Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
550 subscribers
4.45K photos
342 videos
8 files
699 links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#London

Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda

🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:

ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
sun’iy intellektdan foydalanish,
ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

📝 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida bugun Xorazm viloyati IIB TQX Kiber xavfsizlik boʻlimi xodimlari bilan birgalikda davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida Hozirgi kunda sodir etilayotgan fuqarolarning bank plastik kartalarida mavjud bo'lgan mablag'larning jinoiy tajovuzlaridan himoya qilish, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishni samaradorligini oshirishdan iboratdir.

🖥 Oʻqituvchi va oʻquvchilarning, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar boʻyicha huquqiy tushunchalar va fuqarolarni bank plastik karta kodlarini begona shaxslarga bermaslik, ushbu plastik kartani ishonchli bank mobil ilovasiga ulashlari toʼg'risida va aholini internet tarmoqlarida sodir etilayotgan kiberjinoyatlarni oldini olish va o'quvchilarni ogohligini oshirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek, Oʻqituvchi va oʻquvchilarga IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tayyorlangan o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog'iga tushib qolishidan himoya qilish, shaxsiy ma'lumotlaringiz va parollaringizni og'irlovchi virus nomli video materiallar qoʻyib berildi.

📱Shu bilan birga IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining telegram messenjeridagi t.iss.one//cyber_102 va instagram ijtimoiy tarmoqlardagi cyber_102 kanallariga obuna boʻlishlari va mazkur kanallarni doimiy ravishda kuzatib borishlari tushuntirilib oʻtildi.

https://linktr.ee/khiva.imi
#Psixologik_jarayon
#Xiva_1_son_IMI

🌲 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Tabiat va Biz" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.
Ushbu mashg'ulot davomida o'quvchilar o'zlarining tabiatga bo'lgan muhabbatlarini chizgan rasmlari orqali namoyon qilishdi.

https://linktr.ee/khiva.imi
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

🚦Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Xorazm viloyati IIB JXX YHXB hodimi M.Ismoilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
🚔 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-abgust kungi "Yo'l harakati xavfsizligi targ'ibot kunini  o'tkazish va yo'l transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 701-sonli Qarorni yetkazish va tanishtirish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori R.Raximov so'zga chiqib, Respublikamizda bo'lib o'tayotgan voqealiklar to'g'risda gapirib, masala yuzasidan gapirib o'tdilar.
M.Ismoilov so'zga chiqib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga kiritilgan yangiliklar to'g'risida o'quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

https://linktr.ee/khiva.imi