Ko'kaldosh madrasasi
7.85K subscribers
19.3K photos
3.07K videos
671 files
18K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Qabul-2025 boʻyicha tel.raqamlar +998 71 244 48 27 yoki 712421082
Download Telegram
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

“Qurʼonni qancha yodlashing emas, qanday amal qilishing muhim!”

Odamlarga Qurʼondan qancha yod olganingni aytib oʻtirma! Balki ularning oʻzlari senda Qurʼonning axloqini koʻra olishsin:
– ochlarni toʻydir!
– yetimning boshini sila!
– xato qilganni kechir!
– bilmaganga oʻrgat!
– ota-onangga yaxshilik qil!
– qarindoshlar bilan aloqangni bogʻla!
– barchaga tabassumli boʻl! 

Qurʼondan qayerga yetib kelganing muhim emas, balki Qurʼon senga naqadar yetib borgani muhim.


Doktor Salohuddin Kaftaru

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍21😍3👏2
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

“Kim namozda tik turib Qur’on o‘qisa, har bir harf uchun 100 ta savob oladi. Kim namozda o‘tirib Qur’on o‘qisa, har bir harf uchun 50 ta savob oladi. Agar namozdan tashqarida tahoratli holda Qur’on o‘qisa, har bir harfiga 25 ta ajr beriladi. Kimda-kim Qur’onni namozdan tashqarida tahoratsiz holda o‘qisa, 10 ta savob oladi”.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍157🤩4😢3
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

"O‘zidan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohga qasamki, bandaning qalbini yumshatishda, ko‘p ko‘z yosh to‘ktirishda, tavbaga undash va xushu’ga chaqirishda Qur’on tilovati hamda uni tinglashdan ko‘ra ulug‘roq biror narsani ko‘rmadim".

Abdulhamid Badis

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
16👍14😭2🥰1
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Farzandingizda Qur’onga bo‘lgan muhabbatni qanday uyg‘otish mumkin?

1. Uning oldida Qur’on tilovat qiling. Chunki farzand ota-onasini o‘ziga namuna qilib oladi.
2. Unga o‘z ismi yozilgan maxsus mus’haf hadya qiling.
3. Tilovat qilayotganida ovozini yozib oling va uni chiroyli iboralar bilan maqtang.
4. Ma’lum qismni yod olgandan keyin sovg‘alar bilan rag‘batlantiring.
5. Uyquga ketayotganida Qur’ondagi qissalardan o‘qib bering.
6. Uning oldida Qur’onga hurmat ko‘rsating, Qur’onni ulug‘lang.
7. Qur’on hofizlarini uning yonida maqtang.
8. Shu tariqa qalbida Qur’onga bo‘lgan muhabbatni oshiring.

Fayz Sarih

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍34🔥1👏1
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Kim Allohni yaxshi ko‘rish-ko‘rmasligini bilmoqchi bo‘lsa, o‘zini Qur'onga ro‘boro‘ qilsin.
Kim Qur'onni yaxshi ko‘rsa, demak u Allohni yaxshi ko‘radi. Chunki Qur'on Allohning Kalomidir.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
23👍6
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Doktor Sa’d Xaslon deydi: “Qur’oni Karimning harflarining adadi 323 671 ta deyiladi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda kelishicha, “Kimki (Qur’ondan) bir harf o‘qisa, unga o‘nta hasanot bitiladi”.


Bu shuni anglatadiki, kim Qur’onni bir marta to‘liq xatm qilsa, unga 3 milliondan ortiq (aniqrog‘i, 3 236 710 ta) hasanot bitilishi umid qilinadi. Bunga esa Alloh muvaffaq qilgan bandagina erisha oladi”.

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍13🥰54
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Qur’on go‘zal murabbiy!

“Qur’on nafslar uchun naqadar go‘zal murabbiy! U razillikdan to‘sadi, shak shubhalardan saqlaydi, sarosimadan rohatga olib chiqadi va uni o‘qigan odamni moddiy ehtiyojlardan behojat qiladi”.

Shayx Muhammad G‘azzoliy rohimahulloh

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
20👍9🔥2
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Qur’on hofizlari ota-onasiga viqor tojini kiydiradi

Odamlar Qiyomat kunida bir joyda to‘planadilar, faqat Qur’on hofizlari bundan mustasno. Ular farishtalar, o‘ta yaxshi, hurmatlangan elchi(farishta)lar bilan birga jamlanadilar.

Barcha odamlar Qiyomat kunida bir-biridan qochadilar, faqat Qur’on hofizlari ota-onasiga viqor tojini kiydirish uchun ularni qidirib yuradilar.


@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍176🥰1😢1
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Usmon roziyallohu anhuning siyratlariga nazar soling:
▪️ Qur’onni jamladilar;
▪️ Uni yoyishni yo‘lga qo‘ydilar;
▪️ So‘ng Uning bag‘rida vafot topdilar.


Kim bir narsadan ajralmay, unga odatlansa, o‘sha narsa bilan vafot topadi.


@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍83
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Salaflar nimalarga yig‘lashar edi?

Abu Dovud aytadi: “Kurz ibn Vabra Horisiyning oldiga kirsam, yig‘layotgan ekan. Undan: “Nima sabab sizni yig‘latdi?” deb so‘radim. U: “Qur’ondan kechagi (vird qilib olgan kunlik) vazifamni o‘qimadim. O‘ylashimcha, bunga biror gunohim sabab bo‘lsa kerak”, dedi.

“Hilyatul avliyo” asaridan


@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
😢15👍51
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Robbimning maktublari

“Qur’on o‘qiyotganingda yoningga qog‘oz-qalamni qo‘yib qo‘y. Agar qalbingni junbushga keltirgan biror oyat ustida to‘xtalsang, undan ta’sirlansang va yoqib qolsa, o‘sha oyatni kichik varaqqa yozib, bir qutichaga solib qo‘y.

Qutichaning ustiga “Robbimning maktublari”, deb yozib qo‘y. Kunlarning birida o‘sha maktublarga ehtiyoj sezsang, varaqlardan birini olginda, Allohning senga yozgan maktubini o‘qigin!..”

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
14👍9🥰3
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Tafakkur bilan o‘qish - taddabursiz xatm qilishdan yaxshiroq

Bir oyatni tafakkur bilan o‘qib tushunish Qur’onning hammasini taddabursiz xatm qilishdan yaxshiroq, qalb uchun manfaatliroq, iymonni ziyoda qiluvchiroq va Qur’on halovatini tottiruvchiroqdir”.

Ibn Qoyyim rohimahulloh

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
👍1811🔥2
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Qur’onni yodlash uchun vaqtingizni g‘animat biling!

Qur’onni to‘liq yoki yarim, yoxud chorak, hech bo‘lmaganda bir qismini yodlash uchun vaqtingizni g‘animat biling.


Keksayib qolganingizda, qabrda va oxirat kunida U kabi tasalli bo‘ladigan narsani topa olmaysiz. Men sakson yoshli, ko‘zi ojiz va bir o‘zi yolg‘iz yashaydigan kimsani ko‘rdim. Uning yuzida rozilik alomati va tabassum balqib turardi. U Qur’on hofizi bo‘lib, har uch kunda xatm qilardi.

Doktor Abdulaziz Ahmad

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
16👍10🔥2
Forwarded from Qur'on kursi | Ko'kaldosh
#Quronga_muhabbat

Xulqlari Qur’on edi

Kishining qalbi pok bo‘lib, Qur’onni tadabbur bilan o‘qisa Undan manfaat oladi va Qur’on uning xulqida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham mo‘minlar onasi Oisha roziyallohu anhodan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xulqlari haqida so‘ralganda, ortiqcha gap gapirmadilar, balki qisqa qilib "Xulqlari Qur’on edi", deya javob berdilar.

Doktor Nosir Umar

@Quron_KukaldoshUzdiniy-ma'rifiy kanal!
10👍8