Ko'kaldosh madrasasi
6.48K subscribers
18.4K photos
2.8K videos
671 files
17.2K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

Murojaat uchun:
📨 @kukaldoshuzbot
Dushanba-shanba. 9.00-16.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Download Telegram
#yangiliklar #rebranding

Ko'kaldosh o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi logotipi yangilandi

Dizayner: Bahrom Rasul

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
#Maqola

Abu Amr ibn al-A’la al-Mozaniy al-Basriy
(Hijriy 70-154 yillar – milodiy 690-771 y)

Asl ismi Zabbon ibn Ammor at-Tamimiy al-Mozaniy al-Basriy bo‘lib, kunyasi Abu Amrdir. Otasining kunyasi al-A’lodir.
Abu Amr nahv, balog‘at, adab ilmlarida tengsiz bo‘lib, mashhur yetti qorining biri hisoblanadi. U Makka shahrida tug‘ilgan. Makka, Madina, Basra va Kufa shaharlarida tahsil olgan va Kufa shahrida vafot etgan. Nahv ilmini Yahyo ibn Ya’mar al-Advaniy al-Basriydan (v.129 h) olgan. Yahyo ibn Ya’mar mus’haf borasida avval gapirganlardan biri hisoblanadi. U nahv ilmini Abi Asvad ad-Duvaliy al-Basriy (v.67 h) dan ta’lim olgan.
Abu Amrdan nahv ilmi bo‘yicha Yunus ibn Habib, Sibavayh, Xalil ibn Ahmad, Yahyo al-Yazidiy, al-Axfash al-Akbar Abdulhamid ibn Abdulmajid al-Basriy (v.177 h) va Iso ibn Amr al-Basriy (v.149 h)lar tahsil olishgan.
Ibn Kasir o‘zining “al-Bidoya va an-Nihoya” asarida e’tirof etishicha, Abu Amr fiqhda, nahvda va qiroatda o‘z zamonasining tengsiz olimi va olam ulamolarining peshqadami hisoblangan.
Sufyon ibn Uyayna aytadi: “Tushimda Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim. U zotdan: Yo Rasaululloh men qiroatlar borasida ikklanib qoldim, kimning qiroatiga buyurasiz, dedim. Shunda Rasululloh: Abu Amr ibn A’loning qiroatida o‘qigin, dedilar”.
Alloh ularning barchasini rahmatiga olsin.

Ulug'bek Abduvaliyev "Ko'kaldosh" o'rta maxsus islom bilim yurti xodimi

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
#ЯНГИЛИКЛАР_ВАҚТИ
🔸Илму маърифат — тинчлик, тараққиёт ва инсон камолоти асоси
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

🔸“Саноқли дақиқаларда тоғдай савоблар” китоби нашр этилди
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

🔸Ислом цивилизацияси тарихи музейини ривожлантириш масалалари муҳокама этилди
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

🔸Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 540 йиллиги кенг нишонланади
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

🔸Мусулмон футболчи ўз мукофотини онасига топширди
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

🔸Ҳалол маҳсулотларга талаб ортмоқда
➡️БАТАФСИЛ ЎҚИШ

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

Muslim.uz | https://taplink.cc/muslimuz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Муфтий ҳазрат: Ҳасад билан ҳаваснинг фарқи

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Муслиҳ инсон фаттон инсондан афзалдур – Ҳомиджон домла Ишматбеков

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
#Raddiya
Sof e’tiqod

AHLI SUNNA VALJAMOANING NAZDIDA ALLOH TAOLOGA NISBATAN KAYFIYATSIZ DEGAN SO‘ZNING MA’NOSI.

Sufyonu Savriy, Avzo’iy, Lays Ibn Sa’d, Sufyon Ibnu Uyayna, Abdulloh Ibnu Muborak va Ahlu sunna val jamoaning boshqa ulamolaridan mutashobih sifatlar kelgan oyatlar haqida : “Sifatlarning xabarlari qanday kelgan bo‘lsa, shundayligicha biror narsaga o‘xshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. Qanday, nima uchun, deyilmaydi,” degan rivoyatlar keladi.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy rohimahulloh aytadilar: “Bizga va har bir musulmon kishiga Parvardigorimiz surat, shakl egasi emasligini chunki surat kayfiyatni taqozo qiladi va bu narsa esa Alloh taolodan va Uning sifatlaridan inkor qilinadi ekanini bilishi vojib bo‘ladi.”
Imom Bayzoviy Hanafiy “Ishorotul Marom” nomli kitoblarida: “بلا كيف degani, bu kayfiyatsiz, tana a’zosiz va maxluqotlarga o‘xshash emas deganidir. Bu gapda bir nechta narsaga ishoralar bor, ularning eng muhimi barcha kayfiyatning turlarini Allohdan nafiy qilish, chunki kayfiyat lug‘atda shakl ma’nosida keladi. Bu gap “Misbahul munirda” zikr qilingan.”

https://kukaldosh.uz/03/02/2023/10081

✍️Ko‘kaldosh O‘MITM matbuot kotibi Rustam Oxunjonov tarjimasi

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
#ЁМҒИР_ДУОСИ

ЁМҒИР ЁҒАЁТГАН ПАЙТДА ДУО ҚИЛИШ

Бисмиллаҳир
Роҳманир Роҳим.
Ёмғир – Аллоҳ таолонинг фазили, раҳмати ва баракоти саналади. У ёғаётган пайтда Аллоҳ таолонинг файзу футуҳидан умид қилинади.

Аллоҳ таоло Қуръони каримда ёмғир сувини – муборак сув деб номлаган:

وَنَزَّلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً مُبَارَكًا فَأَنْبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ

“Биз осмондан муборак сув (ёмғир) ёғдириб, у билан боғларни ва ўриб олинадиган донларни ундирдик” (Қоф сураси, 9-оят).

Шунинг учун ҳам Расули Акрам алайҳиссалом ёмғир ёғган пайтида дуо қилишга тарғиб қилганлар.

سهل بن سعد مرفوعًا إلى النبي صلى الله عليه وسلم: «ثنتان ما تردان: الدعاء عند النداء وتحت المطر» رواه أبو داود.
Саҳл ибн Саъд разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Икки нарса қайтарилмайди: азон пайтидаги ва ёмғир остидаги дуо” деганлар (Имом Абу Довуд ривоятлари).

Шу билан бирга Пайғамбаримиз алайҳиссалом ёмғир ёғганда:
اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً
яъни, “Парвардигоро, фойдали ёмғир қил!” деб дуо қилишлари муборак одатлари бўлган. Валлоҳу аълам.

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video #Juma_mavzusi

🔹 Juma mavzusi:
IMOM ABU HANIFA RAHMATULLOHI ALAYHNING MAQOM VA MARTABALARI

🎤 Abdulazizxon
Ahmadxo'jayev
"Ko'kaldosh" O'MITM 4-kurs talabasi

HD formatida ko'rish

⬇️ Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz