Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
548 subscribers
5.03K photos
407 videos
8 files
801 links
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida ingliz tili fani o'qituvchisi Madrimova Fazilat tomonidan 5-a sinf o'quvchilariga ochiq dars tsshkillashtirildi. Dars mavzusi "Respecting the environmen" (Atrof-muhitga hurmat) bo'lib, ushbu darsda turli xil ko'rgazmali qurollardan va interaktiv metodlardan foydalanildi. O'quvchilar mavzuga oid o'yinlar orqali bellashishib, o'z bilimlarini boyitdilar.
Siz so‘ragan edingiz, biz javob beramiz

Savol: “Yangi O‘zbekiston” universitetda saralash imtihoni qay tartibda o'tkaziladi?

Javob: Universitetda 2024/2025 o‘quv yili uchun saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlar uchun imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, matematikadan SAT, International Baccalaureate Diploma, International AS & A Levels kabi xalqaro sertifikatlardan biriga ega talabalarga ham matematikadan olgan natijasiga ko‘ra tegishli ball taqdim etilib, imtihondan ozod etilishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2024 #admission2024

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi.

1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi.

Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.

Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.

Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Challenge
#Xiva_1_son_IMI

🎬 Shox va shoir, ulug' bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 11-sinf qizlari boshchiligida, Bobur qalamiga mansub ruboiylaridan videorolik tayyorlandi.
Ko'rib baho bering va bizni kuzatishda davom eting..
#Milliy_sertifikat
#Xiva_1_son_IMI

Bizning shunday ustozlarimiz bor👩‍🏫

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining geografiya fani o'qituvchisi Xusainova Feruza Yuldashovna 84,8 ball bilan milliy sertifikatni qo'lga kiritdi. Ushbu yutuq bilan ustozimizni chin dildan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlariga omadlar tilab qolamiz.
#Sport
#Xiva_1_son_IMI

🤼‍♀ Milliy urf-odatlarimiz, qadiryatlarimizni ulug'lash va ularni yoshlarga targ'ib qilish maqsadida, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 5-7 sinflari "Milliy sport turlari va xalq o'yinlari" sport musobaqasining maktab bosqichida qatnashdilar. O'quvchilarimiz "Burgut va jo'jalar" "Arqon tortish" "Jambil" "To'p qo'shniga" "To'pni almashtirish" kabi milliy o'yinlar asosida o'zaro bellashdilar.
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📑 Bugun Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati tarix fani o'qituvchisi Abdullayev Akbarning 7-b sinfiga ochiq darsi bo'lib o'tdi. Ochiq darsning mavzusi "Xorazmshohlar davlatida boshqaruv tizimi" bo'lib, mavzu asosida o'quvchilar 4 ta guruhga bo'linishdi. Dars davomida savollarga javob berib, krossvord ishlab, bilimlarini yanada boyitishdi.
#Tanlov #Insho
#Navoiy_583
#Bobur_541
#Natijalar
#Tabriklaymiz

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar oʻquvchilari oʻrtasida buyuk shoir, atoqli davlat va jamoat arboblari  Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yiligi munosabati bilan "Tarix qaʼridagi ikki yulduz" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining hududiy (viloyat) bosqichi natijalari bilan tanishing:

🥇1-o'rin Bahtiyorova Dilaso‘z - Ogahiy ijod maktabi
🥈2-o'rin Zarifboyeva Zumradoy - Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🥉3-o'rin G‘ayratova Zarnigor - Yangiariq Ixtisoslashtirilgan maktab

🎗G'oliblarni tabrikab, insho tanlovida qatnashgan barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz !!!

⚡️O'quvchimiz Zarifboyeva Zumradoyni va uning ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!