Birga kitob o‘qiymiz
83.4K subscribers
1.54K photos
383 videos
74 files
1.82K links
☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash

Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov

🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

Bugun 14-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍“Telegram” mesenjerining tug‘ilgan kuni.
🟢Bugun Telegram messenjeri faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 10 yil bo‘ldi. Shu sababli Telegram 10.0 yangilanishini taqdim etadi. Bunda stories’lar premium xarid qilmagan foydalanuvchilar uchun ham ishlashni boshlaydi.

🗣Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi (1888).

🗣Olimpiya o'yinlarida mirinchi marta basketbol o‘ynaldi (1936).

🔵Ingliz yozuvchi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi Jon Golsuorsi tavallud topgan (1867).

🔵Yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va madaniyat xodimi Mirkarim Osim tavallud topgan (1907).

🔵Aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva tavallud topgan (1930).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asaridan iqtiboslar

🔴“Odamning umri nima?” degan savolga javob topib berish qiyin. Inson munosabatlari shunchalar turfa, tabiati, fe’l-atvori shunchalar rang-barang va murakkabki, hatto eng mukammal, eng zamonaviy kompyuter sistemalari ham eng oddiy inson tabiatining umumiy chizig‘ini ajratib berolmaydi;

🔴Odam bolasi odamlarsiz yasholmaydi, yana buning ustiga odamlarga ham toqat qilmaydi;

🔴... hayot o‘limdan yuqori, dunyoda hayotdan ko‘ra yuqori o‘lchov yo‘q — shuning uchun tirik jonni mahv etma, lekin elingga yov bostirib kelsa, darhol himoyaga otlan, sevganingning nomusini asra, xuddi ona Yerni yotlardan asraganday; ayriliqni hech totib ko‘rganmisan, bilasanmi ayriliqning dushvorligini, xuddi yelkangga cho‘ng tog‘larning yuklari ortilgan;

🔴Dunyo o‘z farzandlarini ularning eng pokiza g‘oyalari va ruhiy intilishlari uchun hammadan ko‘proq jazolaydi.

🔴Jamiyatning qaysidir bir qismida ro‘y berayotgan ishkalliklar haqida bong urish uchun, aftidan, boshqa ko‘p narsalar qatori, o‘ziga zarar keltirib qo‘yishdan cho‘chimaslik kerak. Baxtigami, baxtsizligigami…

🔴Zero, odam bolasiga o‘z o‘limidan ko‘ra musibatliroq narsa yo‘q, ona uchun esa o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandi halokati undan yuz chandon og‘irroq va qayg‘uliroqdir.

Tanlovdagi kitoblarni qaysi sahifasiga keldingiz? Kitoblar sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚Xitoydagi noan'anaviy, ajobtovur kitob do'koni haqida bilasizmi?

➡️Bu Xitoyliklar odamlarni qanday qiziqtirishni biladi. Qurib qo‘ygan kitob do‘konini ko‘ring, shunchaki tomosha qilish uchun ham ko‘p odamlar kirsa kerak!

Bu binoni loyihalashtirgan arxitektor va dizaynerlar ham juda ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsa kerak. Bo'lmasa bunday g'oya qanday keladi, to'g'rimi?

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga aka-ukani, opa-singilni "JIGAR" deydi? Hech qiziqib ko'rganmisiz?

Jigarlarga yuborib qo'yishni unutmang!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 15-avgust haftaning seshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍“Allo” so‘zining tug‘ilgan kuni (1877).

🗣Fransiyada yangi valyuta – frank joriy etildi (1795).

🔵Fransiya imperatori Napoleon I Bonapart tavallud topgan (1769).

🔵Shotland yozuvchisi Valter Skott tavallud topgan (1771).

🔵O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz O‘tar tavallud topgan (1884).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonlarni taniysanmi?

🔵Do'stingni og'ir kuningda taniysan;
🔵Erni xotini hastalanganda taniysan;
🔵Xotinni eri qashshoqlashganda taniysan;
🔵Qarindoshni meros davrasida taniysan;
🔵Mo'minni imtihon payti taniysan.

Ro'yxatni davom ettiring...

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎖Kino uchun Oskar, ilmiy kashfiyot uchun Nobel, kitob uchun-chi?

📚 Pulister — Amerikaning bosma jurnalistika, musiqiy kompozitsiya va eng muhimi, adabiyot bo'yicha taqdim etiladigan bosh mukofoti hisoblanadi.

🗣Mukofot 1917-yilda jurnalist va gazeta noshiri Jozef Pulisterning o'zi tomonidan ajratilgan mablag'i evaziga tashkil etilgan.

☯️ Sovrinlar har yili 21 nominatsiya bo'yicha beriladi. Har bir g‘olib sertifikat va $15000 miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ushbu mukofot haqidagi qolgan ma'lumotlarni izohlarda davom ettirishni sizga qoldiramiz. Bu mukofot haqida kim nima biladi?

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_rolik

🟢Bolalar o‘z ota-onalarini tanlay olmaydilar...
(nihoyatda ibratli rolik)

Siz ular tanlashni xohlagan ota-ona bo‘ling!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 16-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍Xalqaro uysiz hayvonlar kuni.

🗣Birinchi ovozli rangli multfilm yaratildi (1930).

🗣Xalqaro astronavtika akademiyasi tashkil etildi (1960).

🔵Buyuk alloma, faylasuf, shoir, shifokor, dunyoga mashhur "Tib qonunlari" asari muallifi Ibn Sino tavallud topgan (980).

🔵Yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topgan (1939).

🔵Oʻzbek kino va teatr aktyori Muhammad Iso Abdulhairov tavallud topgan (1970).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Kitob o’qishning eng qiziqarli faktlari:

🔴1) Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o’qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz. (F.Voltaire)
🔴2) Madaniyat – o’qigan kitoblarning soni emas, balki tushunganlarning sonidir. (Fazil Iskander)
🔴3) Kitob o’qigan odamlar doimo televizorni tomosha qilganlarni nazorat qiladilar. (F.Janlis)
🔴4) Qancha ko’p o’qisangiz, shuncha kamroq taqlid qilasiz. (Jules Renard)
🔴5) Odamlar ikki toifaga bo’linadi: kitob o’qigan va o’qiganlarni tinglaydiganlar. (Werber Bernard)
🔴6) Tomchilar yig’ilib ko’l bo’lgani kabi, o’qish orqali bilim daryosi hosil bo’ladi. (V. Dahl)
🔴7) Tana uchun mashq kerak bo’lgandek, ong uchun o’qish kerak. (Jozef Addison)
🔴8) O’tgan 90 kun davomida kitoblarga tegmaslikdan ko’ra, faqat bitta yomon narsa bor; oxirgi 90 kun o’qishga teginmaslik va hech narsa sodir bo’lmagan deb o’ylash. (Jim Rohn)

📚 @kitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tan olishni xohlamagan haqiqatim...

💔 Suyukli insoningiz sog'inchi, uning qaytishiga umid va bu hayotda mavjudligiga ishonch – insonni aqldan ozdiradigan darajadagi eng og'riqli nuqta... "Buni hech kimga ravo ko'rmasdim", degan jumla esa insonning qalbidan chiqqunga qadar o'sha og'riqni his qilishga majbur qiladi.

🤔 Hayot yoki mamotingiz birgina insonga bog'liq bo'lishi mumkinmi? Ushbu savolga turlicha javob olishingiz mumkin. Lekin eng haqqoniy va ta'sirli javob ushbu "Qaytganimda uyda bo'l" asarida beriladi.

Bu javobni bilish uchun "Birga kitob o'qiymiz" loyihasini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Videoga like bosishni unutmang.

📺Videoni ko'rish: https://youtu.be/Y0YrJXgAtYY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 17-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍Sekond-xends – ikkinchi qo‘l mollari kuni
🟢Bu ishlatilgan, ammo hali foydalanish mumkin bo'lgan yoki yangi narsalarni topshirish mumkin bo‘lgan do‘kon. Kimdir og‘ir moliyaviy ahvol tufayli bunday do‘konlarga tashrif buyursa, yana kimdir uchun tovarlar yangi bo‘lmasa ham, arzonroq narxda sotib olish muhim ahamiyatga ega. Qo'shimchasiga bu keraksiz buyumlar bilan band bo‘lgan kvartira yoki uyda joy bo‘shatish imkoniyati hamdir.

🗣Ingliz olimi J. Pristli fotosintezni kashf etdi (1771).

🗣Bridjet Driskoll tarixda birinchi avtomobil urib yuborgan shaxs boʻldi (1896).

🗣Jozef Pulitser “Pulitser” mukofotini ta'sis etdi (1903).
🟢Amerikaning bosma jurnalistika, musiqiy kompozitsiya va eng muhimi, adabiyot bo'yicha taqdim etiladigan bosh mukofoti hisoblanadi.

🔵O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom tavallud topgan (1939).

🔵Amerikalik aktyor, rejissyor Al Pachino tavallud topgan (1939).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yana 5 nafar ishtirokchi tanlovdan chetlatildi!

Referal ball yig‘ish jarayonida turli yo‘llar orqali ballarni sun’iy to‘plagan Top-20 talikdagi 5 nafar ishtirokchi tanlovdan chetlatildi va natijalari bekor qilindi!

✈️Sun’iy tarzda ball ko'paytirganliklarini isbotlovchi skrinshotlar ishtirokchilarga yuborilgan. Biz tanlovni maksimal darajada shaffof va adolatli bo‘lishini ta'minlashga harakat qilmoqdamiz.

☝️Eslatma! Testga referal ballni aloqasi yo‘q, siz minimum 5ta referal ball yig‘ib bilimingiz bilan g‘olib bo‘lishingiz mumkin. Referal tizimi talaba-yoshlar orasida tanlovni keng targ'ib qilish uchun joriy qilingan!

P.S.: Tanlovdan chetlatilgan ishtirokchilarga kitoblarni o‘qib, test bo‘yicha bellashishlariga imkon beramiz!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi?

Ochko‘z bir vazir podshoga xushomad qilibdi:
🟢– Shohim, aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Dunyoda kimsa yo‘qki, tentakman, deb da’vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to‘lashga tushadi! Shoh yozilib kulibdi:
🔴– Darvoqe, oqilona tadbir. “Topag‘on”liging evaziga seni aql solig‘idan ozod qilaman!
____

Bir shayx o‘tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o‘tirganlarga debdi:
🟢– Sizga yolg‘on aytaman... falonchi o‘tib ketyapti.

Hamma o‘rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayx kulimsirab:
🟢– Men sizlarga yolg‘on aytaman desam ham o‘rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg‘onchidir, ko‘ra-bila nog‘orasiga o‘ynayveramiz!
____

Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:
🟢– Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
🔴– Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!

©️“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar” kitobidan

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 18-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍Geliy kashf qilingan kun (1868).

🗣Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi (1877).

🗣Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi (1924).

🗣Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo'lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi (1980).

🔵Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan Bruk Teylor tavalud topgan (1685).

🔵Birinchi Jahon urushini boshlagan Avstriya imperiyasi imperatori va Vengriya qiroli Frans Iosif I tavalud topgan (1830).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ramziy_hikoya

🔴Shayton kelib eshakning bog‘ichini yechib yubordi.
🔴Eshak qo‘shnining bog‘ini payhon qilib, xomu pishganni barobar yeb tashladi.
🔴Buni ko‘rgan bog‘bonning xotini qo‘liga miltiq olib, eshakni otib tashladi.
🔴Eshak egasi o‘q ovozini eshitib chiqdi va eshagining o‘lib yotganini ko‘rgach g‘azablanib, bog‘bonning xotinini otib o‘ldirdi.
🔴Bog‘bon kelib xotinining o‘lib yotganini ko‘rdi. Miltig‘ini qo‘lga olib, u ham o‘z o‘rnida eshak egasini otib o‘ldirdi...

🟥Shunda shaytondan: "Sen o‘zi nima qilib qo‘yding?" deya so‘rashdi. U javob qildi: "Hech narsa qilganim yo‘q. Shunchaki jamiyatni buzmoqchi bo‘lsam, bir eshakni qo‘yib yuboraman, eshak o‘zi uni xarob qiladi qo‘yadi"...

Hikoya kanal obunachisi tomonidan ulashildi. Xulosa o'zingizdan...

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoni larzaga solgan soʻzlar!

☝️Suriyalik bu uch bolaning soʻzlari tarixga muhrlanib qoladi.

🔵Bola oʻlimidan oldin: "Men sizlarni Allohga aytib beraman..."

🔵Devor tagida qolgan qizaloq: “Amaki hijobim yoʻq, iltimos meni hech kim rasmga olmasin...”

🔵Ochlikdan sillasi qurigan bola: “Yo Alloh, men juda ham ochman. Bizni jannatingga olgin. Biz u yerda taomlanaylik...”

✈️ KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 19-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍Butunjahon gumanitar yordam kuni.
🟢Har yili 19-avgust kuni Butunjahon gumanitar yordam kuni butun dunyo bo'ylab inqirozlardan jabrlanganlarga yordam va yordam ko'rsatayotgan insonparvarlik xodimlariga hurmat bajo keltirish uchun nishonlanadi.

🌍Butunjahon fotosuratlar kuni.
🟢Butunjahon fotosuratlar kuni har yili 19-avgustda fotografiya sanʼati va ilm-fanini nishonlash maqsadida nishonlanadi. Bu vizual hikoyaning kuchini va fotosuratlarning hayotimizga ta'sirini qadrlash kunidir.

🗣Dmitriy Mendeleyev havo shari bilan yuqoriga ko'tarilgan  va quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun (1887).

🔵Kompozitor, etnograf, pedagog, musiqachi, jamoat arbobi Viktor Aleksandrovich Uspenskiy tavallud topgan (1897).

🔵Fransuz dizayner ayoli, modalar asoschisi Gabrielle "Koko" Shanel tavallud topgan (1883).

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM