Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
542 subscribers
4.22K photos
325 videos
8 files
658 links
Download Telegram
#Sport
#Musobaqa
#Xushxabar
#Xiva_1_son_IMI
#Besh_tashabbus

#Natija
🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari o'quvchilar o'rtasida ,,BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarining Xiva shahar bosqichida ,,Futbol" sport turidan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilari faol qatnashdi.
Yakuniy natijalar bilan tanishing:

🥇-o‘rin 12-son maktab jamoasi
🥈-o‘rin 17-son maktab jamoasi
🥉- o'rin - 1-son IMI va 56-son maktab jamoasi


🎗 Ushbu yutuq bilan o'quvchilarimizni va tajribali jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Shixnazarov Muxiddinni chin dildan tabriklaymiz va bundan ham ziyoda natijalarni kutib qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇
https://t.iss.one/khiva1son_imi
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o'quvchilarni vatanparparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy etish, shuningdek yoshlarni mard va jasur ajdodlarimizga munosib bo'lgan, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini o'rganish hamda keng targ'ib qilish maqsadida
🏢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatini Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari Ulliyev Xursandbek va Tarix fani o'qituvchisi Qadamov Surojbek ustozlarimiz joriy yilning 20-oktabr sanasida 5-8-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Vatan yagona", "Buyuk sarkardalarimiz merosi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi...

⚡️Davra suhbati juda ham qiziqarli savol javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi. O'quvchilar suhbat jarayonida o'zlariga  haqiqiy bir motivatsiya oldilar desak adashmaymiz....


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda..

https://linktr.ee/khiva.imi