Ko'kaldosh madrasasi
6.26K subscribers
17.8K photos
2.61K videos
670 files
16.6K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

Murojaat uchun:
📨 @kukaldoshuzbot
Dushanba-shanba. 9.00-16.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Download Telegram
#namoz_vaqti

📆 26-iyul | 8-muharram
(Toshkent shahar vaqti bilan)

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos #karusel

Orzu qiladi...!

"Ko'kaldosh" O'MIBY Matbuot xizmati

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muslim.uz
Ҳадис илми мактабида ижодий имтиҳон бошланди

Бугун, 26 июль куни Самарқанд вилоятида жойлашган Ҳадис илми мактабига ҳужжат топширган абитуриентлар учун “Ҳадис ва Мусталаҳул ҳадис” фанидан ижодий имтиҳон бошланди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда диний соҳа раҳбарлари ва мутасадди вакиллари, имтиҳон олувчи педагог-ўқитувчилар ҳамда абитуриентлар иштирок этди.

Тадбир анъанага кўра Қуръони карим тиловати ва хайрли дуолар ила бошланди. Дастлаб Олий мактаб ректори Олимхон домла Юсупов қабул имтиҳонларини юқори савияда ўтказиш учун кўрилган тайёргарлик ишлари, имтиҳон жараёнида абитуриентлар учун яратилган шарт-шароитлар ҳақида маълумот берди.

Тадбирда сўзга чиққан Дин ишлари бўйича қўмита раисининг биринчи ўринбосари Давронбек Мақсудов ҳамда Ўзбекистон мусулмонлари идораси раисининг биринчи ўринбосари Ҳомиджон домла Ишматбековлар қабул имтиҳонларидан энг асосий мақсад абитуриентларнинг энг билимли ва зукколарини саралаб олиш экани, шу боис имтиҳонларни шаффоф, очиқ ва ошкора ўтказишга алоҳида эътибор берилиши зарурлигини қайд этди.

Сўнгра Диний идора Таълим ва илмий-тадқиқот бўлими мудири Салоҳиддин Шерхонов абитуриентларга ижодий имтиҳони ўтказиш тартиб-қоидалари ва баҳолаш мезонларини тушунтирди. Кейин қабул ҳайъати аъзолари, абитуриентлар ва ота-оналар гувоҳлигида имтиҳон билетлари солинган ва муҳрланган махсус қоплар очилиб, имтиҳон жараёнлари бошланди.

Эслатиб ўтамиз, шу йил 10 июль кунидан бошлаб Ҳадис илми мактабига ҳужжат топширган абитуриентлар учун “Араб тили”, “Ҳадис истилоҳлари”, “Ҳадис шарҳлари” ва “Ўзбекистон тарихи” фанлари бўйича масофавий тайёрлов курси ташкил этилди. Унда ижодий имтиҳон ва тест синовларини ўтказиш тартиб-қоидалари тушунтириб борилди.

Маълумот учун, эртага, 27 июл куни “Араб тили” ва “Ўзбекистон тарихи” фанларидан тест синовлари ўтказилади.

Бугунги ижодий имтиҳон очиқ ва шаффоф тарзда ўтказилмоқда. Мазкур жараённи қуйидаги линклар орқали онлайн кузатишингиз мумкин:
1 Youtube:👇 https://youtube.com/live/KL_9CgU0ayo?feature=share

🔴 LIVE 2 Youtube:👇 https://youtube.com/live/04NZJP1E_OI?feature=share

🔴 LIVE Facebook:👇 https://fb.me/e/3O3cg3ebz?mibextid=RQdjqZ

🔴LIVEZoom:👇https://us06web.zoom.us/j/87574287131?pwd=MWk2ZjlHcTBCbUlzZXMxL0hwS1BFZz09

Ўзбекистон мусулмолари идораси
Матбуот хизмати

Muslim.uz / @muslimuzportal / @Muftiy_Nuriddin_domla
@diniysavollar
Forwarded from ‎ AHNAFUZ | HANAFIYLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muharram_oyi
#Ashuro_kuni

🕌 ASHURO KUNI RO'ZASINING FAZILATI

❗️Ashuro kuni oilasiga kengchilik qilib berish haqida

🎙Hikmatulloh domla Toshtemirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ASHURO_KUNI_FAZILATI

ASHURO KUNINING FAZILATLARI

❗️Bu kun ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi», deganlar.

Imom Muslim rivoyati.


❗️Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.
Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi», dedilar.

Imom Bayhaqiy rivoyati.

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ashuro_kuni #hadis

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi:
عَنْ عَائِشَةَ - رضى الله عنها - أَنَّ يَوْمَ عَاشُورَاءَ كَانَ يُصَامُ فِى الْجَاهِلِيَّةِ فَلَمَّا جَاءَ الإِسْلاَمُ مَنْ شَاءَ صَامَهُ وَمَنْ شَاءَ تَرَكَهُ.

ya’ni: “Johiliyat davrida Ashuro kuni ro‘za tutilar edi. Islom kelgach, xohlagan tutadigan, xohlamaydigan tark etadigan bo‘ldi”

(Imom Muslim rivoyati).

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ashuro_kuni

ASHURO KUNI

"Ashuro” so‘zi lug‘atda "o‘ninchi kun” degan ma’noni bildiradi. Muharram oyining o‘ninchi kuni Ashuro nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutdilar va kunning ro‘zasini tutishga amr qildilar. Odamlar: «Ey Allohninig Rasuli, bu kunni yahudiy va nasorolar ulug‘laydilar”, deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Qachon kelasi yil bo‘lsa, inshaalloh, to‘q-qizinchi kunning ro‘zasini ham tutamiz”, dedilar. Bas, kelasi yil bo‘lmasdan turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar”.

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlari Ashuro kuni ro‘zasini tutib, ummatlariga ham o‘sha kunning ro‘zasini tutishni amr qilganlarida ba’zi xabardor sahobiylar Ashuro kunini yahudiy va nasorolar ulug‘lashini zot sollallohu alayhi vasallamga eslatdilar. Chunki sahobai kiromlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yahudiy va nasorolarnikiga o‘xshash ishni qilmasliklarini, doimo ularnikidan boshqacha, Islom ummatiga xos ish qilishlarini yaxshi bilar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam doimo sahobai kiromlarni boshqa din egalariga o‘xshashdan, ularga ergashishdan qaytarib kelar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarning Ashuro kuni ro‘zasi haqidagi xabarlarini bag‘rikenglik bilan qabul qilib oldilar. Uni hisobga oldilar va yanagi yili yahudiy va nasorolarga o‘xshab muharram oyining faqat o‘ninchi kuni emas, balki ularga xilof qilib, to‘qqizinchi kuni ro‘zasini tutishlarini aytdilar. Ammo o‘zlari yanagi Ashuro kelmasdan Rafiqi A’loga rihlat qildilar.
Lekin gaplari o‘z kuchida qoldi. U zotning ummatlari aytganlarini qilib, muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kunlari ro‘zasini tutishga odatlandi.

"Hadis va hayot" kitobidan.

Ashuro kunining fazilatlariga ega bo‘lish uchun 2023/1445 yilning quyidagi kunlarida ro‘za tutish maqsadga muvofiq:

📆 9 Muharram - 27-iyul – payshanba:
🔸 Saharlik: 03:35;
🔹 Iftorlik: 19:51.

📆 10 Muharram - 28-iyul – juma:
🔸 Saharlik: 03:37;
🔹 Iftorlik: 19:50.

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#namoz_vaqti

📆 27-iyul | 9-muharram
(Toshkent shahar vaqti bilan)

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa_vaqti #himmat_muminning_quvvati

Insonlar orasida himmati oliylar kamyobdir

Himmati oliylar doim fazilatli narsalarda peshqadam bo‘ladi, loqaydlik qilmaydi, zerikib malollanmaydi, noumid bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi: “Faqat zalolatga ketgan kishilargina o‘z Robbisining rahmatidan noumid bo‘lurlar”. (Hijr surasi, 56-oyat).

Davomi: https://kukaldosh.uz/27/07/2023/11127

Asadullo XOLMURODOV
"Ko'kaldosh" O'MIBY mudarrisi

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya #soxta_salafiylik

Soxta salafiy (Vahhobiylar) o‘z e’tiqodiy qarashlarini qayerdan olishadi?
Alloh taologa og‘irlik (vazn) sifatini isbot qilishlari.

Imom Abdulqohir Bag‘dodiy (429-hijriy sanada vafot etgan) quyidagilarni yozadilar:
“Insonlar basralik mo‘taziliylarning gaplariga ajablanishar edi, ular: “Alloh taolo birdaniga barcha jismlarni yo‘q qilishga qodir va ulardan ba’zilarini qoldirib ba’zisini yo‘q qilishga qodir emas. Insonlarni bu ajablanishlari uzoqqa bormadi, chunki karromiylar Alloh taolo umuman bir bir jismni yo‘q qilishga qodir emas deyishdi.”
Ammo eng ajablanarli narsa shuki, Ibn Karrom Alloh taoloni vazni og‘irligi bor deb da’vo qildi.

Davomi: https://kukaldosh.uz/27/07/2023/11129

Rustam OXUNJONOV
"Ko'kaldosh" O'MIBY Matbuot kotibi

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Imom-xatiblar ikki yarim mingga yaqin murojaatni o‘rgandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan haftaning har chorshanba kuni Diniy idoraning hududiy vakilliklari va Respublikamiz masjidlarida fuqarolar murojaatini qabul qilish kuni sifatida e’lon qilingan.

Davomi: https://kukaldosh.uz/27/07/2023/11134

"Ko'kaldosh" O'MIBY Matbuot xizmati

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM