Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
549 subscribers
4.47K photos
345 videos
8 files
699 links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o'quvchilarni vatanparparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy etish, shuningdek yoshlarni mard va jasur ajdodlarimizga munosib bo'lgan, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini o'rganish hamda keng targ'ib qilish maqsadida
🏢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatini Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari Ulliyev Xursandbek va Tarix fani o'qituvchisi Qadamov Surojbek ustozlarimiz joriy yilning 20-oktabr sanasida 5-8-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Vatan yagona", "Buyuk sarkardalarimiz merosi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi...

⚡️Davra suhbati juda ham qiziqarli savol javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi. O'quvchilar suhbat jarayonida o'zlariga  haqiqiy bir motivatsiya oldilar desak adashmaymiz....


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda..

https://linktr.ee/khiva.imi
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#Asosiy_fan_olimpiadasi
#Ayni_damda

Ayni daqiqalarda viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarda umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasiida asosiy fan olimpiadasining ikkinchi -  tuman-shahar bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Challenge

ONA TILIM, SARCHASHMANGDAN SARHUSH DILIM!

🎬 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 8-A sinf o'quvchilari boshchiligida, ONA TILIMIZGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 35 YILLIGI munosabati bilan, tayyorlangan videorolik.

•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI
#Xushxabar
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🧑‍🏫 BIZNING SHUNDAY USTOZLARIMIZ BOR!

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli matematika fani o'qituvchisi Atajanov Sanjar SAT (matematikadan xalqaro sertifikat) bo'yicha 1050, matematika qismining o'zidan esa 800 ballni qo'lga kiritdilar.

⚡️ Ushbu yutuq bilan ustozimizni butun jamoa nomidan tabriklaymiz, kelajagdagi ishlariga esa omadlar tilab qolamiz.
•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI
#Xiva_1_son_IMI 
#Õzbek_tilim_35_yil

🏢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "𝙌𝙖𝙙𝙧𝙞𝙣𝙜 𝙗𝙖𝙡𝙖𝙣𝙙 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙞𝙣, 𝙤𝙣𝙖 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙢" shiori ostida "ZAKOVAT" intellektual o'yinining navbatdagi turi 6-8-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi...

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda..

https://linktr.ee/khiva.imi