Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
548 subscribers
5.03K photos
407 videos
8 files
801 links
Download Telegram
#Ekskursiya
#Xiva_1_son_IMI

🏦 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ixtisoslashtirilgan maktablar to'grisidagi farmonining 106 qismiga ko'ra, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon va sinf rahbari Qodamov Surojbek boshchiligida Xiva shahar Xiva bank xizmatlari markazi "Xalq banki" AT iga tashrif buyurishdi.

⚡️ Ushbu tashrif davomida "Chakana bo'lim" xodimasi Saidova Saida bank va uning faoliyatini tanishtirib bordi. Xususan, o'quvchilar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi bo'limlar, bank kassasi va uni yuritish, plastik kartochka va bankomat xizmatlari haqida ma'lumotlar olib, bankirlik kasbi va bank xizmati haqida o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#Mantiqiy_matematika
#Xiva_1_son_IMI

🧮 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida navbatdagi "Mantiqiy matematika" bellashuvi 5-b sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tdi. Unga matematika fani o'qituvchilari Abdullayeva Qamarjon va Saidnazarova Dilfuza ustozlar boshchilik qilishdi.

🎗 Tadbirda o'quvchilar
Algoritm va Al-Xorazimiy deb nomlanuvchi 2 ta guruhga bo'linishdi. Va quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
1. Tanishtiruv
2. Kubik yig'ish
3. Shaxmat
4. Misol yechish
5. Matematik so'z tuzish

Tadbir jarayoni qiziqarli va bahsli jarayonlarga boy bo'ldi va oxirida Algoritm jamoasi g'alabalikni qo'lga kiritdi.

🏆🏆🏆🏆🏆
#Ekskursiya
#Xiva_1_son_IMI

🕌 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish uchun ekskursiya jarayonlari davom etmoqda.

Joriy yilning 19.04.2024 sanasida tarbiyachi ustoz Jeparova Laylo boshchiligida bir guruh qizlar Xiva shahar "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga" tashrif buyurishdi. Tashrif davomida moziyga sayohat qilib, ma'daniy hordiq chiqarishdi.