Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
562 subscribers
5.37K photos
426 videos
8 files
856 links
Download Telegram
📣📣📣📣📣

😄Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi

Bugun Respublikamizning barcha hududlarida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o‘quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

✔️Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar:

🔝1-o‘rin uchun BHMning 6 baravari;
🔝2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
🔝3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✔️ Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVЕ
XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

🔴Ayni paytda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyat bosqichi boshlandi.


📍Olimpiada Urganch shahridagi 15-sonli hamda Urganch tumanidagi 36-sonli maktablarda bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Ma'lumot o‘rrnida:
➡️Ushbu fan olimpiada jarayonlari 4-dekabrga qadar davom etadi.

➡️Bugun fizika, kimyo, matematika, biologiya (11-sinf) hamda informatika fani (10-sinf) o‘quvchilari sinovlardan o‘tkaziladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
#Zakovat

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINLARI QIZG'IN DAVOM ETTIRILMOQDA

⭕️ Xiva shahridagi Prezident maktabida an'anaga ko'ra seshanba kuni darslar va to'garaklardan so'ng o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkillashtirilib kelinmoqda.

⭕️ Yangiariq tuman IMda Davlat bayrog'i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

⭕️ Xiva shahar 1-son IMIda o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida  "Biz bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" o'yini o'tkazildi.

⭕️ Yangibozor tumani IMIda 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" - "Shaxsiy o'yin" o'tkazildi.

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda jamoaviy tarzdagi "Zakovat" turniri bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#TAYINLOV

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra:
Yo'ldashov Sarvar Rajapboyevich - Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining "Ta'lim sifati monitoringini tashkil etish" bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sarvar Yo'ldashov Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

⚡️Fursatdan foydalanib, Sarvar Yo'ldashovning kelgusi faoliyati davomida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

🌐Telegram|Facebook
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Ellikqalʼa, Beruniy hamda Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube