Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
548 subscribers
5.03K photos
407 videos
8 files
801 links
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📒Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining ingliz tili o'qituvchisi Masharipova Shahlo 5-a sinfiga ochiq dars tashkillashtirdi. Ochiq darsning mavzusi "The English folktales" (Xalq og'zaki ijodi) bo'lib, o'quvchilar "Goldilocks and three bears" (Goldilok va 3 ayiq) va "Little Red Riding Hood" (Qizil shapkacha) ertaklarini ijro etib, ko'rsatib berdilar. Dars jarayoni qiziqarli o'yin va viktarinalarga boy bo'ldi.
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-sinf o'quvchilari ingliz tili fanidan BSB bo'yicha loyiha ishi tayyorlashdi. Loyiha ishi "Social media" (Ijtimoiy tarmoqlar) mavzusida bo'lib, o'quvchilar Ijtimoiy tarmoqlar haqida umumiy ma'lumot berib, ularga shaxsiy munosabatlarini ham bildirib o'tdilar.
#Besh_tashabbus
#Xiva_1_son_IMI

📚 Kuni kecha "Besh tashabbus" loyihasining 4- qismi ya'ni "Yoshlar o'rtasida ma'naviyatni yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish" bandiga asosan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 7-8 sinf o'quvchilariga maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon va kutubxona xodimi Jumaniyozova Ozoda boshchiligida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida, kitobga bo'lgan muhabbat, kitob o'qishning foydalari tushuntirilib, ustozlar va o'quvchilar o'qigan badiiy kitoblari, ulardan olgan taassurotlari haqida o'rtoqlashdilar.
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida rus tili fanidan 10-sinflarga BSB topshirig'i bo'yicha, o'quvchilar «Женщины, изменившие ход истории» (Tarixni o'zgartirgan ayollar) mavzusida prezentatsiya tayyorlab, loyiha ishi qilib, tarixda alohida o'rin egallagan ayollar haqida ma'lumotlar berib, yuqori ballarni qo'lga kiritishdi.