Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
675 subscribers
6.66K photos
547 videos
8 files
1.15K links
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📚 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida navbatdagi ochiq dars 8-b sinf o'quvchilariga adabiyot fanidan Sotliqova Sevara ustoz boshchiligida bo'lib o'tdi.

📝 Ochiq darsning mavzusi "Shukur Xolmirzayev hikoyalari tahlili" bo'lib, dars davomida "Raqamlar adashganda", "Venn diagrammasi", "Aqliy hujum" kabi metodlar yordamida o'quvchilarimiz o'zaro bellashin, adibning bir qancha hikoyalarini tahlil qilishdi.
👍1
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

Bizning shunday ustozlarimiz bor👩‍💻

⚡️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining yosh va iqtidorli rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira navbatdagi yutuqqa erishdi.

🏆 Rus-tili fani o'qituvchilari o'rtasida o'tkazilgan xalqaro konkursda "Суффиксы" mavzusi bo'yicha eshtirok etib, faxrli 1-o'rinni egalladi🥇. Ustozimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.
👍12🎉2🤩2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi

“Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Avvalo, qalblarimizga iymon nurini bag‘ishlaydigan ushbu ulug‘ ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilamiz, el-yurtimiz davrasida kutib olayotganimiz uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz”,

— deyiladi tabrikda.


👉 @xushnudbek 👈
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

🎯 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 2-chorak yakuni natijalari bo'yicha 8-11 sinf o'quvchilarining ota onalar bilan davra suhbati o'tkazildi.

  📊 Davra suhbati davomida, 2-chorak ChSB natijalari bo'yicha monitoring reytingi, yutuqlarimiz haqida so'z borgan bo'lib,  o'quvchilarimizni Vatanparvarlik g'oyasi asosida tarbiyalashimiz uchun ota ona va o'qituvchilar birgalikda ishlashi kerakligi ta'kidlandi. Davra suhbati yakunida, 2-chorak yakuni bo'yicha yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
👍9
#CHSB

⚠️⚠️⚠️SINOVGA TAYYORLANING⚠️⚠️⚠️


📉📈Eng katta va asosiy hisoblangan 3-chorak ham poyoniga yetib bormoqda. Olingan bilimlarni sarhisob qilish kuni yaqinlashmoqda.

🔜Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 3-chorak CHSBlar o'tkazish kuni va vaqti belgilandi.

📣Quyida 3-chorak CHSBlar o'tkazish kuni va vaqti berilmoqda.

Matematika, fizika, ingliz tili:
5-6-7-sinflar uchun 15-mart kuni soat 10-00 dan boshlanadi;
8-9-10-sinflar uchun 18-mart kuni soat 10-00 da boshlanadi;
11-sinflar uchun 19-mart kuni soat 10-00 da boshlanadi.🌐

📌Bu maskanning har bir o'quvchisi puxta ilm olib, chorak davomida o'rgangan bilimlarini amaliyotga tatbiq qilish konikmalarini ham egallashmoqda.

O'ylaymizki, har bir o'quvchimiz ustozlar bergan bilimlarni oqlab, choraklik sinovlarni muvaffaqiyatli topshiradilar❗️

@khiva1son_imi
"Tashabbusli byudjet"ning 2024-yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, bugun tunda, aniqrog‘i 13-mart kuni soat 00:00 dan boshlanadi va 1-aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova O'zA muxbirining rahbarlik mas'uliyati, jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish samaralari xususidagi savollariga javob berib o'tdi.

Xotin-qizlar ishlash uchun ko'proq ta'lim tizimini tanlashi bejiz emas. Chunki ayollar kelajagimiz egalariga nafaqat bilim beradi, balki onalik mehrini ham ulashadi.

Ayol rahbar xodimga biror vazifa topshirayotganda, uning imkoniyatlarini e'tiborga oladi.

Rahbar ayol kishimi yoki erkakmi, muhimi jamoani jipslashtirib, birdamlikda ishonch bilan belgilangan maqsadlarga safarbar qila olishi lozim. Bu borada boshqaruvchi shaxsiy ibrat bo'lishi, fidoyilik ko'rsata olishi kerak.

Men harbiy oilada voyaga yetganman. Ota uyimdagi muhit meni qat'iy tartib-intizomga o'rgatgan.

O'z ishini sevib, shu dargohga oshiqadigan rahbarni ishxonasida xayrli yangiliklar, xayrixoh jamoasi kutadi. Oilasida esa mehribonlari qarshi oladi.

Har daqiqada Prezidentimiz ishonchini va bu ishonchga munosib bo'lishni yurakdan o'tkazib yashayman. Yurtimizga, yurtboshimizga, ta'lim tizimiga sadoqat bilan xizmat qilish chinakam mas'uliyat va sharaf!

👉 Muloqotning to'liq matnini quyida o'qishingiz mumkin.
👍1