Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
541 subscribers
4.61K photos
366 videos
8 files
720 links
Download Telegram
#Zakovat

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINLARI QIZG'IN DAVOM ETTIRILMOQDA

⭕️ Xiva shahridagi Prezident maktabida an'anaga ko'ra seshanba kuni darslar va to'garaklardan so'ng o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkillashtirilib kelinmoqda.

⭕️ Yangiariq tuman IMda Davlat bayrog'i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

⭕️ Xiva shahar 1-son IMIda o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida  "Biz bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" o'yini o'tkazildi.

⭕️ Yangibozor tumani IMIda 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" - "Shaxsiy o'yin" o'tkazildi.

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda jamoaviy tarzdagi "Zakovat" turniri bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#TAYINLOV

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra:
Yo'ldashov Sarvar Rajapboyevich - Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining "Ta'lim sifati monitoringini tashkil etish" bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sarvar Yo'ldashov Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

⚡️Fursatdan foydalanib, Sarvar Yo'ldashovning kelgusi faoliyati davomida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

🌐Telegram|Facebook
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Ellikqalʼa, Beruniy hamda Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#robotech
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🏢 Joriy yilning 23-noyabr kuni TATU Urganch filialida “Robotech Urganch-2024"  tanlovining 2-mavsumiga start berildi.

🤖Tanlov yo‘nalishlari:
1.  ROBO-SUMO 20x20
2.  ESTAFETA

3. ROBORACE
4. FOYDALI IXTIROLAR


Ushbu tanlovlda Xiva shahar 1-son ixtososlashtirilgan maktab-internatidan Texnologoya fani o'qituvchisi Babajanov Inoyat boshchiligida 3 nafar o'quvchimiz faol qatnashib faxrli o'rinlarni egallashdi.
Jumladan:
1. ROBO-SUMO 20x20  yo'nalishi bo'yicha 8 "B"-sinf o'quvchisi Rajabboyev Faxriddin 🥈-o'rin.
2. ESTAFETA yo'nalishi bo'yicha
8 "B"-sinf o'quvchisi Matyoqubov Behruz 🥈-o'rin
.
3. ROBORACE yo'nalishi bo'yicha  
7 "A"-sinf o'quvchisi Rizoqulov Muhammadrizo faxrli 🥈-o'rinni egalladilar.
🎗Ushbu yutuq bilan o'quvchilarimizni tabriklab, ota-onalariga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, shu o'rinda yosh tajribali o'qituvchimiz Babajanov Inoyat ustozimizni ham keyingi ishlariga omad tilab qolamiz.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda...

https://linktr.ee/khiva.imi