyning “Damashq tarixi” va Ibn Hajar Asqaloniyning “Tahzibut tahzib” kitoblarida shunday deyiladi:
“Muhammad ibn Nasr Marvaziy aytadi: “Misrda bir necha yil istiqomat qildim. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, qog‘oz, siyoh va boshqa narsalarga qilgan harajatlarimning jami bir yilda bor-yo‘g‘i 20 dirham* bo‘lar edi”.

*O‘sha davrda zakot nisobi 200 dirham bo‘lganini inobatga olsak, 20 dirham pul zakot nisobining 10 dan 1 qismi, ya’ni bugungi kunda taxminan 3mln. 600 ming so‘m pulga to‘g‘ri keladi. O‘zga yurtda ilm olib yurgan kishining bir yilda shuncha mablag‘ sarflashi uning o‘ta qiyinchilikda kun kechirganini bildiradi.

Shayx Abdulfattoh Abu G‘uddaning “Ulamolarning ilm olish mashaqqatlariga ko‘rsatgan sabrlaridan namunalar” kitobi, 191-bet.


✍️ Poʻlat Ziynatulloh
"Ko'kaldosh" O'MIBY 3-kurs talabasi

@kukaldoshuz — diniy-ma'rifiy kanal!

🌐 Kukaldosh.uz | YouTube | Facebook | Instagram
👍9😭2
#Ulamolar_sabri

O‘lim to‘shagida olingan ilm

Abul Hasan Ali ibn Iyso Valvoliyjiy aytadi: Abu Rayhon Beruniyning oldiga kirdim. U qiynalib zo‘rg‘a nafas olar, o‘limi yaqinlashib qolgani bilinib turardi. Lekin shunday holatda bo‘lsa ham menga: “Ona tarafdan bo‘lagidan buvilarning merosdagi ulushi qancha bo‘lardi?!” deb meros ilmidagi bir masalani so‘radi.
Mening hayratim oshib: “Shu ahvolingizda ham-a?! (ya’ni o‘zingiz qiynalib turgan holingizda ham ilm haqida o‘ylayapsizmi)” dedim. U menga: “Albatta, shu masalani bilmasdan o‘lganimdan bilib ketganim yaxshi-ku!” dedi.
Men unga masalaning javobini aytdim. U esa yodlab, menga qaytarib aytib berdi. Shundan so‘ng uning oldidan chiqdim. Uning uyidan uzoqlashmasimdan xonadon ahlining yig‘i ovozlari eshitildi.

Shayx Abdulfattoh Abu G‘uddaning “Ulamolarning ilm olish mashaqqatlariga ko‘rsatgan sabrlaridan namunalar” kitobi, 132-bet.

✍️ Poʻlat Ziynatulloh
"Ko'kaldosh" O'MIBY 3-kurs talabasi

@kukaldoshuz — diniy-ma'rifiy kanal!

🌐 Kukaldosh.uz | YouTube | Facebook | Instagram
👍10🔥3